Yuqoridagilarni inobatga olib, qorako‘lchilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari
Download 41.41 Kb.
|
Daklad uchun
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Qorako‘lchilik xo‘jaliklari sharoitida har xil konstitutsional tipdagi qorako‘l qo‘ylarining ayrim selektsion belgilarini, jun mahsuldorligi, unga ta’sir etuvchi omillar va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘rganishdan iborat.
Mavzuning ilmiy yangiligi. Qorako‘l qo‘ylarning gomogenli juftlashdan olingan har xil konstitutsional tipga mansub bo‘lgan qo‘ylarning jun mahsuldorligi Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi “Qorovulbozor” qorako’lchilik naslchilik ma’suliyati cheklangan jamiyati sharoitida o‘rganildi. Jun-tola qoplamining sifat ko‘rsatkichlari (yaltiroqlik, ipaksimonlik, zichlik) organoleptik usulda aniqlandi, uzunligi gulning yopiq tomonidan millimetrli lineykani joylashtirib, unga jun tolasini to‘g‘rilash va tolaning uchki qismini lineykaning bo‘laklariga to‘g‘ri kelgan joyini fiksatsiya qilib aniqlandi. Tajribadagi qo‘ylarning jun mahsuldorligi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida o‘rganildi: Qo‘ylarning tirik vazni. Jun tolalarining uzunligi. Jun qoplamida har xil jun tolalarining miqdori. Jun tolalarining balandligi. Qo‘ylarning jun qirqimi. Qirqilgan junning sifati. Har xil barra tipidagi qo‘ylar jun mahsuldorligining iqtisodiy samaradorligi. Qorako‘l qo‘zilar tug‘ilganida qay darajada rivojlanganligiga, konstitutsiyasiga qarab baholanadi va uch guruhga bo‘linadi: mustahkam, qo‘pol va nozik. Qo‘zilarni shu tariqa guruhlarga bo‘lish uchun qo‘zi jussasining katta-kichikligi, suyaklari va oyoqlarining nechog‘lik rivojlanganligi, boshining katta-kichikligi, shakli, terisining qalinligi, gul o‘lchamligiga va boshqalarga asoslanadi. Konstitutsiyasining qay darajada ifodalanganligi qo‘zining ona qornidagi rivojlanish sharoitlariga, bug‘oz sovliqning oriq-semizligiga, yoshiga, qornida nechta bolasi borligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Biroq konstitutsiya, asosan, hayvonning tabiatiga, uning irsiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Rivojlanishning vaqtincha susayib qolganini keyinchalik boquv sharoitlarini yaxshilash yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Qo‘zilar konstitutsiya tipini jun tolasining tuzilishiga qarab prof. S.Yu.Yusupov (2010) ishlab chiqqan uslubdan ham aniqlash mumkin. S.Yu.Yusupov(2000) ma’lumotlarida har xil konstitutsional tipli qo‘ylarning tasnifiga asosan: 1. “G‘o‘zamoy” 2. “Oq gul” 3. “Nozik 4. “Qirriq” Download 41.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling