Yuqori molekulyar birikmalar reja


Yuqori molekulyar birikmalar


Download 404.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi404.82 Kb.
#1608175
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-ma\'ruza Yuqori molekulyar birikmalar

20.1.Yuqori molekulyar birikmalar 
va ularning ahamiyati 
Yuqori molekulyar birikmalar makromolekulasida monomer zvenolarining bir-
biri bilan bog‘langanligiga ko‘ra chiziqli, tarmoqlangan va fazoviy (to‘rsimon) 
tuzilishda bo‘ladi. 
Yuqori asimmetrik darajali uzun zanjirsimon makromolekulalardan iborat 
polimerlar chiziqli polimerlar deyiladi va ularni quyidagi sxema bilan ifodalash 
mumkin: 
– М – М – М – М – М – М – М –  
Yon tarmoqlarga ega bo‘lgan va bu tarmoqlar soni hamda uzunligi juda katta 
oraliqda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan zanjirsimon strukturali polimerlar 
tarmoqlangan polimerlar deyiladi: 


Bir-biri bilan fazoda ko‘ndalang kimyoviy bog‘lar bilan bog‘langan uzun 
zanjirsimon makromolekulalardan iborat polimerlar fazoviy yoki to‘rsimon 
polimerlar deyiladi : 
Makromolekula tuzilishiga ko‘ra bunday polimerlar bir xil yoki har xil 
monomerlardan hosil bo‘lishi mumkin. Bir turdagi monomerlardan tashkil topgan 
yuqorimolekulyar birikmalar gomopolimerlar deyiladi. Turli xil monomer 
zvenolaridan tuzilgan polimer birikmalar sopolimerlar deyiladi. Sopolimerlar 
makromolekulasida monomer zvenolari turlicha birikkan bo‘lishi mumkin. Agar 
sopolimer M1 va M2 monomerlardan olingan bo‘lsa, ular zanjirda ko‘proq tartibsiz 
joylashadi. Bunday sopolimerlar statistik sopolimerlar deyiladi va quyidagicha 
yoziladi: 
–М
1
– М
2
– М
2
– М
1
– М
1
– М
1
– М
2
– М
2
– 
Bundan 
tashqari 
takroriy 
sopolimerlar 
ham 
mavjud, 
bularning 
makromolekulasida monomerlar aniq takroriylik bo‘yicha joylashgan bo‘ladi: 
– М
1
– М
2
– М
1
– М
2
– М
1
– М
2
– М
1
– М
2
– 
Makromolekulalari nisbatan yirik kimyoviy bir xil qismlardan (bloklardan) 
iborat chiziqli aralash polimerlar bloksopolimerlar deyiladi: 
– М
1
– М
1
– М
1
– М
1
– М
1
– М
1
– М
2
– М
2
– М
2
– М
2
– 
M M M M M M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M
M


Asosiy zanjiri bir xil, yon tarmoqlari boshqa monomerlardan iborat tarmoqlangan 
sopolimerlar payvand sopolimerlar deb ataladi: 
Asosiy zanjirning tuzilishiga ko‘ra barcha yuqori molekulyar birikmalar 
gomozanjirli va geterozanjirli polimerlar guruhlariga bo‘linadi: 
Asosiy zanjiri bir xil atomlardan, masalan uglerod, oltingugurt, fosfor va h.k. 
iborat bo‘lsa gomozanjirli polimerlar hisoblanadi. Makromolekulaning asosiy 
zanjiri faqat uglerod atomlaridan tuzilgan bo‘lsa, karbozanjirli polimerlar deyiladi: 
Asosiy zanjir har xil atomlardan iborat bo‘lsa, geterozanjirli polimerlar 
deyiladi: 
Polimerlar haqidagi bu tushunchalar, ularning oddiy moddalardan 
farqlanuvchi xossalari polimer materiallarning turli sohalarda keng ishlatilishini va 
ularning ahamiyatini tushuntirishga asos bo‘ladi. Tirik tabiat organik yuqori 
molekulyar birikmalarning mavjudlik shaklidan iborat. U, asosan yuqori molekulyar 
birikmalardan iborat noorganik dunyo bilan o‘zaro ta’sirda va uning qurshovida 
rivojlanadi. Yuqori molekulyar birikmalar yer sharida xuddi suv va havodek 
tarqalgan, ammo bular insoniyat talabini qondirolmaydi. Shuning uchun ham 
insoniyat mavjud talablarni qondirish uchun, asosan yuqori molekulyar 
birikmalardan foydalanadi. O‘z ahamiyatiga ko‘ra insoniyat konstruksion material 
sifatida metallar, energiya manbai sifatida yoqilg‘ilar va oziq-ovqat mahsulotlari 
(yoqilg‘i bilan oziq-ovqat mahsulotlarining aksariyat qismi yuqorimolekulyar 
birikmalardan iborat) raqobatlasha oladi. Yuqori molekulyar birikmalarning bunday 
keng tarqalganligi va nihoyatda katta ahamiyati makromolekulalarning 
murakkabligi va juda kattaligi bilan bog‘liq. 
Makromolekuladagi atomlarning soni nihoyatda ko‘pligi tufayli, ular xatto 
juda sodda elementar tarkibda ham turli xil izomerlarga ega bo‘laoladi. Masalan, 14 
uglerod atomidan iborat to‘yingan uglevodorod 1858 strukturaviy izomerga, 20 
M
1
M
1
M
1
M
1
M
1
M
1
M
1
M
1
M
2
M
2
M
2
M
2
C
C
C
C
C
C
C
C
C
C
O
O
C C
O


uglerod atomidan iborat uglevodorod esa, u hali yuqori molekulyar birikma 
bo‘lmasa-da, 366319 izomerga ega bo‘ladi. Kimyoviy tarkibning murakkablashishi 
bilan strukturaviy izomerlanish yanada ortadi. 
Organik yuqori molekulyar birikmalar ahamiyatining turli-tumanligini 
ta’riflab G. Shtaudinger shunday degan edi: “Hayotiy jarayonlarni anglash uchun 
biologik kimyo organik moddalarning cheksiz sonini va shunga mos cheksiz 
kimyoviy reaksiyalarni o‘rganishni talab qiladi”. 
Quyi molekulyar birikmalar yengil harakatchanligi hisobiga bir-biri bilan yoki 
yuqori molekulyar birikmalar bilan tez reaksiyaga kirishadi va polimerlarni 
o‘zgartiradi yoki parchalaydi. Shunday qilib ular makromolekulalarning tabiatda 
tashuvchilari 
hisoblanadi. 
Makromolekulalarning 
murakkabligi 
va 
kam 
harakatchanligi yuqori molekulalarning uzoq mavjud bo‘lishini hamda turli-
tumanliligini ta’minlaydi. Yuqori molekulyar birikmalarning hosil bo‘lish, o‘zgarish 
va parchalanishining aniq yo‘llari juda murakkab va o‘ziga xos. Shu bilan bir 
qatorda tabiatda murakkab yuqori molekulyar birikmalar, masalan oqsillarning hosil 
bo‘lish va o‘zgarish jarayonlarining hayratlanarli qayta tiklanishi kuzatiladi. 
Oqsillarning biokimyoviy sintezida ularning o‘ziga xosligini belgilovchi 
nuklein kislotalar muhim rol o‘ynaydi. Nuklein kislotalarning strukturasida oqsil 
molekulalarini ma’lum yo‘nalishda sintez qilish va ularning aniq qayta tiklanishida 
hamda organizmning irsiy belgilarini uzatishda mas’ullik asoslari jamlangan. Shu 
bilan birgalikda oqsil-ferment nuklein kislotalar, polisaxaridlar va boshqa yuqori 
molekulyar birikmalar sintezini ta’minlaydi. Oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar 
va ularning kimyoviy o‘zgarishlari – fermentlar, gormonlar, darmon-dorilar kabi 
moddalarning murakkab kompleksi organizm hayot siklining asosini tashkil qiladi. 
Yuqori molekulyar birikmalar ko‘plab konstruksion materiallarning asosini tashkil 
etadi. Bunday materiallar yuqori pishiqlik, elastiklik, qattiqlik kabi xossalarga ega 
bo‘lishi lozim va bu sohada yuqori molekulyar birikmalar bilan faqat metallargina 
raqobatlasha oladi. Shunga ko‘ra polimer materiallar ishlatilmaydigan sohani topish 
qiyin. Jumladan, ular samoletsozlik, avtomobilsozlik, mashinasozlik, tibbiyot, oziq-
ovqat sanoati, radiotexnika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va 
baliqchilik tarmoqlari, qurilish, temir yo‘l va boshqa ko‘plab sohalarda keng 
ishlatiladi. 
Sanoatning ba’zi sohalarigina yuqori molekulyar tabiiy materiallarni hech qanday 
kimyoviy-texnologik jarayonlarni qo‘llamay mexanik texnologiya usullari bilan 
qayta ishlaydi. Bularga asosan, yog‘ochni qayta ishlash sanoati va paxtani qayta 
ishlashning ba’zi sohalarini kiritish mumkin. Sanoatning deyarli barcha sohalarida 
yuqori molekulyar tabiiy materiallarni qayta ishlash jarayonlari mexanik va 
kimyoviy texnologiya bilan birgalikda olib boriladi. Bunda masalan, ip-gazlama, jun 
va kanop to‘qimachilik tolalari, tabiiy ipak, mo‘yna va charm sanoatlarida mexanik 


texnologiya jarayonlari asosiy o‘rin tutadi, ammo ulardan tayyor mahsulot ishlab 
chiqarishda kimyoviy texnologiyaning muhim jarayonlaridan tola, mato, mo‘ynani 
bo‘yash va charmni oshlash hamda bo‘yash va h.k.larda kimyoviy jarayonlardan 
foydalaniladi. Sellyuloza – qog‘oz sanoatida, xususan, rezina sanoati, plastmassalar, 
sun’iy tolalar ishlab chiqarishda, aksincha, qayta ishlashning kimyoviy texnologik 
jarayonlari ustun turadi. 
Polimerlarning inson salomatligini muhofaza qilish va ekologiya 
muammolarini hal qilishdagi ahamiyati beqiyos. Tibbiyotda keng qo‘llaniladigan bir 
marta ishlatiladigan plastmassa shpritslar, sanitariya va gigiyena anjomlari, jarrohlik 
vositalari, bog‘lovchi materiallar hammaga ma’lum. Polimer materiallardan 
tayyorlangan davolash xususiyatiga ega bo‘lgan turli xil vositalar, jarrohlikda 
qo‘llaniladigan choklovchi materiallar, sun’iy a’zolar, protezlar, plastmassadan 
yasalgan jag‘lar, tishlar, bo‘g‘imlar, qon tomirlari, yurak klapanlari va turli xil protez 
vositalar tibbiyotda o‘z o‘rnini topgan. So‘nggi yutuqlardan biri shifobaxsh polimer 
dori – darmonlarning yaratilishi bo‘ldi. Polivinilpirrolidon eritmasi shaklida 
tayyorlangan qon zardobi o‘rnini bosuvchi vosita sifatida “Gemodez” keng 
miqyosda qo‘llanilmoqda. 

Download 404.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling