Юридик меҳнат психологияси
Yuridik faoliyatda kerakli bo`lgan kasbiy fazilatlarning psixologik asoslari
Download 48 Kb.
|
4.yuridik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etilgan adabiyotlar ro`yxati
3.Yuridik faoliyatda kerakli bo`lgan kasbiy fazilatlarning psixologik asoslari.
Huquqshunos xodimning professiogrammasini tahlil qilishni tergovchi kasbidan boshlash maqsadga muvofiq. Chunki u tergov xatti -harakatlarining tashkilotchisi bo`lib, ma`suliyatli qarorlarni qabul qiladi, ularni bajarilishiga erishadi. Amaliy ish undan hamisha diqqat -e`tiborlilik, aniqlik va sarishtalikni talab etadi. Tergovchi madaniyatli bo`lishi lozim. U o`zida aniq maqsadga yo`naltiriladigan ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashi kerak. Bu o`z ishiga nechog`li qiziqishning o`lchovlaridan biridir. Tergovchida kuzatuvchanlik qobiliyati kuchli shakllangan bo`lishi lozim. Bu fazilat tergovchiga ish jarayonida asqotadi. Psixologik kuzatuvchanlik inson xulq-atvori, xatti-harakatlarini oldindan ko`ra bilish bo`lib, tergovchi zarur paytlarda shuning yordamida kuzatilayotgan kishini boshqarish imkoniga ega bo`ladi. Kuzatuvchanlik turmush tajribasida shakllanadi, professional faoliyat mobaynida takomillashadi. Yuristga xos bo`lgan fazilatlardan yana biri kommunikativ (muloqotga kirishuvchanlik) soha bo`lib hisoblanadi. Tergovchi va so`roq qilinayotgan shaxsning bir-birlarini tushunishlari, anglashlari ular o`rtasidagi psixologik munosabat qay darajada ekanligiga bog`liq. Bundan tashqari sudya faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sudya ishining keng qamrovliligi yuqori darajadagi umumiy va huquqiy topqirlikni, xilma - xil vaziyatlarda to`g`ri qaror chiqara bilishni talab etadi. Sudyaning xulq - atvori, qiyofasi sud zalida yig`ilganlarda hurmat-ehtirom uyg`otishi, uning murakkab ishlarini, kishilar taqdirini hal etish borasidagi huquqi, qobiliyati, malakasiga zarracha shubha tug`dirmasligi zarur. Sudya shaxsining muloqotga kirishishga oid kasbiy fazilatlari ana shu xususiyatlarni namoyon eta bilishida ko`zga tashlanadi. Tavsiya etilgan adabiyotlar ro`yxati
Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling