«yurisprudensiya»


-mavzu SUV OMBORLARI, GIDROUZЕLLAR VA BOSHQA GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIGINI TA’MIN- LASHNING HUQUQIY


Download 1.39 Mb.
bet52/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

14-mavzu SUV OMBORLARI, GIDROUZЕLLAR VA BOSHQA GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIGINI TA’MIN- LASHNING HUQUQIY
ASOSLARI
Reja:
1. Gidrotexnika inshoatlari va ularning xavfsizligini huquqiy ta'minlash zarurati
2. Gidrotexnik inshoatlarning xavfsizligini boshqarish va ularni baholash
3. Gidrotexnik inshoatlarning xavfsizligini ta'minlashga doir talabalar
4. Suv xo‘jaligi tashkilotlarining gidrotexnik inshootlardan foydalanish qoidalari


1. Gidrotexnika inshootlari va ularning xavfsizligini huquqiy ta’minlash zarurati
Tarixshunos olim S.A.Semenovning xulosasiga ko‘ra qadimgi sivilizatsiya o‘choqlarida (Misr, Messopatamiya, Xitoy, Xindiston, Markaziy Osiyo) biron bir qabila, millat yoki davlatni bosib olish uchun avvalambor ularni suvsiz qoldirganlar. Buning uchun dushman daryo, kanal yoki ariqlarda o‘rnatilgan suv inshootlaridan foydalanganlar, ya’ni ular orqali suvni to‘xtatib qo‘yganlar, aholi punktiga oqayotgan suvni boshqa joylarga burib yuborganlar yoki qishloq va shaharlarni suvga bostirib yuborganlar. Shu tariqa mustahkam hisoblangan qal’alar osongina zabt etilgan. Hozirgi kunda ham ayniqsa issiq va sug‘ormiladigan dehqonchilik tarqalgan o‘lkalarda, suv inshootlari millat va davlat xavfsizligini ta’minlab turuvchi omil sifatida e’tirof etib kelinmoqda.
Suv resurslarini inson hayotida to‘tgan bunday ulkan ahamiyatini ino-batga olib O‘zbekiston Respublikasida MDH mamlakatlari orasida birinchilar qatori «Suv va suvdan foydalanish» to‘g‘risida milliy qonun qabul qilindi. Uning 78-82-moddalarida suv omborlari, gidrouzellar va boshqa suv inshootlaridan foydalanish taritibi o‘rnatildi. Lekin, suv omborlari va gidrouzellar qanday inshootlar toifasiga kiritiladi yoki boshqa inshootlar deganda nimalarni inobatga olmoq kerak, degan savolga mazkur qonunda to‘liq ta’rif berilmagan.
Suv omborlari va gidrouzellar gidrotexnika inshootlari toifasiga kiradi. Gidrotexnika inshootlari (GTI) deb suv oqimini boshqarish, tartibga solish va oqim kuchidan foydalanish maqsadida o‘rnatilgan texnologik va muxandislik inshootlariga aytiladi. «Gidro» - grekchada «hydro»-suv, namlik degan ma’noni anglatib, ilmda u suv bilan bog‘liq bo‘lgan gidrologiya, gidrografiya, gidrotexniva va shu kabi fanlarni ifoda etadi. Gidrotexnika fani tabiatdagi suvlarni maqsadli va to‘laqonli inson manfaatlariga xizmat qilishni ta’minlash uchun muxandislik inshootlarini qurish va ulardan foydalanishning texnologik usullarini tadqiq qiladi.
Gidrotexnik inshootlarga 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan «Gidrotexnika ishnootlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasida sanab o‘tilgan -to‘g‘onlar (plotinalar); gidroelektr stansiyalarning binolari; suv tashlash, suv bo‘shatish, suv o‘tkazish, suv chiqarish inshootlari va tunellari (suv o‘tkazish tunellari); kanallar; nasos stansiyalari; suv omborlari, daryo, kanal o‘zanlarining qirg‘oqlari va tubini toshqin hamda yemirilishlardan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan inshootlar; sanoat va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining suyuq chiqindilar saqlanadigan joylarini o‘rab turuvchi inshootlar (ko‘tarmalar) kiradi.
GTIni tasniflash ularning vazifasi, konstruksiyasi (tuzilishi), xavflilik darajasi va ishlash muddatiga qarab guruhlashtiriladi. Masalan, gidromeliorsiya nuqtai nazardan GTIni ikki guruhga ajratiladi – daryolardagi va ichki tizimli yoki tarmoqlardagi. Daryolardagi GTIga: tug‘onlar, qirg‘oqdagi damba(ko‘tarma)lar, asosiy suv bo‘luvchi yoki suv ko‘taruvchi moslamalar, loyqaga qarshi mo‘ljallangan inshoot(tindirigichlar), kemalar yuruvchi shlyuzlar, gidroelektrostansiya inshootlari, qirg‘oqlarni mustahkamlovchi va ularni tekislovchi inshootlar kiradi. Daryolardagi barcha gidromeliorativ inshootlar majmuasi–gidrouzellar, agarda ushbu suv inshootlari daryodan suv yig‘ish vazifasini o‘taydigan bo‘lsa–suv yig‘ish gidrouzellari deb ataladi.
Ichki tizimli yoki tarmoqlardagi GTIga: suv o‘tkazuvchi inshootlar; (kanallar, tonnellar, lotoklar, quvurlar, dyukerlar, akveduklar, yog‘inlarni bexatar yo‘naltiruvchi qurilmalar) shlyuzlar; suv taqsimlagichlar; suv tashlash, suv bo‘shatish va suv chiqarish inshootlari; suv o‘lchagichlar; halq xo‘jaligi korxonalarining oqovalarini tashlash va saqlashga qaratilgan inshootlar; kanallardan o‘tgan ko‘prik va quvurlar, sug‘orish shahobchalariga o‘rnatilgan gidroelektrostansiyalar; mollarni sug‘orish uchun qo‘yilgan moslamalar; xodalarni oqizuvchi yoki tutib qoluvchi moslamalar kiradi.
GTIni asosiy, ikkilamchi va yordamchi kabi turlarga ham ajartiladi. Asosiy GTI o‘z ichiga katta va o‘ta muhim inshootlarni qamrab oladi (Ro‘yxati Vazirlair Mahkamasining 1999 yil 30 martdagi 143-sonli qarorining 1-ilovasida keltirilgan). Asosiy GTIning to‘xtatilishi o‘ta mas’uliyatli va og‘ir jarayon bo‘lib, u har bir davlatning milliy xavfsizligi va barqaror rivojlanishiga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
Ikkilamchi GTIga to‘xtalishi mahalliy halq xo‘jalik tizimini bir maromda ishlashiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan, lekin uni butunlay izdan chiqara olmaydigan inshootlar kiradi.
Yordamchi GTIga asosiy va ikkilamchi GTIni qurish va ta’mirlash mobaynida vaqtinchalik o‘rnatiladigan inshootlar kiradi.
Asosiy, ikkilamchi va yordamchi GTI GOST 3315-46 asosida, ularning ishlab chiqarish samaradorligiga qarab 5 ta klasslarga ajratiladi:
I klass – alohida qurilgan;
II klass – yuqori darajada kapital qurilgan;
III klass – odatiy kapital qurilgan;
IV klass – yengil qurilgan;
V klass – juda yengil qurilgan;
GTIni ishlab chiqarish samaradorligiga qarab yoki xizmat qilish muddatiga ko‘ra doimiy va vaqtinchalik razryadlarga ajratiladi. Agarda gidrotexnik uzellar bir paytning o‘zida energetik, meliorativ va transport vazifalarni o‘tasa GTIning klassi va razryadi har bir xo‘jalik sohasi (energetika, meliiratsiya, transport) bo‘yicha alohida – alohida o‘rnatiladi va tegishli GOST larda berilgan bo‘ladi.
Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yuqorida aytib o‘tilgan moddalarida (78-82) afsuski, suv omborlari va gidrouzellar gidrotexnika inshootlari (to‘g‘rirog‘i, gidrotexnik inshootlar) toifasiga kirishi aniq qilib ko‘rsatilmagan. Undan tashqari, yana qanday gidrotexnik inshootlar ushbu qonunning obyekti ekanligi va ulardan foydalanishning huquqiy holati qandayligi berilmagan. Mazkur qonunning 81-moddasida ko‘rsatilgan tabiiy holda yuzaga kelgan «ko‘l va suv havzalari» afsuski, inshootlar toifasiga kirmaydi.
2003 yilga kelib O‘zbekistonda umumiy suv hajmi 15 mlrd.m3 ga teng bo‘lgan 53 ta suv omborlari, 6,4 ming m3/s suv sarfiga ega bo‘lgan 15 mingdan ziyod nasos stansiyalar, 30 dan ziyod gidroenergetik stansiyalar (GES), 40 dan ziyod yirik gidrouzellar, 27 ming km magistral va xo‘jaliklararo kanallar hamda ulardagi GTI, 29 ming km qollektor (zovur)lar mavjud bo‘lgan. Bo‘larning hammasi, birinchidan, mauyyan boshqarish va tartibga solish munosa-batlarining huquqiy asoslarini ishlab chiqishni talab etadi. Zero, huquqiy demokratik davlatda barcha ijtimoiy munosabatlarning yuridik negizini bo‘lishi talab etiladi. Bozor iqtisodiyotining rivojlana borishi esa turli mulk shakllarini yuzaga keltirmoqdaki, ularning GTIdan foydalanishlari ma’lum bir huquq va majburiyatlarning bajarilishi tufayligina amalga oshishi hech kimga sir emas.
Ikkkinchidan, yirik va alohida ahamiyat kasb etuvchi GTIning ko‘pchiligi 30-40 yil avval ishga tushirilgan, ya’ni ular aholi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va atrof muhit uchun xavfsiz darajada, deb bo‘lmaydi.
Uchinchidan, GTIning bir maromda ishlashini yoki xavfsizligini ta’minlash uchun ular mulkning qaysi bir shaklida bo‘lishini qonun orqali belgilab olish zarur. Masalan, Andijon suv omborining xavfsizligi halqaro huquq normalari orqali tartibga solinishi mumkin. Chunki u qirg‘izston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida turadi. Alohida iqtisodiy, siyosiy va eqologik ahamiyatga molik GTIni esa faqatgina davlatning tasarrufida ushlab turish zarurligi dunyo tajribasidan ma’lumdir.
To‘rtinchidan, yuridik javobgarlik sanksiyalari qilmishning ijtimoiy xavfliligiga qarab belgilanadi. Ijtimoiy xavflilik esa GTIni turli tasnifiy belgilari asosida o‘rnatiladi. Bu haqda 1999 yil 16 noyabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 499-sonli «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni amalga oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ham aytib o‘tilgan.
Yuqorida sanab o‘tilgan xulosalar amaldagi Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunni takomillashtirish masalasini o‘rtaga qo‘ydi. Natijada 1999 yil Oliy Majlisning XV sessiyasida maxsus «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Eng muhimi, 30 mart 1999 yil Vazirlar Mahkamasi huzurida katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi («Davsuvxo‘jalik-nazorat») tashkil etildi. Ammo, xanuzgacha mazkur davlat idorasining vaqolati, funksiyasi va tegishli ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish mexanizmini to‘liq aks ettiruvchi me’yoriy asosning yo‘qligi bu borada talay ishlarning qilinishi kerakligiga alohida urg‘u berishni taqozo etadi. 2003 yil dekabrda Oliy Majlisning Agrar,suv va oziq-ovqat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan maxsus konferensiya aynan ushbu masalalarga bag‘ishlangan edi.
Savol tug‘ilishi mumkin, nega qonun aynan GTIning xavfsizligi to‘g‘risida, deb nomlanadi. Chunki ularning normal ishlashi mahalliy, milliy va regional barqarorlikni ta’minlaydi. Ular insonlarning hayotiy zarur bo‘lgan birlamchi ehtiyoji-suvga bo‘lgan huquqiy talabini qondirish uchun xizmat qiladi, ya’ni milliy xavfsizlikning ajralmas bir bo‘lagi sifatida qatnashadi. Shuning uchun ham qonun GTIning mavjudligini emas, balki ularning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlashga qaratiladi va u davlatimizning suv borasidagi muhim siyosiy yo‘nalishi hisoblaniladi.
Huquqiy demokratik davlat qurayotgan O‘zbekiston Respublikasida barcha ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asosi yaratimoqda. Suv boyliklarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, so‘zsiz, GTIning yetarli darajada va barqaror ishlashining boshqarilishi bilan ham baholaniladi. Boshqarish esa faqatgina ilmiy asoslangan, halqaro hamjamiyat tomonidan umume’tirof etilgan va huquqiy me’yorlar bilan to‘liq ta’minlangan holda samarali olib berilishi mumkinligi, hech kimga sir emas. Biz quyida aynan GTIning xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini ko‘rib chiqamiz.
2.Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini boshqarish va ularni baholash
GTIni loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish, foydalanish, rekonstruksiya qilish, tiklash, konservatsiyalash va ish faoliyatini tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yuzaga keladigan barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida 1999 yil 20 avgustda maxsus «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. qonunda mazkur ijtimoiy munosabatlarni boshqarish masalalariga alohida urg‘u berildi. Huddi ana shu yili alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi tashkil etildi.
GTIni xavfsizligini umumiy boshqarish vazifasi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahqamasiga topshirildi. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonuning 4-moddasiga binoan Vazirlar Mahkamasi davlat mulkidagi, shuningdek respublika va mintaqaviy energetika tizimiga kiruvchi GTIning xavfsizligini ta’minlaydi. 1999 yil 30 martda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 143-sonli, 2003 yil 21 iyuldagi 320-sonli qarorlari aynan suv xo‘jaligini, xususan GTIni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirishga qaratilgandir. Endilikda GTIning xavfsizligini ta’minlashdagi davlat boshqaruvi havzaviy pirnsip asosida ham 10 ta havza miqyosida olib borishligi ko‘rsatilgan.
Vazirlar Mahkamasi GTIni xavfsizligini ta’minlashga oid davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularni hayotga tadbiq qiladi. U GTIning xavfsizligi ustidan davlat nazoratini tegishli inspeksiyalar orqali olib boradi. Turli halqaro tashkilotlar, uyushmalar yoki birlashmalar orqali mazkur masala yuzasidan halqaro hamkorlikni tashkil etadi. Masalan, 1991 yil 12 oktyabrda tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlariaro suv xo‘jaligi komissiyasi (MKVK) tuzilgan va unda yagona regional suv boshqaruvi amalga oshirilmoqda.
O‘zbeiston Rspublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasidan kelib chiqib mamlakatimizda mahalliy dalat boshqaruvi organlarining roli kundan kunga oshib bormoqda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlashda ham ularning tutgan o‘rni ortmoqda. Masalan, Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasiga binoan Mahalliy davlat hokimiyati organlariga qo‘yidagi vaqolat berilgan:
- GTIning xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda qatnashish;
- suv resurslaridan foydalanishda va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda GTIni xavfsizligini ta’minlash;
- GTIni joylashtirish to‘g‘risida, shuningdek maxsus qonun talablari buzilgan hollarda ulardan foydalanishni cheklab qo‘yish haqidagi qarorlarni qabul qilish;
- GTIning falokatli oqibatlarini tugatishda qatnashish;
- GTIni favquloda(avariyali) vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan falokatlarning xavfi borligi to‘g‘risida aholini habardor qilish;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vaqolatlarni ham amalga oshirish.
GTIning xavfsizligi ustidan davlat nazoratini O‘zbekistonda 1999 yil 30 martdan buyon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarini texnik holati hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi («Davsuvxo‘jaliknazorat») olib boradi.
«Davsuvxo‘jaliknazorat» 1999 yil 30 martda tasdiqlangan va Vazirlar Mahkamasining 143-sonli qaroriga 2-ilova qilib berilgan Nizomining II qismiga muvofiq qo‘yidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- alohida muhim va katta suv xo‘jaligi obyektlarining, shu jumladan viloyatlararo suv chiqarish traktlari va qollektorlarining texnik holati va bexatar ishlashi;
- katta va yagona (alohida) inshootlarning texnik qayta jihozlanishi va ularning asbob uskunalarini yangilanishi;
- katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining qurilishi va rekonstruksiya qilishini loyihalashning ahvoli;
- katta va alohida suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli qo‘riqlanishini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
«Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi mazkur Nizomning 6-bandi muvofiq bir qator funksiya(vaqolat doirasidan kelib chiqadigan faoliyat)larga hamda 7-bandidan kelib chiqqan tarzda muayyan huquqlarga egadir. Lekin ushbu tashkilot barcha nazorat organlari singari ma’muriy jazo qo‘llash huquqiga ega emasdir. Shuning uchun ham uning GTIning xavfsizligini ta’minlashdagi boshqaruv mexanizmidagi ishtiroki yetarli darajada namoyon bo‘lmayapti va bu haqda biz mazkur bobning 5- paragrifida alohida to‘xtalib o‘tamiz.
GTIni hisobga olish va baholash(kadastri) 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan «Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq ravishda olib boriladi. Uni o‘tkazish davlat budjeti hisobidan «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi (I, II, III klass hamda davlat tasarrufidagi, respublika va regional suv xo‘jaligi hamda energetik tizimdagilarni), qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (IV, V klassdagilarni), Energetika va elektrlashtirish vazirligi (sohaga tegishililarni) tomonidan olib boriladi. Ushbu davlat idoralariga tegishli GTIni monitoringi(kuzatuvi)ni olib borish ham ularga topshi-rilgandir.
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 noyabrdagi 499-sonli qarorining 2-ilovasida keltirilgan «GTIning kadastrini olib borish tartibi»ga binoan, GTI kadastri- ular haqidagi ma’lumotlar va hujjatlar tizimidir. Kadastr obyekti bo‘lib davlat tasarrufida hamda respublika va regional suv xo‘jaligi va energetika tizimidagi inshootlar hisoblaniladi. GTI kadastrining asosiy maqsadi-ularning texnik holati, sifat va son ko‘rsatgichlari hamda foydalanish darajasini baholash va o‘rganish.
GTI kadastri maxsus reyestrlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va izlanishlarni olib borish orqali amalga oshiriladi. Uning umumiy va hususiy talablari davlat kadastrlarini olib borishga oid hujjatlarda o‘rnatilgandir.
GTIning ekspertizasi 2001 yil 30 aprelda tasdiqlangan «Foydalanilayotgan (ekspluatatsiya qilinayotgan) gidrotexnika inshootlarni texnik holatini ishonchliligi va xavfsiz ishlatilishini «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi tomonidan ekspertiza(inspektorlik tekshiruv)dan o‘tkazish tartibi» hamda Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd qilingan 499-sonli qarori 4-ilovasining 15-28-bandlariga muvofiq olib boriladi. Unda ekspertizani o‘tkazishni tashkil qilish, muddatlari va davriyligi hamda inspektor(lar)ning hulosasini berish tartibi belgilangan. Hulosa tekshiruv dalolatnomasida aks ettiriladi. Dalolatnoma shakli va mazmuni mazkur tartibning 1-ilovasida batafsil berilgan.
3. Gidrotexnik inshootlarning xavfsizligini ta’minlashga doir talablar
GTIning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunning 8-moddasi, sobiq ittifoq davrida qabul qilingan me’yoriy – texnik hujjatlar asosida quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
- GTI xavfining yo‘l qo‘yiladigan darajasini ta’minlash;
- GTIning xavfsizligi deklaratsiyalarini taqdim etish;
- GTIni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash;
- GTIdan foydalanishning uzluksizligi;
-GTIning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora–tadbirlarni amalga oshirish, jumladan ularning xavfsizligi mezonlarini belgilash;
-GTIning holatini doimiy nazorat qilish maqsadida ularni texnik vositalar bilan jihozlash va malakali xizmatni ta’minlash;
- GTIda favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelish xavfini eng ko‘p darajada kamaytirish bo‘yicha tadbirlar majmuini oldindan o‘tkazish;
GTIning xavfsizligi deklaratsiyasi qonunning 10-moddasi asosida 1999 yil 16 noyabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 499-sonli «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni amalga tadbiq qilish chora–tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasida keltirilgan «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini deklaratsiya qilish va xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi to‘g‘risidagi» tartibiga muvofiq ravishda olib boriladi. Unga binoan GTIni loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, undan foydalanish hamda ularni rekonstruksiyalash, kapital ta’mirlash, tiklash va konservatsiyalash mobaynida har bir tashkilot (yuridik shaxs) GTIning xavfsizligi deklaratsiyasini tuzadi.
GTI deklaratsiyasi I, II, III klassdagi davlat tasarrufidagi hamda respublika, regional suv xo‘jaligi va energetik tizimdagi inshootlar uchun majburiydir. Ularga IV va V klassdagi favqulodda hodisalar mobaynida o‘ta xavfli bo‘lgan inshootlar ham kiradi. Mazkur inshootlarning ro‘yxati «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi tomonidan keltiriladi va doimo yangilanib boriladi.
GTI deklaratsiyasida ularning xavfsizligi ko‘rsatichlari (mezonlari) loyihalash va qurilish me’yorlari asosida o‘rnatiladi. Ushbu deklaratsiya inshootni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tamonidan tuziladi. Loyihalanayotgan va qurilayotgan GTI deklaratsiyasi buyurtmachi deklarantlar tomonidan to‘ldiriladi. Deklaratsiya tuzish jarayoniga, shartnoma asosida, boshqa tashkilotlar yoki mutaxassislar ham jalb qilinishi mumkin.
GTI deklaratsiyasi 3 nusxada tuziladi va «Davsuvxo‘jaliknazorat» isnpeksiyasiga hamda viloyat hokimligiga taqdim etiladi. Bir nusxasi esa GTIni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotda qoladi.
GTI deklaratsiyasi - to‘liq va ma’lumotlarni to‘g‘riligi; xavfliligi, avariya holati va shikastlanish ssenariylari; qo‘llaniladigan xavfsizlik choralarining yo‘llari va usullari; xavflilik tahzlili; hisoblash va omillarni hisobga olishning to‘liqligi va aniqliligi; rejalanayotgan xavsizlik choralarining yetarli eqologik va ularni huquqiy – me’yoriy talablarga javob berishini inobtga olishi kerak bo‘ladi.
Deklaratsiya umumiy qabul qilingan yagona shaklda va sakkizta majburiy elementlarni qamrab olish talab etiladi. Ilova tariqasida GTIni tekshirilganligi haqidagi ma’lumotnoma, inshoot va uning atrofidagi tegra(zona)lar plani, suv omborlari kaskadi sxemasi, kanallarning chiziqli sxemasi, GTIning ko‘ndalang sxematik ko‘rinishlari, o‘lchov–nazorat asboblarini joylashtirish sxemasi, xavfsizlikka yo‘naltirilgan muhandislik–texnik va tashqiliy chora–tadbirlar rejasi beriladi.
GTI deklaratsiyasi deklarant tomonidan nazorat organlariga 5 yilda kamida bir martadan topshiriladi. Ko‘zda tutilmagan favqulodda holatlarda nazorat organlari yoki deklarantning tashabbusi bilan undan ham kamaytirilgan muddatlarda topshirilishi mumkin.
«Davsuvxo‘jaliknazorat» GTI deklaratsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishni, ularni qayta ishlab chiqishni talab etishi mumkin. GTIni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish uchun lizensiyalar olinadi. Lizensiya, ya’ni ruxsatnoma Vazirlar Mahkamasi va uning huzuridagi vazirlar va idoralar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Lekin, shu kungacha «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasiga bunday vaqolat berilmagan va tegishli boshqaruv mexanizmi yaratilmagandir.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling