«yurisprudensiya»


Suv obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi


Download 1.39 Mb.
bet51/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

3. Suv obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi
Suv resurslaridan normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish faqat qonun yo‘l qo‘ygan holatlarda amalga oshirilishi mumkin. Suv obyektlaridan ovchilik ehtiyojlari uchun foydalanish, suv resurslaridan foydalanishning turi hisoblanadi. Respublikamizda suv obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanishni tartibga solish haqida, shuni ta’kidlash lozimki, tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi hayvonot va o‘simlik olamini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish Respublika davlat inspeksiyasi, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi suvdan foydalanishni tartibga soluvchi organ belgilagan tartib bo‘yicha huquqiy asoslarda faoliyat olib boradi va huquqiy tartibga solib turadi. Ushbu organlar yuridik va jismoniy shaxslarga suvni muhofaza qilish borasidagi talablarni hisobga olgan holda ovchilikda foydalanish uchun berishi mumkin.
Suv obyektlaridan ovchilik xo‘jalagi ehtiyojlarida foydalanish bu-suv qushlari va qimmatli mo‘yna beradigan suv hayvonlari maskani bo‘lgan daryolar, ko‘llar va boshqa suv resurslaridan foydalanish demakdir.
Ovchilik xo‘jaligini yurituvchi (baliq ovlovchi) yuridik yoki jismoniy shaxslar har oyda joylardagi (viloyatlarda) tabiatni muhofaza qilish organlariga va "Davlatbionazorat" inspeksiyasiga tutilgan hayvonlar (baliqlar) va boshqa suv hayvonlarining miqdori va turi to‘g‘risida hisobot va tasdiqlangan shakllar bo‘yicha baliqlarni ko‘paytirish va muhofaza qilish tadbirlari o‘tkazilishi to‘g‘risida hisobotini amalga oshirishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv hayvonlari bilan savdo qilish faqat ovlash mahsulot harid qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar va mahsulotga sifat sertifikati mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Ta’kidlash lozimki, suv obyektlarining maydoni 25 ming gektardan ortiq bo‘lgan yirik suv havzalaridan ovchilik xo‘jaligi yoki bo‘lmasa baliqchilik xo‘jalagini yuritish korxonalar va tashkilotlarga beriladi. Suv obyektlarining maydoni 5 ming gektardan 25 ming gektargacha bo‘lgan havzalar, shuningdek 5 ming gektardan kam bo‘lgan kichik suv havzalarida ovchilik xo‘jaligi uchun foydalanish boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda berib qo‘yilishi mumkin. Suv obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish joylardagi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Alohida hollarda kelishilgan tartibda tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga qarashli hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofza qilish va undan oqilona foydalanish respublika davlat inspeksiyasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
Suv hayvonlarining umumiy soni uchun to‘lov undiriladi, uning miqdori foydalanuvchi tomonidan biriktirilgan suv obyektlaridan, suv hayvonlarini ko‘paytirish tadbirlarini va bunga ko‘maklashuvchi boshqa ishlarni bajarish uchun sarflangan harajatlar amalga oshirilishi mumkin.
Suv obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlaridan foydalanish, ya’ni suv hayvonlarini ovlash faqat ular uchun belgilangan qoidalarga muvofiq suv havzalarida amalga oshiriladi. Suv obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlarida foydalanishda suv resurslaridagi hayvonlarni ovlashning belgilangan tartibiga rioya qilmaslik ma’muriy, mulkiy, intizomiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tabiiy suv obyektlaridan baliqchilik va ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlarida foydalanishni, baliq va boshqa suv hayvonlaridan oqilona foydalanishni ta’minlab ovlash, o‘g‘irlashlar va talon-taroj qilishdan muhofaza etishni amalga oshiradilar. Shu bilan birgalikda suvni muhofaza qilishga doir huquqiy ta’sir choralarini amalga oshiradi.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling