Ishni bajarish tartibi: Sinashga kirishishdan oldin shisha termostat qaytar sovitkich bilan birgalikda konussimon shakldagi «isitkich kolba» ustiga o‘rnatiladi. Sinalayotgan polimer namunasi dag‘al maydalanadi va metall idishchaning 3/4 hajmigacha solinadi. So‘ngra idishchani qisqich bilan ushlab asbestli to‘r ustida yumshoq xolga kelguncha qizdiriladi va termometrli patronga kiygiziladi. Idishchaning pastki teshigidan oqib, so‘ngra qotib qolgan polimer modda ortiqchasi qizdirilgan pichoq bilan kesib tashlanadi.
Tomchilanish temperaturasini topish uchun smola bilan to‘ldirilgan idishchani termometr bilan birgalikda termostatga o‘rnatib qizdiriladi. Temperatura ma’lum chegaraga etgach idishchaning pastki teshigidan polimer modda tomchi holida ko‘rinadi va oqib tushadi. Bu temperatura polimerning tomchilanish temperaturasidir.
YuMMFFO tikilgan holga o‘tishini o‘rganish.
YUMMFFO larni qayta ishlash jarayonida, qayta ishlash dastgoxlari mexnat unumdorligini aniqlaydigan asosiy faktorlardan biri oligomerlarning tikilgan xolga o‘tish (jelatinlanish) vaqti xisoblanadi. SHu sababli YUMMFFO larning jelatinlanish vaqtlarini aniqlanadi. Buning uchun bizga polimerlanish plitasi kerak bo‘ladi. Polimerlanish plitasiga termometr o‘rnatiladi. Kerakli haroratga chiqanida shisha tayoqcha yordamida oligomer olinib polimerlanish plitasiga solinib, aralashtiriladi shu vaqtning o‘zida sekundomer qoshiladi. Oligomer tikilgan holatga otganida ish to‘xtatiladi. Olingan natijalarni quyidagi jadvalga kiritiladi.
T ºC
|
YUMMFFO ning tikilgan xolatda o‘tish vaqti, sekund
|
130ºC
|
|
150ºC
|
|
180ºC
|
|
200 ºC
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |