Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o'rni allomalar ijodi va faoliyati misolida


Download 475.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi475.78 Kb.
#1606593
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yuksak ma\'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O\'rta Osiyo allomala

 
 
 
 
 
 
Ibn Sino yoshligida zo’r mehnat, izlanish, g’ayrat bilan ilmlarni 
o’rganishga kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: “Uyquga ketgan vaqtimda 
ham o’ngimdagi masalalarni ko’rardim. Shu holatda ko’p masalalar tushumda 
menga ayon bo’lardi... shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim. 
Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan darajada bilimni egallab oldim. 
Aristotelning “Metafizika”sini “qirq bir marta qayta o’qidim”. U menga hatto yod 
bo’lib ham qoldi. Lekin shunday bo’lishiga qaramay, men uni va uning
6 


maqsadlarini tushuna olmasdim”, - deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu 
muammoni Farobiyning Aristotel “Metazifika”siga yozgan sharhini o’qib hal 
qiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ibn Sino umrining ko’p qismini sarsonlikda o’tkazishga qaramay – 
matematika, astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, psixologiya, 
filologiya, falsafa va tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir. Uning 
asarlaridan 100 tachasi bizgacha etib kelgan, xolos. Ular qatoriga o’rta asr 
ilmining barcha muhim sohalarini o’z ichiga olgan, xususan – mantiq, fizika, 
matematika, metafizikani to’liq qamrab olgan “Kitob ash-shifo”, 20 tomdan 
iborat “Kitob ul-insof”, “Donishnoma”, “Lison ut-tayr”, “Solomon va Ibsol”, 
“Hayy ibn Yaqzon” kabi asarlari kiradi. U o’zining falsafiy-axloqiy asarlarida 
hukmdorlarni qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga quloq 
solishga, adolat yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni inson xatti-
harakatining eng yaxshi bezagi deb ko’rsatadi. 
 
 

Download 475.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling