Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o'rni allomalar ijodi va faoliyati misolida
Download 475.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Yuksak ma\'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O\'rta Osiyo allomala
XVI-XIX asrlarda Orta Osiyo xalqlari ma'naviy-ma'rifiy tafakkur taraqqiyoti ikki yo'nalishda bordi. Birinchisi O'rta Osiyoning o'zida roy berdi. Ikkinchisi Hindistonda Boburiylar davridagi O'rta Osiyolik mutafakkirlarning ijodida namoyon bo'ldi (Bobur, Humoyun, Akbar, Shohjahon va boshqalar). XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida O'rta Osiyo ma'naviy-ma'rifiy qarash rivoji Boborahim Mashrab nomi bilan chambarchas bog'liq. Mashrabdan boy ma'naviy badiiy meros qolgan. Mashrab o'sha vaqtda Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik oqimiga e'tiqod qilib, o'zining isyonkorona she'rlari bilan jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga harakat qilgan. O'z g'azallarida axloqiy, ma'naviy poklikka erishish, hayotdagi illatlarga qarshi kurashni kuylaydi. U o'zi yashagan davr hokimlaridan adolatni kutadi. Hatto ularga murojaat qilib, xalq to'g'risida g'amxorlik qilishni, ularning arz-dodiga quloq solishni so'raydi. Mashrab kishilarni boylikka hirs qo'ymaslikka, o'zgalarga yaxshilik qilishga, sahiylikka, halol bo'lishga, o'z mehnati evaziga yashash, nafsni tiyishga chaqiradi. 7 XVII-XIX asrlar ma'naviyati va ma'rifati rivojida Turdi, Huvaydo, Gulhaniy, Mahmut, Nodirabegim, Uvaysiy, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Feruz va boshqalarning o'rni va roli ham beqiyosdir . XIX asrda O'rta Osiyoda ma'naviyat va ma'rifat rivoji Ahmad Donish ijodi va ma'rifatparvarlik faoliyati bilan chambarchas bog'lanib ketganligini alohida qayd etish lozim. U inson turli fanlarni egallab, dunyo sirlaridan voqif bola oladi, deydi. Biz – dunyoni gullab-yashnatish uchun, yer osti boyliklarini topish uchun, dunyoning ajoyib sirli tomonlarini tadqiq etish uchun, uning hamma qitalarini va aholisini bilish uchun tug'ilganmiz deydi Ahmad Donish. U ilmni, ma'rifatni rivojlantirish, xalqni savdoxon qilish orqali qoloqlikdan qutilish mumkin deb ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari suradi. O'zbek ma'rifatchiligi Muqumiy, Furqat, Avaz Otar, Zavqiy va boshqalar ham alohida o'rin tutadi. Ma'rifatparvarlik g'oyalari Maxmudxoja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulqodir Shakuriy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurrauf Fitrat, Abdulhamid Cholpon, Abdulla Qodiriylar kabi jadidchilar faoliyati va ijodida, millat ozodligi uchun kurash bilan bog'lanib ketganligini alohida qayd etish lozim. Jadidchilik aslida ma'rifatparvarlik harakatining ko'rinishidir. Marifatning lug'aviy ma'nosi bilim demakdir. Ma'rifatni hayotgan singdirish esa maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma'rifat bilim va madaniyatning mazmuni bo/lib, maorif esa ushbu mazmunni yoyish qurolidir. Ma'rifat asosan umumiy va o'rta maxsus bilim beruvchi maktab va o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Ma'rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo'lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning barcha turlarini va shakllarini o'z ichiga oladi. Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga o'tishi marifatparvarlikdan boshlanadi. Jadid so'zi arabchadan yangilanish, yangi usul ma'nolarini anglatadi. 8 XIX asr o'zbek ijtimoiy va adabiy hayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazimiy o'z asarlarida ma'rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g'oyalarini olg'a surdi.U ilm-ma'rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o'rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi haqidagi pedagokik fikrlarini ham bayon etadi. Komil Xorazimiyning fikricha ilm-hunar, ilm-ma'rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma'naviy hayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go'zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bolganlar obro-e'tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi. Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko'p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta'kidlashicha, ortqcha so'zmonlik kishi boshiga qattiq tosh bo'lib tegishi mumkin. Shoir yomon so'zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat bo'lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o'z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo'lishga, jaxolatdan yiroq turishga davat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko'rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bolishga, ularni hurmat qilib ez'ozlashga chorlaydi. Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta'lim – tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki hozirgi davr uchun ham qimmatlidir. Mohlar oyim Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg'u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an'analarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g'oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muhim o'rinni egallaydi. Nodira xayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chog'ida yaxshilik bunyod etgan bo'ladi, o'zining bu ezgu ishlari bilan o'zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o'z sherlarida barkamol insonni ulug'laydi. Ta'lim – tarbiyaga oid ko'p foydali og'itlarni bayon etdi Download 475.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling