4-rasm. Nam o’lchagich funariya (F. hygrometrica)
A-sporogonli urgochi gametofit; B-poyaning ko’ndalang kesmasi; D-bargning ko’ndalang kesmasi; E-parafiza; F-peristom; I-urg‗ochilik gametofitining uchki qismining bo’ylama kesmasi; Z- erkaklik gametofitining uchki qismining bo’ylama kesmasi; J-ko’sakning bo’ylama kesmasi; 1-bo’yincha; 2-urna devori; 3-sporangiy; 4-kolonka; 5-peristom; 6-qopqoqcha.
Oddiy kakku zig’iri - Polytrichum commune kakku zig’irnamolar -Polytrichales qabilasining kakku zig’irdoshlar - Polytrichaceae oilasiga mansub. Kakku zig’iri turkumiga 100 ga yaqin tur kiradi. Oddiy kakku zig’iri 30-40 sm balandlikdagi o’t o’simlik. Poyasi tikka o’suvchi, shoxlanmagan, oddiy qalami barglar bilan zich qoplangan. Poyasining o’rta va uchki qismidagi barglari yashil, pastki qismidagilari esa kichik va qo’ng’ir rangli. Poyaning ichki markazida konsentrik o’tkazuvchi boylamlar, uning atrofi parenxima hujayralari bilan o’ralgan, parenxima esa mexanik to’qima vazifasini bajaruvchi-skleroderma(po’stloq) qavati va tashqi tomondan rangsiz hujayralar-gialoderma qavati bilan qoplangan. Poyasining asosida ko’p hujayrali, qo’ng’ir tusli rizoidlar taraqqiy etgan. Kakku zig’iri 2 uyli o’simlik. Bu qsimlikda anteridiy va arxegoniylar poyasining uchida to’p-to’p bo’lib joylashgan. Anteridiy uzunchoq shaklda bo’lib, qisqa bandda o’rnashgan. Anteridiydagi har bir spermogon hujayralaridan bittadan 2 xivchinli spermatozoid hosil bo’ladi. Spermatozoidlar namlik yordamida harakat qilib, arxegoniydagi tuxum hujayra bilan qo’pshlgandan so’ng zigota hosil bo’ladi. Zigotadan sporogon taraqqiy etadi. Dastlab sporogon arxegoniyning qorincha qismida shakllanadi, keyinchalik uning banda uzayib ko’sakchasi arxegoniyning qorinchasini yorib tashqariga chiqadi. . Etilgan sporogon ikki qismdan, band va ko’sakchadan iborat. Ko’sakchaning ustki qismida qalpoqchasi va ichida urna (kamera) bor. Urna tepasida sporalarni sochishga moslashgan tishchali peristom joylashgan. Ko’sakchaning tashqi devori yashil bo’lib xlorofill donachalariga ega. Etilgan sporadan qulay sharoitda protonema, protonema kurtaklaridan esa kakku zig’iri o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |