Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi


Xom ashyo: Formalin (formaldegidning 37 % li suvdagi eritmasi) -1,5 mol (0,15 mol), Fenol- 1 mol (0,1 mol), NaOH- 4,98 gr (0,498 gr). J ixozlar


Download 301 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi301 Kb.
#1519950
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YuMB ishlab chiqarish 3 kurslaboratoriya

Xom ashyo: Formalin (formaldegidning 37 % li suvdagi eritmasi) -1,5 mol (0,15 mol), Fenol- 1 mol (0,1 mol), NaOH- 4,98 gr (0,498 gr).
J ixozlar: 3 og‘izli kolba, qaytar sovutgich, aralashtirgich, termometr, elektr plita, tarozi.
Ishni bajarish tartibi: Avvaliga xom ashyolar kerakli miqdorda tarozida 0,001 aniqlikda o‘lchab olinadi. Reaksion kolbaga avvaliga formalin va fenol solinadi. So‘ngra plita yoqilib, Reaksion massa aralashtiriladi. Fenol to‘liq erib ketgandan so‘ng Reaksion kolbaga NaOH solinadi. Sintez jarayoni 58-60 oC xaroratda 16 soat davom ettiriladi.
So‘ngra xaroratni 96-98 oC ga chiqarib, oligomer cho‘kmaga tushguncha reaksiyani davom ettiramiz. Reaksion massaning tepa qismidagi suv quyib olinadi. So‘ngra vakuum haydash jixozi yig‘iladi (1.2.2-rasm) va qolgan suv haydab olinadi. Vakuum haydash jarayonida xarorat 55-60 oC, bosim esa 100-120 mm.simob ustunini tashkil etadi. Ajralib chiqqan umumiy suv o‘lchab olinadi.


Topshiriq

  1. Oligomerning xosil bo‘lish unumdorligini aniqlang



Laboratoriya ishi №4


Mavzu: Oddiy fenol formaldegid oligomerlarining xossalarini o‘rganish


Oligomerning molekulyar massasini aniqlash
Probirkaga 0,1-0,2 g (0,0002 g aniqlikda) analitik tarozida oligomerdan solinadi. Ustiga 2-4 g (0,0002 g aniqlikda) kamfora solinadi va yaxshilab zichlanadi. Ikkinchi probirkaga 2-4 g kamfora solinadi va u ham yaxshilab joylanadi. Elektr isitgichda qaynash (170-1800C) haroratida turgan glitseringa 2-3 minut davomida suyuqlanib tiniq eritma hosil bo‘lguncha ushlab turiladi. Hosil bo‘lgan suyuq bir jinsli eritmalarni xona xaroratiga qadar sovitiladi. Sovib kristallangan eritmalarni aloxida aloxida xovanchalarga solib maydalab aralashtiriladi va bir tomoni kovsharlangan kapilyar naylarga zichlab joylanadi. Tayyor bo‘lgan kapilyarlarni jixozga yaxshilab joylashtiriladi va har bir minutda harorotni 20C ga ko‘tarib boriladi. Kapilyardagi moddalar suyuq bir jinsli holatga kelgan haroratni yozib olinadi va quyidagi formula orqali molekulyar massani aniqlaniladi.

bu erda

Download 301 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling