Yuridik psixologiyaning zamonaviy tushunchasi, bu – huquqiy tartibga solish sharoitlaridagi shaxs va faoliyatning turli psixologik aspektlarini o’rganuvchi fan bo’lib, u tizimli yondashuv orqali oldida turgan vazifalarni hal etishga va rivojlantirishga o’z maqsadini qaratadi. Psixologiya va yurisprudensiyaning uyg’unlashganligi fanni ikki tomonlama boyitishga va sud faoliyatidagi dolzarb muammolarni hal etishga yordam beradi.
Psixologiya va yurisprudensiyaning birlashganligi jamiyatning ehtiyojidan kelib chiqilgan. Bu birlashish ichki qonuniyatlar bilan bog’lik bo’lib mavjud bo’lgan fanning obyekti, predmeti va usullari nimalardan iborat, uning umumiy fanlar bilan aloqadorligi va u yerdagi o’rni qanday ekanligi kabi savollarni o’rganishga qaratilgan.
Yuridik psixologiyaning paydo bo’lishi qonuniy hodisa ekan, bu yerda nimaga asoslanib umumiy psixologiyadan yuridik psixologiya maxsus fan sifatida ajralib yurisprudensiya fani uchun yordamchi yo’nalish bo’lib chiqqanligini aniqlab olish lozim.
Umumiy psixologiya Yurisprudensiya
yuridik psixologiya (maxsus fan) yuridik psixologiya (yordamchi
yo’nalish)
S.L. Rubinshteyning fikricha, barcha nazariyalar shu jumladan, psixologiya fanining asosiy vazifasi o’rganilayotgan hodisalarning maxsus qonuniyatlarini ochib berishdan iborat (Rubinishteyn S.L. 1978).
Psixologiya inson psixikasining paydo bo’lishi,rivojlanishi va namoyon bo’lishi qonuniyatlarini o’rganadi:
paydo bo’lishi
rivojlanishi qonuniyatlari
namoyon bo’lishi
Yuridik psixologiya sud ishlarini yurgizish jarayonida, shaxsning hulqatvorini maxsus o’rganishda yurisprudensiya sohasida kerakli va muhim bo’lgan amaliy vazifalarni yechishga yordam beradi.
Amaliyotda psixologik bilimlarni ikki usul orqali qo’llash mumkin:
bevosita, bu usul mavjud qonun qoidalar, qonuniyatlar asosidagi bilimlarni shu paytning o’zidayoq faoliyatda ishlatish mumkinligini bildiradi (ya’ni, qabul qilish, tasavvur, his qilish, sezish, fikrlash, diqqat, xotira kabi psixik jarayonlarga oid bilimlarni hozir – zahod qo’llash);
bilvosita, bunda qonuniyatlar asosida yig’ilgan bilimlardan hozir zaxod foydalanish mumkin emas. Buning uchun aniq faoliyat sharoitida, o’zgarishlarga duch keladigan qonuniyatlarni bilish va tahlil qilish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi.
Yuridik psixologiya fanida aynan psixologik bilimlardan bilvosita usuli orqali foydalanish keng yo’lga qo’yilgan (Ramul K.A. 1995g.).
Masalan, dastlabki tergov, sud tergovi va sudlanuvchilarni qayta tarbiyalashda yuzaga keluvchi murakkab insonlararo psixologik munosabatlar, shaxsni o’rganish, maxsus hodisalarda namoyon bo’luvchi psixik jihat va holatlarni chuqur o’rganish va oqilona xulosalar chiqarishda ma’lum tajribani qo’lga kiritish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |