Юрак аритмиялари


I tarmoq chap va o'ng qo'l orasidagi potensiallar farqini belgilaydi — agar vektorlar yig'indisi chap qo'lga yo'nalgan bo'lsa musbat impuls qayd qilinadi


Download 1.61 Mb.
bet42/115
Sana08.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1249454
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
Bog'liq
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2

I tarmoq chap va o'ng qo'l orasidagi potensiallar farqini belgilaydi — agar vektorlar yig'indisi chap qo'lga yo'nalgan bo'lsa musbat impuls qayd qilinadi.

II tarmoq o'ng qo'l va chap oyoq orasidagi potensiallar farqini belgilaydi - agar vektorlar yig'indisi chap oyoqqa yo'nalgan bo'lsa musbat impuls qayd qilinadi.

III tarmoq chap qo'l va chap oyoq orasidagi potensiallar farqini belgilaydi, agar vektorlar yig'indisi chap oyoqqa yo'nalgan bo'lsa, musbat impuls qayd qilinadi.

Qo‘l va oyoqlardagi bir qutbli kuchaytirilgan tarmoqlar

Bu tarmoqlar ikki qutbli standart tarmoq potentsiallaridan bitta faol elektrod yordamida qayd qilinishi bilan farqlanadi. U navbatma-navbat o'ng qo'lga, chap oyoqqa va chap qo'lga joylashtiriladi.

Quyidagi bir qutbli kuchaytirilgan tarmoqlar farqlanadi :

♦ aVR - o'ng qo'ldan kuchaytirilgan tarmoq. Faol elektrod o'ng qo'lga biriktiriladi, chap qo'l va chap oyoq birlashtirilib faol bo'lmagan elektrodga ulanadi;

♦ aVL - chap qo'ldan kuchaytirilgan tarmoq. Faol elektrod chap qo'lga biriktiriladi, o'ng qo'l va chap oyoq birlashtirilib fool bo'lmagan elektrodga ulanadi;

♦ aVF - chap oyoqdan kuchaytirilgan tarmoq. Faol elektrod chap oyoqqa biriktiriladi, chap qo'l va chap oyoq faol bo'lmagan elektrodga ulanadi.

Bu tarmoqlami belgilashda quyidagi ingliz so'zlarini bosh harflaridan foydalaniladi:

* a — augmented (kattalashgan),

* R— right (o'ng),

* L — left (chap),

* F —'foot (oyoq).

Oxirgi harf qo'lda yoki oyoqda joylashganligini ko'rsatadi. Lotin harfi V (voltage) kuchlanishni bildiradi.




Ko'krak tarmoqlari

Miokardni turli zararlanishlarini aniqroq tashhislash uchun ko'krak qafasining oldingi yuzasiga elektrodlar joylashtirilib EKG qayd qilinadi. Elektrod ketma-ket quyidagi 6 holatda o'matiladi :

1. To'shning o'ng qirg'og'i bo'ylab to'rtinchi qovurg'alararo soha;

2. To'shning chap qirg'og'i bo'ylab to'rtinchi qovurg'alararo soha; .


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling