«yurisprudensiya»


Xalqaro suv huquqi tushunchasi va tamoyillari


Download 1.39 Mb.
bet56/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

3. Xalqaro suv huquqi tushunchasi va tamoyillari
Suvga oid milliy miqyosdagi munosabatlarni tartibga solishda suv huquqidan tashqari, xalqaro suv me’yorlariga oid munosabatlar ham mavjud bo‘lib, ular davlatlararo suvga oid munosabatlari (bitimlar) bilan tartibga solinib turiladi.
Xalqaro suv huquqining muhim xususiyati bo‘lib, uning normativlari xalqaro normativ-huquqiy ahamiyatga egaligi ya’ni bu hujjatlarni-milliy, yani ichki davlat suv qonunchiligidan ustunligidadir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning «Xalqaro shartnomalar» bobida ta’kidlangan. Lekin, bu yerda yana ikki masalani ajratish shart. Birinchisi-suv munosabatlarini tartibga soluvchi har qanday xalqaro huquqiy hujjat yoki uning normasi milliy qonunchilik yoki uning normativlaridan ustivor bo‘la olmasligi, O‘zbekiston Respublikasida tan olinganlaridan tashqari. Yani, bu yerda so‘z faqatgina O‘zbekiston qushilgan suv munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro huquqiy hujjatlar to‘g‘risida boradi. Ikkinchisi-agar Markaziy Osiyo davlatlari Xalqaro huquqiy hujjatlarni milliy hujjatlardan ustunligini tan olishsa va bu davlatlar Monistik davlatlar deb atalsa, bunday holda Dualistik davlatlar ham mavjud, masalan, AqShda xalqaro va davlat huquqi, mutloq alohida soha hisoblanadi.
Dastlab xalqaro suv huquqi ikkita davlat hududini ajratib turuvchi daryolarda chegaraviy demarkatsiya munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan edi. Keyinchalik Xalqaro suv huquqi sohasiga daryolarda kemalar qatnovi ham kirib keldi, bundan tashqari suvni kemalar qatnovidan boshqa maqsadlarda ishlatish va oxirgi 10 yillikda suvning ifloslanishi muammolarini o‘z ichiga ola boshladi. Xalqaro suv resurslarini turli maqsadlarda ishlatish imkoniyati alohida yoki bir necha davlatlar tomonidan ishlatiladigan daryolar nomlanishi; «Xalqaro daryolar», «Xalqaro deb elon qilingan daryolar», «Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv yo‘llari» va boshqalarni «Xalqaro suv yig‘ish basseyni» tushunchasi foydasiga rad etish imkoniyatini beradi. Bu konsepsiya 50-yillarning oxirida Xalqaro huquq assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, 1966-yilda Xelsinki qonunlarida oydinlashtirildi. Keyinchalik bazi davlatlar tomonidan taqdim qilingan faktlar asosida Xalqaro suv yig‘ish basseyni yerlari har bir suveren davlat qismlaridan tashkil topadi, bu konsepsiya BMTning xalqaro huquq komissiyasi tomonidan «Umumiy oxirgi punktga quyiladigan fizik kuchiga bog‘liq bo‘lgan yagona butun oqimni tashkil qiluvchi yer yuzasi va yer osti katlamlari suvlari» manosini anglatuvchi «Xalqaro suv huquqi» tushunchasiga almashtirildi. Yuridik adabiyotda Xalqaro suv huquqining ko‘plab tariflari mavjud, bizningcha professor D.A.Kaponer bergan tushuncha maqulroq bo‘lib ko‘rinadi; «Xalqaro suv huquqi- Xalqaro ijtimoiy huquqning bir qismi bo‘lib, xalqaro suv resurslari sohasida davlatlararo va millatlararo tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi».
Yuridik adabiyotda va xalqaro huquq hujjatlarida xalqaro suv huquqi tushunchasidan tashqari Xalqaro dengiz tushunchasi xam mavjud. Bu ikki tushuncha suv bilan bevosita bog‘liqligiga qaramasdan huquqiy tartibga solish obektida muayyan farqlar mavjud. Agarda xalqaro suv huquqi obyekti bo‘lib daryolar, kullar, kanallar, suv omborlari va boshqa chegaralararo suvlar xizmat qilsa, Xalqaro dengiz huquqi obyekti bo‘lib, dengiz va okeanlar hisoblanadi. Xalqaro dengiz huquqi Xalqaro huquqning kadimiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, dengiz, okeanlar va ularning resurslaridan foydalanish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan davlatlararo va boshqa qatnashchilar o‘rtasidagi dengiz hududlari huquqiy rejimi va tartibga solish munosabatlarini aniqlashtiruvchi xalqaro huquqiy tamoyillar va normalar huquqiy munosabatlarining yigindisi bo‘lib hisoblanadi. Suvdan foydalanish va uni muhofaza kilish soxasida davlatlar xamkorligining asosi bulib, Xalqaro huquqiy tartibga solinganligi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda suv munosabatlarini tartibga solishga karatilgan yuzlab, balki minglab Xalqaro huquqiy aktlari mavjud. Daryolar, kullar, kanallar, suv omborlarini ishlatish va ximoya kilish buyicha suv munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy Xalqaro huquqiy aktlarga kuyidagilar kiradi. Jumladan:
1966 yil Xelsinkida imzolangan « Xalqaro daryo suvlaridan foydalanish normativ qoidalari» va BMT mikyosida 1992 yil 17 martda Xelsinkida kabul kilingan «Chegaralararo suv okimlari va davlatlararo daryolardan foydalanish va muhofaza kilish konvensiyasi».
Xalqaro daryolar suvlaridan foydalanish normativ-huquqiy hujjatlarining muhim tomoni, Xalqaro suv huquqi bazasida, Xalqaro suv yigish basseyni suvlaridan foydalanish me’yorlariga utilganligi hisoblanadi.
Konunning 2- moddasida «Xalqaro suv yigish basseyni» ma’nosi ostida umumiy oxirgi punktga kuyiluvchi yuzaki va yer osti suvlarini uz ichiga olgan suv taksimlash sistemasi suvlari limiti bilan aniklanadigan ikki yoki undan ortik davlatlar geografik xududlari tushuniladi.M; Markaziy Osiyoda bunday Xalqaro suv yigish basseyni bulib, Orol dengizi basseyni xisoblanadi. Konunning 3- moddasiga kura «Basseynli davlat» ma’nosi ostida hududi Xalqaro suv yigish basseyning bir kismi bulib xisoblanuvchi davlat tushuniladi. Ya’ni, Orol dengizi basseyni misolida - bu istalgan yoki xar bir 5, Afgoniston bilan oltita basseynli davlatlardir. Konunning 4- moddasida basseynning xar bir davlati Xalqaro suv yigish basseyni suvini uz xududida aqliy va teng huquqli samarali foydalanishda katnashishlari talabnoma asosida mustaxkamlangan. Bundan tashkari Konunning 6- va 7- moddalarida foy-dalanish yoki foydalanish kategoriyalari boshka istalgan foydalanish yoki foydalanish kategoriyalaridan afzal kurish huquqini bermasligi ta’kidlanadi. Basseyn davlati esa, boshka davlatning foydasiga kelajakda ushbu basseyn suvlaridan foydalanish uchun mavjud bulgan Xalqaro suv yigish basseyni suvlaridan akliy foydalanish huquqidan maxrum bulmasligi kerak.
Chegaralararo suv okimlari va Xalqaro daryolardan foydalanish va ximoya kilish konvensiyasida «Chegaralararo suvlar» tushunchasi ochib berilgan.
«Chegaralararo suvlar» ma’nosi ostida , istalgan yuzaki va yer osti suvlari, kaysiki ikki yoki undan ortik davlatlar chegaralarini kesib utuvchi, belgilovchi yoki shunday chegaralarda joylashgan suvlar tushuniladi; chegaralararo suvlar , bevosita dengizga kuyiladigan xollarda bunday chegaralararo suvlarning chegarasi ular kirgoklari urtasida tortilgan tugri chizik bilan belgilanadi. Mavjud konvensiyada kursatilgan ulchovlardan foydalanishda kuyidagi tamoyillarga asoslanish taklif kilinadi:
a)Tomonlar xamkorligi , teng huquqlilik va uzarolik, jumladan; kelishilgan siyosat, programmalar va strategiyalarni ishlab chikarish maksadida ikki tomonlama va kup tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish lozim;
b)Suv resurslarini boshkarish shunday amalga oshiriladiki , xozirgi avlodning talab darajasi kelgusi avlodning va uzining talablariga ziyon yetkazmasligi kerak;
v)Mavjud konvensiyani ishlatish na ekologik sharoitni yomonlashishiga, na chegaralararo ta’sirning kuchayishiga olib kelmasligi kerak;
g)Chegaralararo ta’sirning kuchayishiga karshi xavfli moddalar tarkalishining oldini olish;
d)«Ifloslantiruvchi tulaydi», ifloslanishni oldini olish, chegaralash va ifloslanishni qisqartirish buyicha bo‘ladigan xarajatlarni ifloslantiruvchi koplaydi.
g)Mazkur konvensiya koidasi tomonlarning konvensiyada kursatilgandan tashkari, nisbatan qattiqroq choralar kullash va tasdiklash huquqini yakka yoki kushma ( xamkorlikda) tartibda xal kilishga karshilik kilmaydi.
Suvdan foydalanish va muhofaza qilish buyicha kelishmovchiliklar vujudga kelganda konvensiyaga muvofiq arbitraj muxokamasiga kuyiladi. Arbitraj sudi 3 ta a’zodan tashkil topadi; da’vogar va javobgar tomonlardan bittadan vakil va 3-si (rais), ikkala tomonning o‘zaro roziligi bilan tayinlanadi.
Konvensiyada chegaralararo suvdan foydalanish va ximoya kilishni tartibga solish huquqini berishga karatilgan muhim umumiy majburiyatlar koidalari urnatilgan.
Chegaralararo suv haqidagi ushbu tushuncha Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan qo‘lanilishi ham muhim. Chunki, ushbu sub mintaqadagi xar bir davlatlarning xududida yer yuzi va yer osti suvlarining juda kup kismi chegaralararo bulib xisoblanadi. M; Uzbekistonda xozirda 200 ga yakin suv omborlari chegaralararo bulib xisoblanadi, ya’ni Respublika territoriyasidagi xamma suvlarning 85% tashkil kiladi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki , mavjud BMT normalari yukorida tilga olingan 5 davlatdan 4 tasi uchun umummajburiy xisoblanmaydi. Bugungi kunda ushbu huquqiy aktga fakatgina Kozogiston Respublikasi ko‘shilgan. Bu vokea 2000 yilning 23 oktyabrida sodir bo‘ldi.
MDHga kiruvchi Markaziy Osiyoning qolgan 4 ta davlati uchun ushbu konvensiyaning talablari faqatgina ko‘satmaviy xarakterga ega.
Yukorida kursatilganlardan tashkari , Xalqaro suv huquqida ma’lum ijobiy rolni «Suv siyosati soxasida umumiy xarakatlanish struturasini belgilovchi Yevropa xamjixatlik kengashi direktivasi» uynaydi. (1996), bunda Xalqaro suv huquqi tushunchasida ko‘proq ishlatiladigan juda kimmatli tushunchalar mavjud. Ular jumlasiga kuyidagilar kiradi; «yer yuzi suvlari», «yer osti suvlari», «kirg‘oq suvlari», «ekologik xolat», «ifloslanish» va boshqalar.
Bundan tashkari, direktivalarda Xalqaro suv huquqi ma’nosini ochib beruvchi; «Inson faoliyati bilan keltirilgan umumiy ekologik zarar» (6-modda), «Daryo basseyni uchastkasi mikyosida suvdan foydalanishning ekologik analizi» (7-modda), «Yuzaki va yer osti suvlari xolatining monitoringi» (10-modda), «Suvdan foydalanish uchun tulov» (12-modda), «Omma bilan axborot almashinuv va maslaxatlashish» (17-modda), va boshkalar kabi mustakil bo‘limlari mavjud.
Suv huquqining fundamental tamoyillari va asosiy jarayon qoidalari BMT ning oqava suv konvensiyasida belgilangan(1997). Ushbu Xalqaro huquqiy hujjatning asosan Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan amaliy kullanilishi, uning bitta suv basseyniga kiruvchi xar bir davlatning huquq va majburiyatlarini aniklashda bosh va muhim axamiyatni kasb etadi. Konvensiya 1997 yil 21 mayda 104 ta davlat , BMT a’zolari tomonidan kullab kuvvatlangan xolda BMT ning General Assambleyasi karoriga asosan kabul qilingan.
Dunyo davlatlari olimlari va mutaxassislari tomonidan Xalqaro suv huquqi soxasi ilmiy va huquqiy rivojlantirilmoqda. Bu ma’lumotlar istalgan davlatda 2 ta aspekt buyicha kullanilishi mumkin; Birinchisi, ma’lum Xalqaro huquqiy hujjatlarda tegishli bo‘lgan va uning talablarini bajarishga majbur bulgan davlatlar va ikkinchi, mavjud Xalqaro huquqiy aktlarga qo‘shilmagan va uning talablarini bajarishga majbur bo‘lmagan davlat.
Xalqaro umumiy amaliyot shuni ko‘rsatadiki, har bir davlat uchun birinchi qarashda juda muhim bo‘lgan istalgan huquqiy aktni imzolash va unga qushilish, qoida tariqasida o‘zaro siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa sabablarga bog‘liq.
Ammo yildan yilga dunyoda yuz berayotgan ekologik, iqlimiy, demografik va siyosiy jarayonlar siyosatchilarni suv muammolarini hal qilish buyicha davlatlararo dialoglarga qatnashishga undayapdi.
Butun ittifoq suv kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda du-nyoning 26 davlatida 300 millionga yaqin odam suv tankisligi tufayli qiy-nalmoqda. 2050 yilga kelib sayyora axolisining 66 davlatida yashovchi 3 dan 2 kismi suvning tanqisligi bilan tuknash keladi. Bir milliarddan ortiq odamlar doimiy ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan va 2 milliarddan ortiq odamlar og‘ir sanitariya sharoitlarida yashaydi.
Ushbu vaziyat sayyora aholisining har yili taxminan 80 million odamga ko‘payishi va suv ishlatilishining oxirgi 10 yilda axoliga nisbatan 2 barobar tezroq ishlatilishining xisobiga chuqurlashib boraveradi. YUNЕSKO ma’lumotiga ko‘ra shuni taxmin kilish mumkinki 2025 yilga kelib Markaziy Osiyoda axoli soni 60-70 milliontani tashkil qiladi, ulardan 50-60 millionta odam Orol dengizi basseynidan . Suv tanqisligi, shuningdek insonlar yashash sharoitining o‘sishi, qishloq xujaligi maxsulotlarini maksimal miqdorini olishga intilishi, yer yuzasiga tushuvchi yog‘ingarchiliklar taqsimlanishining o‘zgarishi va boshqa faktorlarga bog‘liq.
Hozirgi kunda ichimlik suviga talab ko‘p jihatdan axoli turmush tarzining o‘sishiga bog‘liq. Masalan, Tunis hududida yashovchilar juda kamtarona xayot kechirishadi., ular 1 kunda tax. 20 litr suvni sarflashadi. Yashash sharoitining yaxshilanishi bilan birga ichimlik suvining sarflanishi tez suratlarda usib boradi. Yevropada ichimlik suvining sanoat soxasida 1 kunda o‘rtacha 200-300 litr ishlatilishi xar bir odamning minimal sarfidan 10, 15 marotaba ko‘pdir. Shimoliy Amerikada jon boshiga 1 kunda 500 litrgacha suv sarflanishi to‘g‘ri keladi. Xar bir odamning suvni is’temol qilishi uning ovqatlanishiga bog‘liq. Bundan tashqari, Xalqaro iqlim o‘zgarishi Ko‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra hozirdanoq iqlim o‘zgarishlari kuzatilmokda va bu xolat kuchayib boraveradi. Kirg‘okchilik va suv toshqinlari kabi xolatlar tez-tez uchrashi va kuchliroq bo‘lishi ta’kidlanadi. Bu esa o‘z navbatida ichimlik suvi bilan ta’minlanishining muntazamiyligini qiyinlashtiradi.
XXI asrning boshiga kelib suvga bog‘liq bo‘lgan muammolar ko‘proq chul zonalari iqlimtga ega bo‘lgan, xamda yog‘in sochin kam bo‘lishi va yer osti suvlarining pasayib ketishi bilan harakterlanuvchi yaqin va O‘rta Sharkda ko‘zatiladi. Shu bilan birga mintaqalarga aholining juda tez o‘sishi va muammolarni kuch bilan hal qilish odati harakterlidir.
Osiyoda Ganga daryosining Xindiston va Bangladesh o‘rtasida bo‘linishi, hamda Xin daryosining Xindiston va Pokiston o‘rtasida bo‘linishi doimiy ziddiyatli munosabatlarning sababi bo‘lib hisoblanadi. Bu holat Xindiston va Pokiston o‘rtasida 60-yilda, Xindiston va Bangladesh o‘rtasida 1996 yilda, qabul qilingan kelishuv shartnomasi ishlab kelayotganiga qaramay ko‘zatilmoqda.
Xindixitoyda Mekong daryosi suvlari uchun Xitoy, Laos, Kambodja, Vetnam, va Tailandlar o‘rtasida ziddiyatlar o‘sib bormoqda. Tailandda suv ombori va suv oqava kanallarini yaratish rejasi 60 million odamning hayotiy kenglik xolatiga ta’sir qiladi.
Afrikada doimiy tortishuvlar obyekti bo‘lib, suvlardan 10 ta davlat 1-navbatda Misr, Efiopiya o‘zining o‘sib boruvchi aholisini unchalik katta bo‘lmagan suv omborlari sistemasi yordamida suv bilan ta’minlashga harakat qilmoqda. Misr esa Sudan tomonidan 1959 yilgi shartnomasida mustahkamlangan kvotalarning bajarilishini talab kilmoqda. Hozirda aholisi 68,5 mln odamni tashkil qiluvchi Misr 2025 yilga kelib 100 mlnlik belgidan oshishi kutilmoqda.
1997 yilgi BMT tomonidan o‘tkazilgan izlanishlar shuni kursatadiki, 18 ta davlat axolisi Butunjaxon tashkiloti tomonidan belgilangan va 1 ta odamga 1 yilda ming kubometr suvni tashkil kiluvchi minimumdan xam kamrok suv oladi va bunday davlatlar soni usib borayotgani aniklandi.
Marokashdan Saudiya Arabistonigacha bo‘lgan Shimoliy Afrikaning ko‘pgina davlatlari minimal suv xarajatining yarmiga xam ega bulmaganligi tufayli mutloq suv tanqisligi buyicha ekstremal xolatda turadi. BMT ma’lumotiga kura aholi jon boshi hisobiga 1 yilda 500 kubometrdan kamroq suv ishlatilsa bunday xolat suvning mutloq tanqisligi holati bo‘lib hisoblanadi. Agarda bu ko‘rsatgich aholi jon boshiga 500-1000 kubometrni tashkil kilsa bunday xolat suvning surunkali tankisligi xolati bulib xisoblanadi. Ko‘rsatgichning 100-1700 kubometrni tashkil qilishi «Suv karaxtligi» , 1700 kubometrdan ortiq bo‘lishi suvning nisbatan yetarli xolati bo‘lib hisoblanadi.
2000 yilda aholi jon boshiga 1700 kubometrdan kamroq suv to‘g‘ri kelgan davlatlarda 450 mlnga yaqin odam yashagan bo‘lsa 2025 yilga kelib bunday davlatlardagi aholining soni tax 3 mlyard odamni tashkil kiladi .
Markaziy Osiyoning gullab yashnashi ko‘p jihatdan Pomir, Tyanshan va Oltoy tog‘li ekotizimi hududlaridan paydo bo‘luvchi daryolarga bog‘liqdir. Yuqori tog‘ tizmalari ko‘proq Atlantik okeandan havo oqimlari bilan keluvchi atmosferaning yuqori qatlamlaridagi namliklarni o‘shlab, ichimlik suvining eng katta (gigant) akkumlyatorlari bo‘lib hisoblanadi. Biroq, Markaziy Osiyo tog‘larida o‘rmonlarning kamayishi, hamda erroziya oqibatlarida degradatsiya jarayonlari kuchayib bormoqda. Pomir va Oltoy muzliklari 1957 yildan 2000 yilga qadar muz zahiralarining 25% ni yo‘qotdi va bu jarayon muntazam rivojlanib bormoqda. Azaldan odamlarning joylashishi va ularning xo‘jalik faoliyati suv resurslarining joylashishiga bog‘liq bo‘lgan. Markaziy Osiyoning yirik daryolariga; Sirdaryo va Amudaryo (Kozog‘iston , qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston), Chuv va Talas (Kirg‘iziston va Kozog‘iston), Irtish (XXR, Koz, Rossiya), Ural , Ishim, Tobol (Koz ,Rossiya). Tabiiy suv havzalari, xamda yirik suv omborlari muhim axamiyatga ega. Suv havzaning yuqori tog‘li qismlarida umumiy maydoni 4 ming km kv bo‘lgan 4000 dan ziyod katta va kichik muzliklar mavjud. Orol dengizi havzanining yuqori qismida tartibga solingan oqimning yig‘indiviy xajmi 30 milliard metr kubga yetishini ta’minlovchi 10 dan ortiq yirik suv omborlari ishlab turibdi. Ichimlik suvining anchagina qismi (17-20 km kub) 300 metrdan ortiq balandlikda joylashgan 1911 yildagi yer qimrlashi oqibatida Tojikistonning Pomir tog‘larida hosil bo‘lgan Sares ko‘lida saqlanadi. Bugungi kunda ushbu ko‘l jiddiy xavfni to‘g‘dirmoqda. Tabiiy to‘g‘onning buzilib ketishi sodir bo‘lsa, Farg‘ona vodiysi aholisi uchun ko‘plab odamlar hayoti va katta moddiy zarar kurinishidagi halokat xavf solishi mumkin.
Markaziy Osiyo hududida joylashgan to‘g‘on va kanallarning davomiyli ishlatilishi va ularning ta’mirlanishi uchun mablag‘larning yetishmasligi oqibatida suvning qurib ketishi xavfi mavjuddir.
Aholi o‘sishi va iqtisodning rivoji suvga bo‘lgan talabning oshishiga sabab bo‘ldi. Markaziy Osiyo davlatlarida yuzaki va yer osti qatlami suvlarining xar yili olinishi, suv zahiralarining 20 % dan (qozog‘iston, Kirg‘iziston, Tojikiston), 80-90 % gacha (O‘zbekiston, Turkmaniston) bo‘lgan ko‘rsatgichlarni tashkil qiladi. Bugungi kunda talablarni qondirish asosan ekosistema hisobiga oshiriladi, lekin suv tanqisligi hozirdanoq ijtimoiy, iqtisodiy holatga o‘zining negativ ta’sirini o‘tkazmoqda. Masalan, Oxirgi bir necha yillar davomida Amudaryoning kuyi qismlarida
O‘z navbatida talab darajasidan past bo‘lgan suv olish buyicha keli-shilgan limitning suv bilan ta’minlanish darajasi 50 % dan kamroqni tashkil etmoqda. Kelajakda bu tanqislik Markaziy Osiyoda aholi sonining o‘sishi va kirg‘oqchilik jarayonlarining o‘sishi hisobiga ko‘payib boraveradi.
Suv resurslarining hududlar va yil fasllari buyicha noto‘g‘ri taqsimlanishi va iqlimning quruqligi sub regionda suvdan foydalanish rejimiga qo‘shimcha talablar kiritilishini talab etadi. Energetik va Irrigatsion qiziqishlarning balanslashmaganligi , fasliy suv sarflanishining notekisligi, suvdan foydalanuvchilar va davlatlar o‘rtasida tushunmovchiliklarning o‘sishiga olib keladi. Ichimlik suviga boy bo‘lgan Kirg‘iziston va Tojikiston mavjud munosabatlar bo‘la turib ular davlati hududida suv resurslarining borligidan nafaqat ushbu sub region , balki global muvozanatni ushlab turish uchun muhim bo‘lgan holatga qaramasdan iqtisodiy foyda olishni kuzlaydilar. Afg‘oniston ham Orol dengizi havzanining yirik istemolchilaridan biri bo‘lib hisoblanadi va hozirdanoq ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun o‘zining ulushini ko‘paytirish masalasini oldinga surmoqda. Bu ham ushbu sub regionda suvning haqqoniy bo‘linishi munosabatlarini tartibga solish masalasiga ko‘shimcha talablar kiritilishini taqozo etadi. Sub regionda Markaziy Osiyoga Sibir irmoqlarining bir qismini olib o‘tish buyicha keng muhokamasi qayta ko‘tarildi, hamda Turkmanistonda yirik su’niy dengiz «qoraqum ko‘lining oltin asri» dengizini xosil qilish buyicha yangi tortishuvlar to‘lqini rivojlanmoqda. Muhokama tavsifi regional va sub regional darajasida ushbu masalaga ekspert tashkilotlar, qiziquvchi tomonlarni jalb qilib mavjud tizimni mukammallashtirishga qaratilgan. Ekspert xulosasiga ko‘ra sub regionda suv resurslarini iqtisodiyotning hamma tarmoqlarida 1-o‘rinda yerlarni sug‘orishda ishlatish samaradorligi yetarli emas deb topildi. Suvni yo‘qotishning asosiy sababi boshqarishning nosamaraviy va eskirgan texnologiyalar buyicha olib borilishi hisoblanadi. Ekspertlarning baholashicha, bu yo‘qotishlar umumiy suv yetkazib berish hajmining 37 % tashkil qiladi. Markaziy Osiyodagi aholining jon boshiga nisbatan suv ishlatish darajasi rivojlangan davlatlarga nisbatan o‘rtacha ikki baravarni tashkil qiladi. Bu holat aholining xo‘jalik-ichimlik ehtiyojining yetarli bo‘lmagan sharoitini; shaharlarda 62-90% va qishloqlarda 70-76% ni o‘z ichiga oladi. Toza suv yetishmovchiligi muammosini hozirgi va avvalgi ifloslanishlar chuqurlashtiradi. Sirdaryo daryosining Moylisuv daryosi havzasidan oqib keluvchi radiaktiv chiqindilar va turli tashlanuvchi chiqindilar hisobiga jiddiy ifloslanish xavfi mavjud. Ifloslanish buyicha katta muammoni, shuningdek Pestitsitlar va mineral o‘g‘itlar tashkil qiladi.
Sub regionda aholini ichimlik suvi bilan taminlash yildan yilga yaqinlashib bormoqda, Kozg‘istonda 4 mln.ga yaqin odam maishiy suvi bilan ta’minlanmagan. Shaharning 14% va qishloqning 27% aholisi xavfsiz ichimlik suviga ega emas. 16,5 % aholi esa ichimlik suvi maqsadida ochiq suv havzalaridan foydalanadi. Tojikistonda 40% ga yaqin aholi ochiq suvmanbalaridan foydalanadi. Suvdan foydalanish huquqi tariflarining o‘sishi, narhlarning aniq emasligi va umumiy nazorat mexanizmlarining yo‘qligi, qo‘shimcha ijtimoiy tanqislikning o‘sishiga olib keladi.
Suv Markaziy Osiyo davlatlarining gullab yashnashi uchun muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Odamlarning yashash sharoitlari, sub regionning kelajakdagi rivojlanishi ko‘p jihatdan toza suvning mavjudligi bilan belgilanadi. Bu davlatlarni suv havzalarining ekotizimlari birlashtiradi. Bir davlatdagi suvdan foydalanish rejimining o‘zgarishi boshqa davlatlarning qiziqishlariga ta’sir qilmay qolmaydi. Markaziy Osiyo suv havzalarini boshqarishning umumiy sxemasi tabiatning o‘ziga asoslangan bo‘lib, hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish va rivojlantirishni talab qiladi.
Moddiy manbalarninig yetishmovchiligi qat’iy boshqarish tizimining kiritilishiga qarshi muammolar to‘g‘dirmoqda. Omma huquqlarini himoya qiluvchi, ayni paytda o‘zluksiz qayta tashkillashtirish va shtatlar qisqarishini boshidan kechirayotgan vazirliklarning cheklangan imkoniyatlari, hamda mahalliy uyushmalar fikrlarini himoya qiluvchi fuqarolik jamiyatlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining sustligi, boshqaruv buyicha ko‘rsatmalarini amaliyotda qo‘llashga qarshilik qilmoqda.
Atrof-muhitni himoya qilish muammolari buyicha o‘tkazilayotgan Xalqaro konferensiyalar, uchrashuvlarda hal qilinish jarayonlari hamkorliksiz bitmasligini ko‘rsamoqda. Hamkorlik o‘z ma’nosi bilan davlatlararo, ijtimoiy, Xalqaro tashkilotlar, biznes, investor va ijrochilar o‘rtasidagi qarorlarning yangi shakli bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, hamkorlik asosi bo‘lib, umumiy maqsadlar xizmat qilishi kerak. Bu maqsadlar milliy va sub regional ustunlikka ega bo‘lishi hamda, ekologiya, suv va mukammal rivojlanish buyicha Markaziy Osiyoda avvaldan qabul qilingan majburiyatlarga to‘g‘ri kelishi kerak. Bundan tashqari bu maqsadlar miqdoriy indikatorlar va ularga yetishish asnosida vaqtinchalik chegaralarga ega bo‘lishi kerak.
Ekologik muammolarni hal qilish va hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida Orxus konvensiyasi muhim rol uynashi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi ham bu konvensiyaga qo‘shilib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida 5-teng huquqli a’zosi bo‘lishigagina umid qilinishi qoldi. Shu bilan birga ijtimoiy tashkilotlar roli va ularning amalga oshirayotgan ekologik programmalarida ishtirok etishlari sustligicha kolmokda. Bu holat nodavlat notijorat tashkilotlarning yetarli bo‘lmagan moddiy manbalar, moliyaviy va texnik ba’zalarining barqaror emasligi, hamda davlat organlarining bu tashkilotlarni teng huquqli hamkorlik sifatida qabul qilishga tayyor emasligi tufayli kelib chiqmoqda.
Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy chegaralanishi hamda, bu chegaralanishning subregion va jahon ommasi o‘rtasida bo‘lishi, ham o‘zining, ham jahon ommasining imkoniyatlarini maksimal ishlatish uchun tusqinlik qilib turibdi. Tabiiy resurslarni samarali ishlatishda, atrof-muhitni himoya qilishda va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda qatnashuvchi har bir davlat va sub region muammolarni hal qilish uchun, davlatlararo va sub regional hamkorlikning yangi chegaraviy doiralarini ishlab chiqish kerak. Bunga asos bo‘lib, ko‘p tomonlama kelishuvlar va umumiy maqsadlarni yoritib beruvchi, hamda ularga yetishish mexanizmlarini ishlab chiqish uchun rag‘batlantirish, monitoring va ja-vobgarlikni o‘z ichiga olgan jarayonlarning hamma qatnashchilari-davlatlar, donorlar, biznes va fuqarolik sektorlari o‘rtasidagi umumiy dastur xizmat qilishi mumkin.
Butunjahon mukammal rivojlanish sammitga tayyorgarlik doirasida qabul qilingan karorlar (Ming yillik sammiti, Monterrey, Doxa, Yohannesburg deklaratsiyasi, hamda Yevropa suv boshqaruvi) davlatlar va regonlar o‘rtasida amaldagi boshqaruv va hamkorlik hamda, davlatlar, Xalqaro tashkilotlar, donorlar, asosiy guruhlar, qiyin va ko‘p faktorli muammolarni hal qilish uchun ma’muriy va sektoral barer chegaralaridan chiqish huquqini beruvchi sistema tamoyillariga asoslangan yangi munosabatlarga asos soldi. Monterreyda (rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarni o‘z ichiga oluvchi global shartnoma) tuzilishi taklif qilingan. Oxirgi un yillikda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ma’lum siyosiy, iqtisodiy va ekologik imkoniyatlar yaratildi. Bu yunalishda muhim rolni O‘zbekiston Respublikasi uynagan va uynamoqda. Davlat boshliqlari o‘rtasida bir qator muhim qarorlar qabul qilingan, sub regional tashkilotlar yaratilgan, hamda hamkorlikda yaratilgan dastur va chizmalar boshlab yuborilgan. Subregion davlatlari regional va Xalqaro dasturlar buyicha hamkorlikni aktiv rivojlantirmoqda, hamda Xalqaro va regional tashkilotlar, asosiy ko‘p tomonlama ekologik kelishuv a’zolari bo‘lib hisoblanadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling