«yurisprudensiya»


Suv xo‘jaligi tashkilotlarining gidrotexnik inshootlardan foydalanish qoidalari


Download 1.39 Mb.
bet53/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

4. Suv xo‘jaligi tashkilotlarining gidrotexnik inshootlardan foydalanish qoidalari
Suv xo‘jaligi tashkilotlarining GTIdan foydalanish qoidalari 1999 yilda «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi tomonidan tuzilgan va yuqorida sanab o‘tilgan qaror, yo‘riqnoma, qoida, nizomlarda o‘rnatilgan bo‘ladi. GTIdan foydalanuvchi tashkilotlarga-tasarrufi(balansi)da gidrotexnik inshoot bo‘lgan korxona, muassasa va tashkilot kiradi . Suv xo‘jaligi tashkilotlariga yirik kanallar tizimi, viloyatlarning gidrogeologiya– melioratsiya ekspeditsiyalari yoki qollektor–drenaj tizimi, yirik nasos stansiyalari yoki kaskadlar boshqarmalari, mashina kanallari, yirik gidrouzellar, suv omborlari boshqarmalari, tuman va viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari, viloyat nasos stansiyalari boshqarmalari, GTI qurilayotgan obyektlarni vaqtincha ishlatish boshqarmalari kiradi.
Suv xo‘jaligi tashkilotlarining GTIni ekspluatatsiya qilishning maqsadi ulardan oqilona, samarali va bexatar foydalanish orqali aholining suvga bo‘lgan talabini qondirishdir. Ushbu maqsadga erishmoq uchun suv xo‘jaligi tashkilotlariga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- tashkilot tasarrufidagi barcha GTIni bexatar ishlashi va soz holatini ta’minlash;
- suv manbalaridan rejaga muvofiq suvni olish va uni iste’molchiga yetkazish;
- suv sarfini nazorat qilib borish;
- inshootlar va uning qismlarini bexatar ishlashini nazorat qilib borish;
- maxsus tadqiqotlar o‘tkazish va kuzatishlar olib borish;
- davriy va joriy hisobotlarni tuzish;
- xavfsizlik deklaratsiyasini tuzish va tegishli idoralarga taqdim qilish;
- kadastr ishlarini olib borish;
- ishlab chiqarish, eqologik, texnologik va muhofaza qilish qoidalarini bajarilishini ta’minlash;
- zamonaviy informatsion, texnologik va boshqaruv tizimlarini joriy qilish;
- GTIning xavfsizligi to‘g‘risidagi normativ hujjatlarga muvofiq ularning texnik holati va o‘lchash ishlarini olib borish, tahlil qilish va umumlashtirish;
- inshootlar va qurilmalarni buzilish, shikastlanish va ishdan chiqish (avariya) holatlarini o‘z vaqtida aniqlash, texnik holatini qayta tiklash va yanada yaxshilash chora-tadbirlarini ko‘rish;
- sug‘orish tarmoqlaridan suvni behuda yo‘qolishiga qarshi va tarmoqdan olingan suvdan unumli foydalanishni ta’min etish;
- tarmoqlarning foydali ish koeffitsentini oshirish choralarini ko‘rish, bundan qo‘shimcha suv resurslarini hosil qilish maqsadida inshootlarni ishonchli va bexatar ishlashini ta’min etish hamda ularni qayta qurish va mustahkamalash;
- fan va texnika yutuqlarini suv xo‘jaligi amaliyotiga qo‘llash;
- ishlab chiqarish tadqiqotlarini va maxsus kuzatishlarni o‘tkazish, imkoniyat darajasida ularni hajmini kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- ta’minlash, qayta tiklash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash;
- inshootlarni ishlatish bo‘yicha texnik hujjatlarni yuritish, kundalik, har o‘n yoki o‘n besh kunlik, oylik, choraklik, yarim yillik, yillik hisobotlarni tuzish;
- GTIni kadastr ishlarini olib borish va hisobotini tuzish;
- asosiy va yordamchi inshootlarni qo‘riqlash, atrof muhitni muhofaza qilish;
- texnik va yong‘in xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalari bajarilishini ta’min etish;
- sug‘orish tarmoqlari va inshootlarini boshqarishga avtomatika va telemexanikani joriy qilish va hakazo.
Suv xo‘jaliga tashkilotlari GTIni ekspluatatsiya qilishda ularni bexatar ishlashini ta’minlash uchun amaldagi me’riy hujjatlarga binoan (Sug‘orish tizimlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, 1975; Sug‘orish uchun mo‘ljallangan suv omborlarini ekspluatatsiya qilishning yo‘riqnomasi, 1982; O‘zbekiston Respublikasida ichki xo‘jalik meliorativ tizim va ulardan inshootlarni texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash to‘g‘risidagi nizom, 1987; Ichki xo‘jalik suvdan foydalanish rejalarini tuzish va amalga oshirish Yo‘riqnomasi, 1989 va h.k.) faoliyat yurgazadilar. Subyektlarga GTIni xavfsiz holatda ishlashini ta’minlash uchun: suv xo‘jaligini boshqarishni yo‘lga qo‘yish, suvni o‘ta samarali darajada taqsimlash, doimiy nazoratni olib borish, texnik qarovni va jadal ta’mirlashni amalga oshirish, zamonaviy va mukammal texnik vositalardan foydalanish, hisobotlarni barcha yo‘nalishlar bo‘yicha olib borishni rejalashtirish (1-jadval).
Shunday qilib gidrotexnik inshootlaridan foydlanish va ularni ekspulatatsiya qilish mobayida Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunning XX bobi 78-82-moddalari hamda Gidrotexnika inshootlarning xavfsizligi to‘g‘isidagi qonunning 9-14-moddalariga binoan o‘z tasarufida, egaligida yoki foydalanishida bo‘lgan har bir shaxs ularning texnik holati, xavfsiz ishlashi, tevarak atrof obodonligi, suvlarni rejalar asosida taqsimlanishini, kutilmagan tabiiy va texnogen jarayonlarga qarshi kurashga tayyor bo‘lish talablarini belgilaydi. Ushbu talablarni bajarmaslik yoki o‘rnatilgan me’yoriy normalarga amal qilmaslikda aybdor bo‘lgan huquqbuzar shaxslar qonunda bo‘lgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling