Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati


Download 432.98 Kb.
bet6/6
Sana02.01.2022
Hajmi432.98 Kb.
#184661
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs iwi cala

2015 yil

2016 yil

2017 yil

mlrd.so’ m

foiz

mlrd.so’ m

foiz

mlrd.so’ m

foiz

To`g`ri soliqlar

8554,3

100

9338,5

100

10674,2

100

1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i

1284,8

15

1266

13,5

1291,1

12

2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona soliq to‘lovidan davlat byudjetiga

ajratma


1193,1

13,9

1383,2

14,8

1613,2

15,1

3. Yagona soliq to‘lovidan davlat

byudjetiga ajratma



1067,1

12,4

1237,9

13,2

1622,8

15,2

4. Jismoniy shaxslardan olinadigan

daromad solig‘i



3648,8

42,6

4040,4

43,2

4476,1

41,9

5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy

shaxslardan olinadigan qat‘iy soliq



617

7,2

742,5

7,9

831,7

7,8

6. Obodonlashtirish va ijtimoiy

infratuzilmani rivojlantirish solig‘i



743,5

8,6

668,5

7,1

839,3

7,8

Yuqoridagi jadval ma‘lumotlarining tahlili ko‘rsatmoqdaki, to‘g‘ri soliqlar tarkibida ham yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i muhim ahamiyatga ega. Jumladan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining to‘g‘ri soliqlar tarkibidagi ulushi 2015 yilda 15,0 foizni, 2016 yilda 13,5 foizni tashkil etgani holda, 2017 yilda 12,0 foizni tashkil etgan. Foyda solig‘ining to‘g‘ri soliqlar va davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi tahlili ko‘rsatmoqdaki, tahlil qilinayotgan yillarda foyda solig‘ining ulushi kamayish tendentsiyasiga ega. Foyda solig‘i bo‘yicha tushumning o‘zgarishiga yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar bilan birga, ko‘plab soliq imtiyozlarining berilishi hamda soliq stavkasining yildan-yilga kamaytirilayotganligi ham kuchli ta‘sir etganligini ta‘kidlab o‘tish lozim. Endi ushbu soliqning mahalliy byudjetlarda tutgan o‘rnini aniqlash maqsadida Navoiy shahar mahalliy budjetida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan tushumlarni tahlil qilamiz (2-jadval).



  1. jadval


Navoiy shahar mahalliy budjeti daromadlarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ining ahamiyati7

Ko`rsatkichlar

2015 yil

2016 yil

2017 yil

ming. So`m

foizda

ming. So`m

foizda

ming. So`m

foizda


Daromadlar, jami


115 205,4


100


135 067,0


100


156 135,7

100


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i


1 957,6


1,7


2 693,00


2,0


3 431,2


2,2

Jismoniy shaxslardan

olinadigan daromad solig‘i


12 769,5



11,1

15 736,8



11,6

20 905,6



13,4

Yagona soliq to‘lovi


6 321,8



5,5

7 235,9



5,4

8 888, 7



5,7

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

76 694,5



66,5

82 473,9



61,0

87 371,1



55,9

Yuridik shaxslardan undiriladigan mol-mulk

solig‘i

2 987,9



2,6

3 421,3



2,5

4 028, 7



2,6

Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i

1 754,6



1,5

2 045,8



1,5

2 606,2



1,6

Yuqoridagi jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Navoiy shahar bo‘yicha budjetga undiriladigan soliqlar ichida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining salmog‘i so‘nggi yillarda birmuncha o‘sish tendentsiyasiga ega. Jumladan, 2015 yilda ushbu soliqning tuman byudjeti daromadlaridagi ulushi 1,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda 2,0 foizni tashkil etgan, 2017 yilda esa 2,2 foizni tashkil etgan, ya‘ni 2017 yilda 2015 yilga nisbatan 0,5 punktga oshgan. Mazkur budjet daromadlarini tahlil qilar ekanmiz, jami soliqli daromadlar ichida eng katta ulushni qo‘shilgan qiymat solig‘I, yani 2017 yilda 55,9 foizni o‘rinda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘I, yani 2017 yilda 13,4 foizni, undan keyingi o‘rinda esa yagona soliq to‘lovi egallaydi, yani 2017 yilda jamiga nisbatan 5,7 fozni tashkil etgan.

Davlat tomonidan foyda solig`ining markazlashtirilishi orqali davlat budjetining eng asosiy daromad qismi belgilangan miqdorlarda ta‘minlanadi. Shu sababli o`ziga xos pul mablag`larining harakati doirasida foyda solig`ini to`lashga monand bo`lish soliq munosabatining yuksak darajasida yuzaga keladi. Shu sababli hukumatimiz tomonidan foyda solig`i to`lovchi yuridik shaxslarni rag`batlantirish va soliq yukini kamaytirish maqsadida foyda solig`ining nominal stavkasi yildan- yilga kamaytirilib kelinmoqda.Soliq islohotlarining ustuvor yo`nalishi sifatida soliq yukining bosqichma-bosqich pasaytirilishi barqaror iqtisodiy o`sish sur‘atlarini ta‘minlashda muhim omil bo`lib hisoblanadi.

Xususan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i stavkasi 1995 yilda 38 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2015-2017 yillarga kelib bu stavka 7,5 foizni tashkil qilgan.





  1. rasm. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i stavkalari8


Hozirgi paytda ko`plab mamlakatlarda korxona va muassasalar foydasidan olinadigan soliq stavkasi o`rtacha 12,5-39,5 foiz miqdorni tashkil qilsa, O`zbekistonda bu ko`rsatkich 1995-2016 yillar mobaynida 38 foizdan 7,5 foizga tushdi. 2017 yilda ham 7,5 foiz saqlanib qolindi.

Shuni ham ta‘kidlash joizki, bevosita soliqlar tarkibida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i salmog`ining kamayishi bilan bir qatorda mikrofirma va kichik korxonalardan olinadigan yagona soliq to`lovi salmog`ining oshishiga erishilmoqda. Bu esa o`z navbatida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashga alohida e‘tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.



3. Yuridik shaxslarning foyda solig`i bo`yicha jami daromadlar tarkibi va uni shakllanishi

Mamlakatimizda amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq foyda solig`i to`lovchi yuridik shaxslar quyidagilardir:



      • O`zbekiston Respublikasining rezidentlari;

      • O`zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil bo`lish manbai O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan O`zbekiston Respublikasi norezidentlari.

Bundan tashqari foyda solig`ini to`lovchilarning o`ziga xos xususiyati ham mavjud. Ya‘ni mikrofirma va kichik korxonalar ham majburiy tartibda foyda solig`ini to`lovchisi hisoblanadi. Bular quyidagilardir:

      • aksiz solig`i to`lanadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirma va kichik korxonalar;

      • yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar.

Quyidagi 3-rasmga ko‘ra, Navoiy shahar foyda solig`i to`lovchilar soni shu jumladan, joriy to`lovlarni to`lovchilar soni 2012-2017 yillarda kamayish tendensiyasiga ega. 2013-yilda soliq to`lovchilar soni 2012-yilga nisbatan 5 taga kamaygan. 2014-yilda soliq to`lovchilar soni 2013-yilga nisbatan 1 taga kamaygan. 2015-yilda soliq to`lovchilar soni 2014-yilga nisbatan 3 taga kamaygan. 2016-yilda soliq to`lovchilar soni 2015-yilga nisbatan 1 taga kamaygan. Shu o‘rida 2017 yilda 2012 yilga nisbatan 11 taga kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, joriy to`lovlarni to`lovchilar soni 2017 yilda 2012 yilga nisbatan 20 taga kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. (3-rasmga qarang)


  1. rasm. Navoiy shahrida 2012-2017 yillarda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i to`lovchilar sonining o`zgarishi dinamikasi tahlili


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i to`lovchilar sonining kamayishiga quyidagilar sabab bo`lgan:

  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630- son qaroriga asosan soliq to`lovchilarning ixtiyoriy tugatilishi;

  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi VM-327-son qaroriga asosan moliya-xo`jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o`zlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan korxonalarning tugatilishi;

  • soliq to`lovchining boshqa korxona tarkibiga qo`shilishi;

  • soliq to`lovchining boshqa hududga o`tganligi.

Quyidagilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i to`lovchilar bo`lmaydi:

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda notijorat tashkilotlar o`zi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan foydadan soliq to`lovchi bo`ladi;

Soliq Кodeksiga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.

Soliqqa tortishning alohida tartibiga o`tgan korxonalar, jumladan yagona soliq to`loviga o`tgan mikrofirma va kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari, yagona yer solig`i to`lovchi qishloq xo`jalik tovar ishlab chiqaruvchilar bu soliqni to`lovchisi hisoblanmaydi. Ular o`zlari uchun ixchamlashtirilgan soliqni to`laydilar. Bulardan tashqari tadbirkorlik faoliyatining faqat alohida turlariga qat‘iy stavkada soliq to`lovchilar ham bu soliqni to`lovchilari hisoblanmaydi.

Yuridik shaxslar foyda solig`i bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim iqtisodiyot tarmoq korxonalari budjet bilan hisob-kitoblarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin (misol uchun, energetika, neftegaz-holding kabi tarmoq korxonalarida).

Soliqqa tortish maqsadida foydadan soliq to`lovchilar rezidentlar va norezidentlarga ajratiladi.

O`zbekiston Respublikasining rezidenti deb, O`zbekistonda ta‘sis etilgan yoki ro`yxatdan o`tgan hamda bosh korxonasi O`zbekistonda joylashib, O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ro`yxatdan o`tgan yuridik shaxslar hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi rezidenti bo`lgan yuridik shaxslar O`zbekistonda va undan tashqaridagi faoliyatdan olgan daromadlaridan foyda solig`iga tortiladilar. O`zbekiston Respublikasining norezidentlari esa, faqat O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatishdan olgan daromadlari bo`yicha soliqqa tortiladilar. Rezidentlar doimiy faoliyat ko`rsatuvchilar bo`lsa, norezidentlar faoliyati respublikada vaqtinchalik xarakterga ega bo`ladi.

Soliq kodeksiga ko`ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ining ob‘ekti bo`lib, O`zbekiston Respublikasi rezidentlarining va norezidentlarining foydasi hamda rezident va norezidentlarning chegirmalar qilinmagan holda to`lov manbaidan soliq solinadigan daromadlari hisoblanadi. Soliq solinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadagan harajatlar o`rtasidagi farq sifatida soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi hisobga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi. Yuridik shaxslarning foyda solig`i bo`yicha soliqni to`liq, to`g`ri aniqlash (hisoblash) uchun ularning jami daromadlari tarkibiga nimalar kirishini mukammal o`rganish zarur bo`ladi. Yuridik shaxslarning jami daromadi tarkibiga ular tomonidan olinishi lozim bo`lgan (olingan) ortilgan tovar, bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmat haqlari kabi pul va bepul (pulsiz) qaytarmaslik sharti bilan olingan mablag`lar kiradi. Demak, olingan kreditlar jami daromadga kirmaydi.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar guruhiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shu jumladan yordamchi xizmatlar tomonidan realizatsiya qilishdan qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i hamda transport vositalariga benzin, dizel yoqilg`isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq chegirib tashlangan holda olingan daromad kiradi.Ya‘ni ushbu daromadlarni olish korxona uchun asosiy maqsad hisoblanadi. Lekin korxona faoliyatining boshqa turlaridan daromadlar olsa, ular ham tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan daromad hisoblanadi.

Fuqarolik kodeksining 82 va 386-moddalariga muvofiq, tovar deganda erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada bo`lishi cheklab qo`yilmagan bo`lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tishi mumkin bo`lgan har qanday buyum tushuniladi. Bunda tovar shartnoma tuzilgan paytda sotuvchida mavjud bo`lishi yoki sotuvchi tomonidan kelgusida yaratilishi yoki xarid qilinishi mumkin. Ya‘ni tovar deganda ham sotuvchi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot, ham qayta sotish maqsadida sotib olingan tovar tushuniladi.



2-sonli BHMS “Asosiy xo`jalik faoliyatidan tushgan daromadlar” ga muvofiq (AV tomonidan 26.08.1998 yilda 483-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan) tovarlar deb xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan realizatsiya qilish maqsadida ishlab chiqarilgan va qayta sotish uchun sotib olingan tovarlar, yoki qayta sotish maqsadida saqlanayotgan boshqa aktivlar hisoblanadi.

Ish deganda natijasi moddiy ifodaga ega bo`lgan hamda tashkilotlar va (yoki) jismoniy shaxslar ehtiyojlarini qondirish uchun realizatsiya qilinishi mumkin bo`lgan faoliyat tushuniladi.

Xizmat ko`rsatish-natijasi moddiy shaklga ega bo`lmagan va buyurtmachi shartnomasi (topshirig`i) asosida biron-bir ma‘lum harakatni amalga oshirish bilan bog`liq faoliyat.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum deganda realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan (olinishi lozim bo`lgan) mablag`lar summasi, shu jumladan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to`lash yoki qarzni uzish hisobiga tushadigan mol- mulk qiymati tushuniladi (Soliq kodeksining 22-moddasi). Tushum hisobvaraq- faktura, ma‘lumotnoma-hisobvaraq-faktura, BYD, ishlar bajarilganligi to`g`risidagi dalolatnoma, tovarlar jo`natilganligini, ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko`rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiya, chek va boshqa hujjatlar asosida jo`natilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati bo`yicha aniqlanadi.

Soliq kodeksida soliq solish maqsadida «realizatsiya qilish» tushunchasiga ta‘rif berilgan: realizatsiya qilish — sotish, ayirboshlash, beg`araz berish maqsadida tovarlarni jo`natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko`rsatish, shuningdek garovga qo`yilgan tovarlarga bo`lgan mulk huquqini garovga qo`yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish (Soliq kodeksining 22- moddasi).

Keltirilgan ta‘rifda realizatsiya qilish sifatida tan olinadigan faqat to`rtta holat belgilangan:



  • sotish;

  • ayirboshlash:

  • beg`araz berish;

  • garovga qo`yishda mulk huquqini berish.

Sotish - bu shartnoma bo`yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to`lash majburiyatini oladi.

Ayirboshlash- bu bitim bo`lib, bunda har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish yo`li bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi.

Beg`araz berish - bu bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o`ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni o`zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.

Garov - bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo`lgan huquqni majburiyatlarni ta‘minlash uchun berishi hisoblanadi.

Ishlarni realizatsiya qilishning asosiy huquqiy shakli pudrat shartnomasidir. Ushbu shartnomaga ko`ra bir taraf ikkinchi tarafning topshirig`iga binoan o`z kuchi bilan o`zining mablag`lari hisobiga, ma‘lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to`lash majburiyatini oladi.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yuklab jo`natilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko`rsatilgan xizmatlar) qiymatidan kelib chiqqan holda tovarlarni jo`natish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish hollarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilanadi.

Faoliyat turidan va ishlar (xizmatlar) bajarilishi shart-sharoitidan kelib chiqib, tushum ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi va tan olinadi.

Vositachilik faoliyatidan daromadlar oladigan yuridik shaxslar uchun tushum deyilganda ko`rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo`lgan haq summasi tushuniladi.

Nashriyot va tahririyatlar uchun gazeta va jurnallarni realizatsiya qilishdan olingan tushum ularda reklamani joylashtirishdan olingan daromadlar kiritilgan holda aniqlanadi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan foizlar, royalti, daromadlar olish imkonini beruvchi mol-mulkni va mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga foydalanishga berish, shuningdek talab qilish huquqidan boshqa shaxsning foydasiga voz kechishdan olingan daromadlar, agar ushbu daromadlar summasi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning umumiy summasidan ortiq bo`lsa, xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar deb e‘tirof etiladi. Mazkur norma notijorat tashkilotlarga tatbiq etilmaydi, ular uchun ushbu daromadlar boshqa daromadlar sifatida qaraladi.

Uzoq muddatli kontraktlarni bajarishdan olinadigan daromadlar ularning haqiqatda bosqichma-bosqich bajarilishiga taalluqli qismida hisobot davri mobaynida hisobga olinadi.

Qurilish, qurilish-montaj, ta‘mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar (xizmatlar) bo`yicha, shuningdek ob‘ektlarni foydalanishga tayyor qilib qurish chog`ida shartnomaviy baholardan kelib chiqib haq to`lash uchun hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan, buyurtmachilar tomonidan bajarilgan (ko`rsatilgan) va tasdiqlangan ishlarning (xizmatlarning) qo`shilgan qiymat solig`i kiritilmagan qiymati daromadga qo`shiladi.



Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan bahosidan past baholarda (tovarni olish bilan bog`liq harajatlarni hisobga olgan holda) realizatsiya qilinganda, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul topshirilganda soliq solish maqsadlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan tushum tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxi yoki tovarlar olingan baho asosida (tovarni olish bilan bog`liq harajatlarni hisobga olgan holda) aniqlanadi.




Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi :






















4-rasm. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga tuzatish kiritish tartibi

Boshqa daromadlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog`liq bo`lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi. “Soliq solish maqsadida boshqa daromadlar tarkibiga korxona o`zining moliyaviy-xo`jalik faoliyatidan olishi mumkin bo`lgan barcha boshqa daromadlar, favqulodda daromadlar kiradi.” Boshqa daromadlar ro`yxati soliq Soliq kodeksining 132-moddasida keltirilgan.



  1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ini hisoblash va budjetga to‘lash tartibining tahlili



1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan. //Xalq so‘zi gazetasi.- 2017 yil 23 dekabr

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasi. Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar

3 O`zbekiston soliq tizimi mustaqillik yillarida. ―Sharq‖ nashriyoti. Toshkent-2011, 18-bet

4 Sh. Shodmonov, R.Alimov, T. Jo`rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent, ―Moliya‖ nashriyoti, 2002-yil. 416 b.

5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Budjet parametrlari to‘g‘risidagi Qarorlari asosida tayyorlangan.

6 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Budjet parametrlari to‘g‘risidagi Qarorlari asosida tayyorlangan.

7 Navoiy shahar DSI ma‘lumotlari asosida hisoblandi.

8 www.mf.uz. O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining ma‘lumotlari asosida

Download 432.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling