V. Tajribaning iqtisodiy samaradorligi.
Har qanday tadqiqot ishi natijasi iqtisodiy samaradorlik bilan yakunlanadi.
Mazkur, bitiruv ishi qorako‘l qo‘ylarning jun mahsuldorligini o‘rganishga bog‘ishlanganligi sababli qora, sur va oq rangli qo‘ylar tirik qo‘ylar junini etishtirishning iqtisodiy samaradorligi umum qabul qilingan qoidalar asosida hisoblanadi.
Tajriba uchun ajratilgan turli rangli qo‘ylardan qirqib olingan junning tannarxini xo‘jalik hisopchisidan olindi. Sur va oq rangdagi qo‘ylar junini sotish bahorda yuqori bo‘ladi. Chunki, yapog‘ilarining biroz qismi oqishdir va oq rangda bo‘ladi. Oq rangdagi yapog‘ilarning xarid narxi sur rangdagi va qora rangdagi yapog‘ilarnikidan biroz yuqori bo‘ladi.
Qo‘ylar jun mahsuldorligining iqtisodiy samaradorligi hisoblash natijalari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
8-jadval
Turli rangli qo‘ylar jun mahsuldorligining iqtisodiy samaradorligi
Rang guruhi bo‘yicha
|
Bosh soni
|
Jun miqdori, g
|
Mahsulot tannarxi
|
Sotishning bahosi
|
Olingan foyda(+) zarar(-)
|
Daromadning darajasi
|
1 kg mahsulot
|
Jami
|
Mahsulot birligi
|
Jami
|
Oq
|
15
|
1396,2
|
900
|
1256580
|
1300
|
1815060
|
558480
|
44.4
|
Sur
|
15
|
1344,1
|
900
|
1209690
|
1200
|
1612920
|
403230
|
33.3
|
Qora
|
15
|
1213,8
|
900
|
1092420
|
1100
|
1335180
|
242760
|
22.2
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, oq rangli qo‘ylar juni biroz yuqoriroq narxga ega bo‘lgan, shu tufayli ham ulardan olinishi mumkin bo‘lgan shartli daromad summasi nisbatan ko‘proq, ya’ni iqtisodiy samaradorligi 44.4 foizni tashkil qilgan. Sur rangli qo‘ylarning jun mahsuldorligi bo‘yicha iqtisodiy samaradorlik 33.3 va qora ranglilarida 22.2 foizni tashkil qilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, qo‘y junidan sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilsa, o‘z-ozidan junga bo‘lgan talab oshib uning iqtisodiy samaradorligi ham yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |