Yurak tomir kasalliklari; Qon bosimi


DIFFERENTSIAL DIAGNOSTIKA


Download 184.18 Kb.
bet16/37
Sana16.06.2023
Hajmi184.18 Kb.
#1509909
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
yurak qon tomir kasaliklari 2

DIFFERENTSIAL DIAGNOSTIKA


Insultlarning differentsial-diagnostik tavsifi

Alomatlar

Miyaning ishemik infarkti

Miyaga qon quyilishi

Subaraxnoidal qon quyilish

Dastlabki vaqtinchalik ishemik hujumlar

Ko’pincha

Ba’zan

Bo’lmaydi

Boshlanishi

Sekinroq

Tez (daqiqa yoki soat ichida)

To’satdan (1-2 daqiqa)

Bosh og’rig’i

Zaif yoki kuzatilmaydi

Juda kuchli

Juda kuchli

Qayt qilish

Bu turi uchun odatiy emas, faqat miya o’zagining shikastlanishi holatlari bundan istisno

Ko’pincha

Ko’pincha

Gipertenziya

Ko’pincha

Deyarli har doim

Ba’zan

Hushda bo’lish

Qisqa muddatga yo’qotilishi mumkin

Odatda uzoq muddatli hushdan ketish

Qisqa muddatli yo’qotilish kuzatilishi mumkin

Ensa mushaklarining rigidligi

Bo’lmaydi

Ko’pincha

Doimo

Gemiparez (monoparez)

Ko’pincha, kasallikning boshlanishidanoq

Ko’pincha, kasallikning boshlanishidanoq

Ba’zan, kasallikning boshlanishi bilanoq emas

Nutqning buzilishi (afaziya, dizartriya)

Ko’pincha

Ko’pincha

Juda kam hollarda

Likvor (erta tahlillarda)

Odatda rangsiz

Ko’pincha qon aralash

Doimo qon aralash

To’r pardaga qon quyilishi

Bo’lmaydi

Ba’zan

Bo’lishi mumkin

JOYIDA TASHXISLASH


Insult sodir bo’lganini birdan aniqlash usuli ham mavjud. Buning uchun bemoda uchta asosiy ko’rsatkichni baholash kerak bo’ladi:

  • Jilmayish — insultda tabassum qiyshiq bo’lishi, lablarning bir burchagi yuqoriga emas, balki pastga qarab qolishi mumkin.

  • Gapirish — oddiy gaplarni talaffuz qilish, masalan «Ko’chada havo iliq, oftob charaqlab turibdi». Patolofiyada ko’pincha (biroq doimo emas) talaffuz buzilgan bo’ladi.

  • Qo’llarni ko’tarish — agar ikki qo’l bir xilda ko’tarlimasa, bu belgi kasallikka ishora qilishi mumkin.

INSULTNI DAVOLASH USULLARI


Insultni umumterapevtik davolash yurak-qon tomir tizimini normallashtirish, nafas olish funksiyasini tiklash, miya shishini kamaytirish, shuningdek, qaytalanishini oldini olish va asoratlarini tuzatishga qaratilgan.
Ishemik insultda qon aylanishi va shikastlangan hudud antiagregant, antikoagulyant, neyroprotektor (kavinton va boshqalar) va nootrop (pikamilon) preparatlar orqali tiklanadi. Zarur bo’lsa, xirurgik davolash amalga oshiriladi. Miyaning normal faoliyati antioksidantlar, vitaminlar va to’qimalarda modda almashinuvini (metabolizm) yaxshilash uchun dorilar orqali qo’llab-quvvatlanadi.
Gemorragik insultda angioprotektorlar, vazoaktiv dorilar tayinlandi. Gemorragik insultni davolashda eng samarali usul jarrohlik aralashuvi hisoblanadi.

OQIBATLARI


Insult uzoq muddatli komaga, falajlikka yoki tananing muayyan qismlari mushaklarining pareziga olib kelishi mumkin. Insult aql va xotirani yo’qotishga olib keladi. Og’ir insult bemorning o’limiga sabab bo’lishi mumkin.

INSULTNI OLDINI OLISH


Insultning oldini olish qon bosimini muntazam ravishda o’lchash orqali amalga oshiriladi. Gipertoniya bilan og’rigan kishilar ayniqsa ehtiyotkor bo’lishlari va shifokorning buyurgan dori-darmonlarni qabul qilish, muntazam jismoniy mashqlar bajarish va ovqatlanishga cheklovlar kiritish kabi barcha tavsiyalariga amal qilishlari kerak. Chekishni to’xtatish va qonda qand darajasini nazorat qilish kasallik rivojlanishi ehtimolini kamaytiradi.
Yurakning ishemik kasalligi — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi. Yurakning ishemik kasalligik.ga, asosan, koronar (toj) tomir arteriyalari aterosklerozi natijasida yurak muskullarida qon aylanishining yetishmay qolishi va shu tufayli yurakning qonga yolchimasligi sabab boʻladi. Yurakning ishemik kasalligik.ga stenogkardiya (dastlabki, muqim, nomuqim), miokard infarkti, infarktdan keyingi kardioskleroz, aritmik tur va yurak yetishmovchiligi kiradi. Yurakning ishemik kasalligik. muntazam rivojlanib boruvchi ogʻir yurak xastaligi hisoblanadi. Yosh ulgʻaygan sari kasallik uchrashi koʻpayadi.
YU.i.k. klinik jihatdan bir xilda kechmay, dam zoʻrayib, dam bosilib turadi. Koʻpincha Yurakning ishemik kasalligik. zimdan kechib, bemor oʻzining shunday xavfli kasallikka chalinganini bilmay, shifokorga murojaat qilmay yuradi. Odatda, Yurakning ishemik kasalligik.ning dastlabki klinik belgilaridan biri — zoʻriqish stenokardiyasi xuruji boʻlib, jismoniy ish bajarilganda roʻy beradi. Keyinchalik kasallik uzoq davom etishi, hatto yillab choʻzilishi mumkin. Koʻpincha zoʻriqish stenokardiyasiga birmuncha vaqtdan keyin tinch holatda ham kuzatiladigan tinch holat stenokardiyasi hurujlari qoʻshilishi mumkin.
YU.i.k.ning kelib chiqishi va rivojlanishiga kishilarning yoshi, kasallikka irsiy moyillik, gipertoniya kasalligi, qandli diabet, semirib ketish, ichkilikka ruju qilish, kashandalik, kam harakat (gipodinamiya), jismoniy hamda ruhiy zoʻriqish va boshqalar sabab boʻladi. Kashandalar oʻrtasida Yurakning ishemik kasalligik.ning nisbatan koʻp uchrashi kuzatilgan.
YU.i.k.ning rivojlanishida, ayniqsa, xolesterinning roli katta. Qonda xolesterin miqdorining oshib ketishi aterosklerozga sabab boʻladi va bu Yurakning ishemik kasalligik. rivojlanish xavfini oshiradi.
YU.i.k.ning xavfli omilini bartaraf etsa boʻladigan va bartaraf etib boʻlmaydigan xillari bor. Mas, koʻkrak qisishi (stenokardiya), miokard infarkti, insultni bartaraf etib boʻlmaydi; agar odam bu kasalliklar bilan bir marta ogʻrib oʻtgan boʻlsa, Yurakning ishemik kasalligik. rivojlanish xavfi koʻproq boʻladi.
YU.i.k.ning dastlabki bosqichi stenokardiya boʻlsa, miokard infarkti uning eng ogʻir shaklidir. Stenokardiya bilan bemor uzoq vaqt yashashi mumkin, ammo dastlabki davrida (birinchi uch kun) 20—30% bemorda miokard infarkti kuzatiladi. Miokard infarktining klinik belgilari, odatda, stenokardiya belgilariga oʻxshash boʻlib, faqat ogʻriq uzoqroq va kuchliroq davom etadi. Bunda dastlabki soatlardayoq oʻlim roʻy berishi yoki keyinchalik ham jiddiy asoratlar kuzatilishi mumkin. Infarktdan keyingi kardioskleroz, yurak aritmiyasi, yurak yetishmovchiligi aslida Yurakning ishemik kasalligik. ning asoratlari boʻlib, yuraktomir sistemasi kasalliklaridan boʻladigan nogironlik va oʻlimning asosiy sabablaridir. Yurakning ishemik kasalligik. ga gumon qilinganda darhol bemorni kasalxonaga yotqizish zarur. Kasallikning klinik belgilari (kasallik tarixi, bemor shikoyatlari, perkussiya, auskultatsiya, umumiy koʻruv), elektrokardiografiya, yurak muskullariga xos fermentlar va struktura elementlari (kreatinin fosfokinaza izofermentlari, mioglobin va boshqalar) hamda qon tahlili, exokardiografiya va boshqalar tekshiruv natijalariga qarab diagnoz qoʻyiladi.
YU.i.k.ni davolash terapevtik va jarrohlik usulida olib boriladi. Yurakning ishemik kasalligik. da parhezga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Ovqatning umumiy miqdori va kaloriyasini cheklab, vaznni meʼyorida saqlashga harakat qilish, badan tarbiya bilan shugʻullanish, mehnat va dam olishni uygʻunlashtirish, vrach koʻrsatmalariga bekamu koʻst amal qilish lozim. Chekishni tashlash shart. Yurakning ishemik kasalligik. ning oldini olish uchun gipertoniya kasalligi, qandli diabet va boshqalarni davolash zarur.

Download 184.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling