Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi
Download 43.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Davlat va huquq nazariyasi. oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqshunos olim X. Odilqoriyevning fikricha
Kazus Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi. Yuridik faktlar keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlariga ko‘ra huquqiy munosabatlarni vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishiga asos bo‘ladigan faktlarga bo‘linadi. Ammo ayni bir yuridik hodisa, bir vaqtning o‘zida ham muayyan huquqni yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. Yuridik faktlarning turlarini muhokama qiling va oddiy hamda murakkab yuridik faktlarga O‘zbekiston Respublikasi yuridik amaliyotidan misollar keltirib o‘ting. Javob: Ushbu kazusga quyidagicha javob berishga harakat qilamiz, ya`ni, aniqlashimiz kerak bo‘lgan bir qancha vaziyatlar mavjud: Birinchidan, yuridik fakt tushunchasini atroflicha muhokama qilish; Ikkinchidan, yuridik faktlar keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlariga ko‘ra turlarini yoritish; Uchinchidan, yuridik faktlarning oddiy va murakkab turlariga qonunchiligimizdan misollar keltirish. Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib chiqadi. Biroq huquqiy normalar o‘z-o‘zidan, bevosita huquqiy munosabatlarni paydo qilmaydi. Normalar faqatgina huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini va chegaralarini belgilab beradi. Huquqiy munosabatlarning mavjud bo‘lishi yuridik faktlar deb ataluvchi muayyan hayotiy hodisalar bilan bog‘liq. Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti, konkret talabi sifatida maydonga chiqadi. Huquqshunos olim X. Odilqoriyevning fikricha, “Barcha ijtimoiy hayot hodisalari singari huquqiy munosabatlar ham taraqqiyot qonuniyatlariga itoat etadi. Insonlar o‘rtasidagi aloqalarning yuridik shakli bo‘lmish son-sanoqsiz huquqiy munosabatlar muntazam ravishda paydo bo‘lib, o‘zgarib va barham topib turadi. Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib chiqadi. Biroq, huquqiy normalar o‘z-o‘zidan, bevosita huquqiy munosabatlarni paydo qilmaydi. Xo‘sh, yuridik faktlar degani qanday hodisa? Turmushdagi barcha voqeliklar mana shunday hodisalar hisoblana oladimi? Chamasi, yo‘q. Hayotda turli-tuman faktlar, holatlar, shart-sharoitlar bor. Ammo, ularning hammasi ham yuridik fakt bo‘lavermaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt deb e’tirof etish davlatning xohish-irodasiga bog‘liq. Yuridik fakt huquqiy munosabatni keltirib chiqaradi, tomonlarda huquq va majburiyat vujudga keltiradi. Huquqiy normalar ta’sirida u yoki bu hayotiy holatlar yuridik faktga aylanadi” 1 . Download 43.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling