Erituvchilarda eruvchanligini aniqlash
Erituvchilarda erishini aniqlash uchun olingan oligomerlardan probirkalarga 0,15 g miqdorda tarozida o‘lchab olinadi. Ushbu oligomerning turli xil erituvchilardagi 10% li eritmalari tayyorlanadi.
Erituvchi sifatida etil spirt, atseton, siklogeksanon olinadi.
Topshiriq
FFO ning molekulyar massasini aniqlang
FFO ning eruvchanligini aniqlang
FFO ning tomchi tushish xaroratini aniqlang
FFO ning turli xaroratlarda tikilgan xolatga o‘tish vaqtlarini aniqlang
Adabiyotlar
1.A.П.Григорьев, O.Я.Федотова "Лабораторный практикум по технологии пластических масс". Москва, Высш. школа. 1986год.
2.Magrupov F.A. "Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi" fanidan ma`ruzalar matni.Toshkent 2014 y.
3.Улрих Пот. “Полиэфиры и aлкидныe смолы” Перевод с немецского.Л.В.Казаковой. Moсквa “Peynt-Media” 2009 год.
4. Бозоров A.T. Исследование условий образования ипереходав сщитое состояние высокомолекулярных феноло-формальдегидных олигомеров.. Maг.диссертация 2016 г.
Laboratoriya ishi №5
Mavzu: Yuqori molekula massali fenol formaldegid oligomerini olish.
Ishdan maqsad: Ushbu laboratoriya mashg‘ulotida sopolikondensatsiya reaksiyasi yordamida modifitsirlangan yuqori molekula massali fenol formaldegid oligomeri sintez qilinadi.
X om ashyo: Fenolospirt (FeS, 1-1,5) (quruq qoldiq)- 15 mol (0.15 mol), Gidroksilsaqlovchi polefir (GSP)- 1 mol (0.01 mol), Malien angidrid (30 % li suvdagi eritmasi), NaOH (25% li suvdagi eritmasi).
Jixozlar: 3 og‘izli kolba, qaytar sovutgich, aralashtirgich, termometr, elektr plita, tarozi, dumaloq tubli kolba, kapilyar, alonj, vakuum nasos.
Ishni bajarish tartibi: Avvaliga xom ashyolar kerakli miqdorda tarozida 0,001 aniqlikda o‘lchab olinadi. Reaksion kolbaga GSP va FeS solinadi. Malien angidrid (30 % li) eritmasi yordamida Reaksiya muxiti pH=4 ga keltiriladi va xaroratni 96-98 oC ga chiqarib, 10 daqiqa davomida Reaksiya davom ettiriladi. So‘ngra NaOH ( 25% li) eritmasi yordamida Reaksiya muxiti pH=8-8,5 ga keltirilib, Reaksiya 10-15 daqiqa (oligomer cho‘kmaga tushguncha) davom ettiriladi. Sintez jarayoni tugagach reaksion massa xona xaroratigacha (20-22 oC ) sovutiladi. Reaksion massaning ustki qismidagi suv quyib olinadi. So‘ngra vakuum haydash jixozi yig‘iladi (1.2.2-rasm) va qolgan suv haydab olinadi. Vakuum haydash jarayonida xarorat 55-60 oC, bosim esa 100-120 mm.simob ustunini tashkil etadi. Ajralib chiqqan umumiy suv o‘lchab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |