Yuksak sporali o’simliklar paleozoy erasi silur davrining o’rtalari-oxirida, qariyb 400-430 mln yil oldin kelib chiqqan
Download 1.26 Mb.
|
Yo’sintoifa o’simliklar (bryophyta) kurs ishi
Kurs ishi Mundarija Kirish…………………………………………..…………………………………3 I BOB …………………………………….……………………….……………...6 1.1 Yo’sintoifa o’simliklar bo’limi- Bryophyta…….………………....................6 1.2 Jigarsimon yo’sinlar ajdodi – Marchantiopsida………………...................8 II BOB…………………………………………………………………………….22 2.1 Poyabargli yo'sinsimonlar ajdodi – Bryopsida………………………………22 2.2 Antotserotsimon Yo’sinlar - Anthocerotopsida…………………………….30 Xulosa……………………………………………………………………………..31 Foydalanilgan adabiyotlar……………………...…………………………………32 Kirish Yuksak sporali o’simliklar paleozoy erasi silur davrining o’rtalari-oxirida, qariyb 400-430 mln yil oldin kelib chiqqan. Hozirdagi kabi va ko’p yillar oldin ham o’simliklarni yashashi uchun quruqlik muhiti suv sharoitidan keskin farq qilgan. Quruqlikda o’simliklar bir vaqtning o’zida ikkita havo va tuproq muhitida yashaydi. Havo muhiti suvga nisbatan kislorod miqdoriga boy, tuproq esa mineral oziqlanish va suv bilan ta‘minlash sharoiti bo’lib xarakterlanadi. Shuning uchun ham, o’simliklar ajdodlarining yashash uchun yangi sharoitga o’tishida bir qator moslanishlar ya‘ni, oziq moddalarni tashish va suv ta‘minoti, qurib qolishdan himoyalovchi va jinsiy jarayonni ta‘minlash uchun maxsus moslanishlar yuzaga kelgan. Bu esa, ularda sporofit va gametofitlar farqlari orta borgan. Ko’p hujayrali jinsiy organlar paydo bo’lgan, steril hujayralar qavatlari bilan himoyalangan,sporofitda to’qima va organlar rivojlangan.O’simliklarni suvdan quruqlikka chiqishi ehtimol, ularni zamburug’lar bilan simbioz holatiga ham olib kelgan. Qadimgi o’simliklarning yer ostki organlarida zamburug’larning bo’lishi ehtimol, mineral moddalardan jadal foydalanish imkonini bergan. Quruqlikdagi birinchi o’simliklar o’lchami unchalik yirik bo’lmagan va ular tashqi tomondan moxlarni eslatgan. Shu vaqtdan boshlab evolyutsiya natijasida o’simliklarning turli shakldagi xilma-xilligi ortishiga sabab bo’ldi. Yuksak sporali o’simliklarni suvo’tlari ajdodidan kelib chiqishining ikkita asosiy taxminiy nazariyasi mavjud: birinchi taxminga ko’ra, bevosita suvo’tlaridan (ayniqsa, yashil suvo’tlaridan) riniyafitlar kelib chiqqan va keyin ulardan quruqlikdagi boshqa o’simliklar yuzaga kelgan. Keyingi taxmin haqiqatga yaqinroq bo’lib, unga ko’ra, riniyafitlar (zosterofiltoifalar), yo’sintoifalar bo’limlari suvo’tlaridan mustaqil kelib chiqqan deb qaraladi. O’simliklarning to’liq hayot sikli ikkita fazadan iborat: gametofaza (gametofit) va sporofaza (sporofit). Ko’pchilik sporali o’simliklarda moxlardan tashqari, ushbu fazalar alohida mustaqil tuplar holida namoyon bo’ladi. Quruq sharoitda ko’pchilik sporali o’simliklar urug’lanish jarayoni suv tomchisi muhitida amalga oshishi bu gametofitning reduksiyasi sabablidir. Sporofit esa bunga qarshi holda sporalar hosil bo’lishi va tarqalishida suv tomchisi muhitiga muhtojlik sezmaydi. Umuman yuksak o’simliklarning morfologik evolyutsiyasi asosan takomillashish yo’lidan borgan va toshko’mir davrida ularning o’sib rivojlanishi uchun yaxshi sharoit bo’lgan. Yo’sintoifalar yuksak o’simliklarning gametofit ustun bo’lgan va sporofit nasl esa regressiyaga uchragan alohida guruhi hisoblanadi. Ularning qazilma shakllari devon davrining boshlariga borib taqaladi. Bu bo’limga 20 – 30 mingga yaqin turlar kiradi, ya‘ni tur soni jihatidan yuksak o’simliklar orasida gulli o’simliklardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. O’sintoifalar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan to sovuq tundra zonasigacha bo’lgan hududlarda uchraydi. Yo’sinsimonlar eng qadimgi yuksak o’simliklar hisoblanadi. Keyingi yillarda Boltiq bo’yidan ularning sporalari topilgan. Mezozoy va kaynazoy erasining qoldiqlaridan esa ular ko’p topilgan. Ba‘zi bir adabiyotlarda suvo’tlaridan kelib chiqqan degan fikrlar bayon etilgan. Riniyafitlarning ochilishi yo’sinsimonlarning kelib chiqishi haqidagi ko’pchilik olimlarning fikrini o’zgartirib yubordi. Keyingi fikrlarga ko’ra, yo’sinsimonlar riniyafitlar, ya‘ni ularda sporofitning reduksiyalanishi va gametofitning progressiv taraqqiy etishi tufayli kelib chiqqan. Yo’sintoifa o’simliklarni botanikaning Briologiya bo’limi o’rganadi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling