Юридик меҳнат психологияси


Yuridik faoliyatda kerakli bo`lgan kasbiy fazilatlarning psixologik asoslari


Download 48 Kb.
bet3/3
Sana18.09.2023
Hajmi48 Kb.
#1680604
1   2   3
Bog'liq
4.yuridik

3.Yuridik faoliyatda kerakli bo`lgan kasbiy fazilatlarning psixologik asoslari.
Huquqshunos xodimning professiogrammasini tahlil qilishni tergovchi kasbidan boshlash maqsadga muvofiq. Chunki u tergov xatti -harakatlarining tashkilotchisi bo`lib, ma`suliyatli qarorlarni qabul qiladi, ularni bajarilishiga erishadi. Amaliy ish undan hamisha diqqat -e`tiborlilik, aniqlik va sarishtalikni talab etadi. Tergovchi madaniyatli bo`lishi lozim. U o`zida aniq maqsadga yo`naltiriladigan ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashi kerak. Bu o`z ishiga nechog`li qiziqishning o`lchovlaridan biridir. Tergovchida kuzatuvchanlik qobiliyati kuchli shakllangan bo`lishi lozim. Bu fazilat tergovchiga ish jarayonida asqotadi. Psixologik kuzatuvchanlik inson xulq-atvori, xatti-harakatlarini oldindan ko`ra bilish bo`lib, tergovchi zarur paytlarda shuning yordamida kuzatilayotgan kishini boshqarish imkoniga ega bo`ladi. Kuzatuvchanlik turmush tajribasida shakllanadi, professional faoliyat mobaynida takomillashadi. Yuristga xos bo`lgan fazilatlardan yana biri kommunikativ (muloqotga kirishuvchanlik) soha bo`lib hisoblanadi. Tergovchi va so`roq qilinayotgan shaxsning bir-birlarini tushunishlari, anglashlari ular o`rtasidagi psixologik munosabat qay darajada ekanligiga bog`liq.
Bundan tashqari sudya faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sudya ishining keng qamrovliligi yuqori darajadagi umumiy va huquqiy topqirlikni, xilma - xil vaziyatlarda to`g`ri qaror chiqara bilishni talab etadi. Sudyaning xulq - atvori, qiyofasi sud zalida yig`ilganlarda hurmat-ehtirom uyg`otishi, uning murakkab ishlarini, kishilar taqdirini hal etish borasidagi huquqi, qobiliyati, malakasiga zarracha shubha tug`dirmasligi zarur. Sudya shaxsining muloqotga kirishishga oid kasbiy fazilatlari ana shu xususiyatlarni namoyon eta bilishida ko`zga tashlanadi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro`yxati




Karimov I. A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O`zbekiston, 1996. – 364 b.


Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – T.: O`zbekiston, 1996. – 380 b.


Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: O`zbekiston, 1996. – 366 b.


Karimov I. A. Bunyodkorlik yo`lidan. T. 4. – T.: O`zbekiston, 1996. – 394 b.


Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – T.: O`zbekiston, 1997. – 384 b.


Karimov I. A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. T. 6. – T.: O`zbekiston, 1998. – 429 b.


Karimov I. A. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T. 7. – T.: O`zbekiston, 1999. – 413 b.

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling