Yuksak sporali o’simliklar paleozoy erasi silur davrining o’rtalari-oxirida, qariyb 400-430 mln yil oldin kelib chiqqan


Download 1.26 Mb.
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1542726
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yo’sintoifa o’simliklar (bryophyta) kurs ishi

5-rasm. Kakku zig’iri.
2.2 . Antotserotsimon Yo’sinlar - Anthocerotopsida
Ajdod vakillari Yer kurrasining tropik qismida va mo'4adil iqlimli mintaqalarda keng tarqalgan, 300 ga yaqin tur kiradi. Ajdod vakillarining tanasi yassi va tasmasimon, balandligi 2-3 sm. Ayrim turlarida sporogonining uzunligi 13 sm gacha yetadi. Tanasi sodda tuzilishga ega bo'lib, bir necha qavat yupqa hujayralardan tashqil topgan bo'lib, ostki tomonida rizoidlari joylashgan.
Ajdod vakillarining ko'payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz уо'llаr bilan boradi. Ko'p yillik vakillari tallomining ostki tomonida tugunchalar mavjud bo’lib, ular yordamida vegetativ ko'payadi. Ularda jinsiy ko'payish organlari (anteridiy, arxegoniylar) endogen joylashgan. Anteridiylar bittadan yoki guruh bo'Iib joylashgan. Yetilgan anteridiydan spermatozoidlar tashqariga chiqib tarqaladi. Arxegoniylar gametofitning yon tomonlarida joylashadi, undan tuxum hujayrasi otalanishidan so'ng dastlab zigota undan esa sporogon hosil bo ladi. Sporogonda esa sporalar taraqqiy etadi. Sporofit ularda yaxshi taraqqiy etgan. Sporofit uzunchoq ko'sakchadan iborat. Sporalar yetilgandan keyin ko'sakcha ichidan tashqariga sochiladi. Sporalardan ipsimon protonema o sadi, undan esa yangi yosh gametofit shakllanadi.
Yo’sintoifa o’simliklarning xojalikdagi ahamiyati. Yo’sinlar tabiatda keng tarqalgan bo’lsa ham xo’jalik nuqtai-nazaridan malum bir qiymatga ega. eng qadimgi, sodda tuzilgan jigarsimon yosinlardan qadimda jigar kasalliklarini davolash uchun ishlatilgan. Tundrada o’suvchi kakku zig’iri bug’ular uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. Botqoqliklarda o’sadigan sfagnumlardan esa torf hosil boladi. 1 metr torf hosil bolishi uchun 100 yil vaqt sarflanadi. Torf yo’sinlaridan yoqilgi sifatida foydalaniladi. Undan parfin, fenollar, spirt olinadi. Izolyatsiya uchun muzlatkichlarda ishlatiladi. Qog`oz karton tayorlaniladi
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, Yo’sintoifa o’simliklar yuksak o’simliklar orasida turlarga boyligi jihatidan Yopiq urug’li o’simliklardan keyin ikkinchi o’rinda tursa ham lekin ko’pchilik turlari odamlar hayotida unchalik katta ahamiyatga ega bo’lmagan, Yuksak sporali o’simliklardan gametofit nasli ustun bo’lgan yagona bo’limdir. Ular hayot shakli ko’pincha ko’p yillik va bir yillik o’simliklardir. Ular zax va nam yerlarda ko’p uchraydigan o’simliklardir.
Yo’sintoifa o’simliklarni klassifikatsiyasi bilan tanishish chog’imda ular 3ta ajdodga bo’linishi eng ko’p turga ega ajdodi bu poyabargli yo’sinlar va ular butun dunyo bo’ylab keng tarqalganligini o’rganib oldik. Ularning mamlakatimiz uchraydigan eng ko’p vakillaridan biri funaria turkumi vakillari bo’lib ular ariq bo’ylarida va soya yerlarda asosan nam joylarda o’sadi.
Yo’sintoifa o’simliklar asosan Sharqiy va Shimoliy yarimsharlarda hamda Janubiy yarimsharlarning nam mintaqalarida ham tarqalganligini ham o’rganib oldik. Bizning mamlakatimizda ham bu bo’lim vakillari uchraydi.
Kelib chiqishi ancha uzoq davrga borib taqalishi va suvo’tlardan kelib chiqishi haqida ham o’rganib oldik. Ular foydali jihatidan unchalik kata ahamiyatga ega bo’lmasa ham lekin bug’ular uchun ozuqa bo’ladigan turlari ham mavjud hamda fotosintez natijasida kislorod ishlab chiqarib atmosferani ham tozalashda alohida ahmiyatga ega.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling