Yuksak sporali o’simliklar paleozoy erasi silur davrining o’rtalari-oxirida, qariyb 400-430 mln yil oldin kelib chiqqan


Download 1.26 Mb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1542726
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yo’sintoifa o’simliklar (bryophyta) kurs ishi

Mavzuning dolzarbligi
Yo’sintifa o’simliklarni yuksak o’simliklar orasida yopiq urug’li o’simliklardan keyin tur soni jihatdan ikkinchi o’rinda turishini inobatga olib ularni tabiatimizga ahamiyatini o’rganib amaliyotga tadbiq qilish, ulardan dorivor vakillarini ko’paytirish va ulardan foydalanish, hamda bu o’simliklarni ba’zi vakillari begona o’t sifatida katta maydonlarda boshqa o’simliklarni o’sishiga imkon bermasdan zarar keltirishini ham inobatga olib ularni chuquroq o’rganishimiz zarur.


Kurs ishining maqsadi.
Bu kurs ishini tayyorlashdan asosiy maqsad yo’sintoifa o’simliklar haqida o’rganish va ularni hayotimizdagi o’rni haqida malumotlarga ega bo’lish.
Kurs ishining vazifalari.
Quyidagilar kurs ishining vazifalari:

  1. Yo’sintoifa o’simliklarni klassifikatsiyasini tanishish.

  2. Yo’sintoifa o’simliklarni tarqalish joylari va o’sish muhti haqida tanishish.

  3. Bu o’simliklarni kelib chiqish tarixi va foydali ahamiyatlari haqida ham tanishish.

Kurs ishining hajmi.
Kurs ishi 32 bet, Times New Romanda 14 lik shriftda, 1.5 intervalda yozilgan bo’lib, 2 bobdan iborat Kirish, Asosiy qism va Xulosalardan iborat. Mazkur ishda 5ta rasm bor.
I BOB
1.1 Yo’sintoifa o’simliklar bo’limi- Bryophyta
Yo’sintoifalar yuksak o’simliklarning gametofit ustun bo’lgan va sporofit nasl esa regressiyaga uchragan alohida guruhi hisoblanadi. Ularning qazilma shakllari devon davrining boshlariga borib taqaladi. Bu bo’limga 20 – 30 mingga yaqin turlar kiradi, ya‘ni tur soni jihatidan yuksak o’simliklar orasida gulli o’simliklardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Ular nam muhitni yoqtiruvchi, sodda tuzilishga ega ko’p yillik o’t o’simliklar bo’lib, suvo’tlarga ancha yaqin turadi. Turlarning tana o’lchami 1 mm dan tortib 60 sm gacha boradi. Vegetativ tanasi tallom (qattana) shaklida, ildizi yo’q, rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi. Tipik o’tkazuvchi to’qimalari ham shakllanmagan. Poyabargli moxlarning barg, poya va novdalari bo’lsada, sodda tuzilishiga ko’ra ularni naychali yuksak o’simliklarga kiritib bo’lmaydi, o’tkazuvchi to’qimalari shakllanmagan. Gametofitining o’sishi uchki qismidagi hujayralar yordamida boradi. Barglari oddiy, o’troq, tomiri faqat barg markazida o’rnashgan, ayrim vakillarida umuman barg tomirlari bo’lmaydi. Yo’sinlar bir uyli yoki ikki uyli bo’ladi. Yo’sinlarning tallom yoki poyabargli vegetativ tanasini gametofit deb yuritilishining sababi shundaki, ularda arxegoniy anteridiylar shakllanib, dastlab jinsiy yo’l bilan ko’payadi va hosil bo’lgan zigotadan sporogon taraqqiy etadi. Shundan so’ng jinsiy ko’payishi sporofit bilan almashadi. Yuksak o’simliklarning boshqa bo’limlari vakillarida esa bu jarayonning aksini kuzatamiz. Ularda sporofitning taraqqiyoti g ametofit bilan uzviy bog’langan. Chunki sporofit suv va oziqani asosan gametofitdan olib turadi. Sporofitda assimilatsiya to’qimasi zaif taraqqiy etgan. Shuning uchun ham toifalarda gametofit davri ustunlik qiladi. Shu bois b o’lim vakillari yuksak o’simliklar shajarasida alohida evolutsion shox sifatida ajratiladi. Yo’sinlarni botanikaning Briologiya bo’limi o’rganadi. Yo’sintoifalar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan to sovuq tundra zonasigacha bo’lgan hududlarda uchraydi. Yo’sinlarning taraqqiyot siklidagi xarakterli bclgilaridan yana bittasi pishib yetilgan spora tarqalganidan so’ng, undan protonemaning o’sishidir. Protonema Ko’pchilik yo’sinlarda ipsimon tuzilishga ega. Faqat sfagnum va andrea yo’sin gametofitining dastlabki fazasida plastinka holatida bo’ladi. Jigarsimon yo’sinlarda protonema qisqagina ipchadan iborat. Bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan. Uning apikal hujayrasi uzunasiga 2 ga bo’linib, undan plastinkali yoki poyabargli gametofit taraqqiy etadi. Yo’sintoifalar orasida funariyaning (Funaria hygrometrica) protonemasi yaxshi o’rganilgan. Uning sporasi qulay sharoitda tez o’sib, ipcha hosil qiladi. Undan keyinchalik rizoid taraqqiy etadi. Yashil rangli ipsimon protonema deyiladi. Ipcha shoxlanib kaulonema deb ataluvchi bosqichga o’tadi. Bu protonemaning oxirgi bosqichi bo’lib, unda gametofor kurtaklari va rizoidlar bo’ladi. Yo’sinlarning bunday ipsimon protonemasi tashqi ko’rinishi jihatidan yashil suvo’tlariga juda o’xshaydi. Shunga ko’ra yo’sinlarni yashil Suvo’tlaridan kelib chiqqan degan taxminlar mavjud. Biroq bu fikrni tasdiqlovchi asosli dalillar yo’q. Hozirgi klassifikatsiyalar bo’yicha yo’sintoifa o’simliklar bo’limi 3 ta ajdodga (sinfga) bo’linadi: 1. Jigarsimon yo’sinlar - Marchantiopsida 2. Antotserotsimon Yo’sinlar - Anthocerotopsida 3. Poyabargli yo’sinlar - Bryopsida. Ayrim biology sistematiklar jigarsimon va antoserotsimonlarni har qaysini alohida bo’lim (Marchantiophyta, Anthocerotophyta) darajasiga ko’taradilar.
Yo‘sinsimonlardan boshlab, gulli o‘simliklargacha yuksak o‘simliklarning barchasining individual taraqqiyot davri bir xilda: jinsiy jarayon natijasida xromosomalarning soni ikki barobar ortishi, spora hosil bo‘lishida esa xromosomalarning soni ikki barobar kamayishi kuzatiladi. Shuning uchun ham yuksak o‘simliklarning individual taraqqiyot davrida jinsiy gametofit nasl jinssiz sporofit nasldan farq qilishi muqarrar. Har qanday holda ham yuksak o‘simliklarda gametofit-jinsiy nasl n xromosom soniga, jinssiz sporofit nasl esa 2n xromosom soniga ega .
Yuksak o‘simliklar orasida faqat yo‘sinsimonlarda gametofit nasl ustun, qolgan barcha yuksak o‘simliklarda paporotniksimonlardan boshlab gulli o‘simliklarga qadar sporofit nasl ustundir.
Yuksak o‘simliklarning ichki tuzilishi ham murakkabligi bilan xarakterlanadi. Moxsimonlardan boshlab yuksak o‘simliklarning vegetativ va generativ organlari murakkablashadi va differentsiallasha boradi. Vegetativ organlarning bu qadar murakkablashib borishi ularning quruq muhitga moslasha borishi bilan bog‘liq. Birinchidan uning himoya organlari – qoplovchi to‘qimalari, ikkinchidan ularning suv va suvda erigan moddalarni shimib olishi va butun tanaga tarqatish vazifasini bajaradigan ksilema (yog‘ochlik) o‘tkazuvchi naylar va o‘simlikning yashil qismida hosil bo‘lgan murakkab organik moddalarni butun tanasi bo‘ylab tarqatish vazifasini bajaradigan floema (lub) o‘tkazuvchi to‘qimalar taraqqiy etgan. Nihoyat, yuksak o‘simliklarda fotosintez tufayli assimilyatsion to‘qimalar o‘z rivojlanishining yuksak pog‘onasiga ko‘tarilgan
Yuksak o‘simliklardan faqat gulli o‘simliklarda assimilyatsiya to‘qimalari – xlorenxima fotosintez jarayonida quyosh nuridan ratsional foydalanish imkoniga ega bo‘lgan ustunsimon va labsimon parenxima hujayralarga differentsiallashgan. Yuksak o‘simliklarning 300 000 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ular yer yuzida hukmronlik rolini o‘ynaydi va Arktik viloyatlardan Ekvatorga qadar, seryomg‘ir tropik o‘rmonlardan suvsiz quruq cho‘l va sahrolargacha keng tarqalgan. Ular orasida kattaligi bir necha mm keladigan turlardan tortib 100-150 m gacha balandlikka yetadigan turlarni ham uchratish mumkin. Yuksak o‘simliklar tabiatda va insonning xhjalik faoliyatida nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Yer yuzida mavjud barcha tirik mavjudotlarning, shu jumladan, insoniyatning hayoti yashil o‘simliklar va, xususan, yuksak o‘simliklar bilan chambarchas bog‘liq. Yo‘sinsimonlar eng sodda tuzilishli yuksak o‘simliklar bo‘lib, qator xususiyatlariga ko‘ra suv o‘tlariga o‘xshash. Bu o‘xshashlik nimada kuzatiladi? Birinchidan, yo‘sinsimon o‘simliklar, suv o‘tlari singari o‘tkazuvchi nay bog‘lamlari va ayrim turlarning rizoidlari e’tiborga olinmaganda haqiqiy ildizlari yo‘q.
Bo‘limning umumiy tavsifi. Ularning mоrfоlоgik – anatоmik tuzilishi, sistematikasi, tarqalishi, ekоlоgiyasi, rivоjlanishi, ko‘payishi, kelib chiqishi va ahamiyati.
1.Jigarsimоn yo‘sinlar sinfi. Uning umumiy tavsifi, tarqalishi, ko‘payishi, tallоmli va bargpоyali shakllari, gametоfitning xilma-xilligi sinfchalarga bo‘linishi, qabilalari ulardan marshantsiyanamolar, uning tur va turkumlari, tuzilishi, ko‘payishi, tarqalishi.
2.Antоtserоtsimоnlar yo‘sinlar sinfi. Sinfning o‘ziga xоs belgilari, gametangiy, spоrangiylarining tuzilishi, rivоjlanishi, jigarsimоn yo‘sinlarga o‘xshashlik tоmоnlari.
3.Sfagnumsimоn yo‘sinlar sinfi. Uning umumiy belgilari, sistematikasi, tur va turkumlari, ularning gametоfitlarini tuzilishi va rivоjlanishi, sfagnum qabilar andreya qabilar kakku zig‘ir simоnlar sinfchalari, ularning tavsifi, tur va turkumlari, ko‘payishi.
Torf hоsil qiluvchi yo‘sinlar, ularning ahamiyati.Bu bo'limga 25 mingga yaqin tur kiradi. Ya'ni tur soni jihatdan yuksak o'simliklar orasida gulli o'simliklardan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Ular sodda tuzilishga ega o’t o'simliklar bo'lib suv o'tlariga ancha yaqin turadi. Sababi vegetativ tanasi tallom (qattana) shaklida, ildizi yo’q, rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi. Barglari oddiy o'troq, tomiri faqat barg markazida o'rnashgan, ayrim vakillarida umuman barg tomirlari bo'lmaydi. Shuningdek yo’sinlarda naychalarning bo’lmasligi ham o'ziga hos belgi hisoblanadi.
Yo’sinlarning tallom yoki barg-poyali vegetativ tanasini gametofit deb yuritilishining sababi shundaki, ularda jinsiy organ arxegoniy va anteridiylar shakllanadi. Anteriydan hosil bo'lgan spermatozoid bilan arxegoniydagi tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Natijada zigota va undan sporogon taraqqiy etadi. Shundan so'ng jinssiz ko'payish boshlanadi. Sporali yuksak o'simliklarning boshqa vakillarida esa bu jarayonning aksini kuzatamiz. Ularda sporafitning taraqqiyoti gametofit bilan uzviy bog’langan. Chunki sporofit suv va ozuqani asosan gametofitdan olib turadi. Shuning uchun ham yo’sintoifalarda gametofit davri ustunlik qiladi. Boshqa yuksak o'simliklarda esa sporofit bo’g’in mustaqil yashaydi. Shu bois bo'lim vakillari yuksak o'simliklar shajarasida aloxida o'rinda turadi.
Yo’sinlar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan sovuq tundra zonasigacha bo'lgan xududlarda uchraydi. Yo’sintoifalarining taraqqiyot siklidagi Harakterli belgilaridan yana biri yetilgan sporadan protonemaning o'sishidir
Protonema ko'pchilik yo’sinlarda ipsimon ko'rinishda, faqat sfagnum va andrea yo’sinlari gametofitining dastlabki fazasida plastinka shaklida bo'ladi. Jigarsimon yo’sinlarda protonema bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan qisqagina ipchadan iborat. Undan plastinkali yoki poya-bargli gametofit taraqqiy etadi. Yo’sinlar orasida funariyaning (Funaria hydrometrica) protonemasi yaxshi o’rganilgan. Uning sporasi qulay sharoitda o'sib, undan shoxlangan ipcha hosil bo'ladi. Bu ipcha uchki qismidagi hujayrasining bo'linishi xisobidan o'sib boradi. Shundan so'ng ipcha shoxlanib,unda gametofor kurtaklar hosil bo'ladi. Yo’sinlarning bunday ipsimon protonomasi tashqi ko'rinishi jihatidan yashil suv o'tlariga juda o’xshaydi. Shunga ko'ra yo’sintoifalarni yashil suv o'tlaridan kelib chiqqan degan taxminlar yuzaga kelgan. Biroq bu fikrni tasdiqlovchi asosli faktlar yo’q. Hozirgi klassifikasiyalar bo'yicha yo’sintoifa o'simliklar bo'limi 3 ta sinfga (ajdodga) bo'linadi:
Yo‘sinsimonlar eng sodda tuzilishli yuksak o‘simliklar bo‘lib, qator xususiyatlariga ko‘ra suv o‘tlariga o‘xshash. Bu o‘xshashlik nimada kuzatiladi? Birinchidan, yo‘sinsimon o‘simliklar, suv o‘tlari singari o‘tkazuvchi nay bog‘lamlari va ayrim turlarning rizoidlari e’tiborga olinmaganda haqiqiy ildizlari yo‘q. Ikkinchidan, yo‘sinsimonlarning ayrim turlarining (masalan, jigarsimon yo‘sinlar) yer bag‘irlab o‘suvchi plastinka shaklidagi vegetativ tanasi suv o‘tlarining tallomiga o‘xshash. Yo‘sinsimonlarning suv o‘tlariga o‘xshash, yog‘ochlangan turlari yo‘q va, nihoyat, ularning individual tarqqiyot davridagi umumiy o‘xshashlik, bularda xam suv o‘tlari singari jinsiy gametofit naslning ustunligi hisoblanadi. Shuning uchun ham yo‘sinsimonlar tarixiy taraqqiyotda o‘ziga xos yo‘nalishga ega bo‘lib, filogenetik shajaraning alohida rivojlana borgan mustaqil bo‘limidan iborat.
Yo‘sinsimonlar o‘simliklar tuban vakillarining vegetativ tanasi dorzovenrtal tuzilishli, bir qadar yuksak vakillarida poya, barg va ildiz yo‘q. Gametofit ustida jinsiy organlar anteridiy va arxegoniy joylashgan, u sharsimon yoki oval shakldagi bir qator hujayralardan tashkil topgan va ichi ko‘p sonli spermatogen hujayralar bilan to‘lgan bo‘ladi. Bu hujayralarning har birida ikkitadan (jigarsimon yo‘sinlari) yoki bittadan barg poyali yo‘sinlarda ikki xivchinli spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Pishib yetilgan anteridiyning uch qismi ochiladi, undan spermatozoidlar chiqib, suvli nam muhitda harakatlanadi va ma’lum vaqtdan so‘ng arxegoniydagi tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Arxegoniy, odatda, cho‘ziq shaklda bo‘lib, bir qadar kengaygan qorin va ingichka bo‘yin qismidan iborat. Arxegoniy devori bir qator hujayralardan shakllangan bo‘lib, uning qorin qismida tuxum hujayra joylashgan. Urug‘lanish oldidan arxegoniyning bo‘yin qismidagi hujayralar o‘zidan maxsus shilmshiq modda ajratadi. Shilimshiq modda xemotaksis xususiyatiga ega bo‘lib, tashqariga chiqishi bilan spermatozoidlardan birini o‘ziga jalb qiladi va ulardan biri arxegoniyning bo‘yin qismi orqali uning qorin qismiga o‘tib, tuxum hujayrani urug‘lantiradi.
Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota tinim davrini o‘tamasdan darhol mitoz yo‘l bilan bo‘lina boshlaydi va asta-sekin sporogon deb ataladigan sporofitga yoki sporogoniyga aylanadi. Sporogon ko‘sak shaklida bo‘lib, uning ust tomonida qopqoqchasi bor. Yo‘sinsimonlarning turli xil vakillarida sporogon tuzilish jihatidan turlicha bo‘ladi. Uning devori bir yoki ko‘p qavatli, ichida sporogon to‘qimalari yoki boshqacha arxesporiy (spora hosil qiluvchi hujayralar) joylashgan.
Reduksion bo‘linishidan to‘rttadan gaploid sporalar vujudga keladi.
Yo‘sinsimonlarning sporofiti ko‘pincha sporogon bandida joylashgan, hech qachon poya va barg hosil qilmaydi. Chunki alohida hayot kechirish imkoniga ega emas. Shunga ko‘ra, gametofitning bir qismi hisoblanadi va uning hisobiga oziqlanadi.
Shunday qilib, yo‘sinsimon o‘simliklarda gametofit naslning sporofit naslga nisbatan ustunligi aniq. Yo‘sinsimonlarning ko‘pgina turlari ko‘p hujayrali kurtaklar yordamida vegetativ yo‘l bilan ham ko‘payadi. Bu o‘simliklar paleozoy erasining toshko‘mir davrida paydo bo‘lgan qadimiy o‘simliklardan hisoblanadi.
Psilofitsimon, yo‘sinsimon o‘simliklar gametofit va sporofit nasli bir xilda rivojlangan, quruqlikka chiqqan o‘simliklarning eng sodda vakillaridan vujudga kelgan.Yo‘sinsimonlarga 20 mingdan ortiq o‘simlik turi mansub bo‘lib, ular, odatda, ikki ajdodga bo‘lib o‘rganiladi:


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling