«yurisprudensiya»


Davlatlararo suv nizolarini hal etishda halqaro suv huquqining roli


Download 1.39 Mb.
bet58/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

5. Davlatlararo suv nizolarini hal etishda halqaro suv huquqining roli
Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishganlaridan keyin transchegaraviy suvlardan foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik sohasining davlatlararo huquqiy va isntitutsional bazasini yaratish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ravishda asta-sekin o‘zlarining iqtisodiy–ijtimoiy rivojlanish dasturlariga mos ravishda suvdan foydalanish bilan bog‘liq o‘z manfaatlariga tayana boshladilar. O‘zbekiston asosan suv resurslaridan sug‘orish maqsadlarida foydalanishda manfaatdor bo‘lsa, qirg‘iziston esa o‘z energiya resurslarini suv orqali ta’minlash maqsadlariga asosiy e’tiborini qaratadi. qozog‘iston maishiy suv ta’minoti uchun zarur bo‘lgan Sirdaryo deltasi suvining sifati to‘g‘risida qayg‘uradi. Sirdaryo va Amudaryo turli davlatlarning o‘z manfaalari doirasida yondoshishlari vaqt o‘tish bilan davlatlararo nizoli ho-latlarning yuzaga kelishga olib keldi.
Bunday nizo masalan qirg‘iziston hududidagi Sirdaryoning yuqori oqili bo‘lgan Norin daryosida joylashgan To‘xtagul suv omboriga nisbatan yuzaga kelgan.
Markaziy Osiyoda transchegaraviy suvlardan foydalanishni tahlil qilib yozgan hisobotida professor D.A.Kaponera O‘zbekistondagi Buxoro va qarshi suvlarini Amudaryoga qayta oqizish irrigatsiya texnikasida ham nizoli holatga o‘xshash vaziyat yuzaga kelishni qayd etgan edi. Bu suvlar o‘z oqimi bo‘yicha pastroqda joylashgan Turkmaniston va O‘zbekistonnning boshqa hududlariga ya’ni suvdan foydalanishga zarar yetkazmoqda.
Transchegaraviy suvlardan foydalanish borasidagi nizoli holatlar yuzaga kelishini unchalik chuqur bog‘liq qilmay turib ham asosiy sababi sifatida suvning yetishmasligi bilan bog‘lash mumkin.
Suv yetishmasligi yuzaga kelishining 2 ta asosiy shaklini farqlashimiz mumkin:
A) suv obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq, Suv obyektlaridan siyosiy chegaralar o‘tgan joyda jamoalar, mintaqalar va davlatlar o‘rtasida nizoli holatlar yuzaga kelishi;
B) tabiiy – iqlim sharoitlari o‘zgarishi natijasida suv resurslarini sekin-asta qisqarishi bilan bog‘liq. Yetishmaslikning bu shakli jamoat tomonidan unchalik jiddiy qabul qilinayotgani yo‘q.
qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishning samarasini oshirish – bu zamonaviy texnika bog‘liq bo‘lib, mavjud vazifani jiddiy tarzda yanada yaxshilaydi. Butun dunyodagi chuchuk suvlarining 87 % qishloq xo‘jaligida sug‘orish maqsadlari uchun ketmoqda va bu iste’molga yaroqli mahsulotlarning 40% beradi. Masalan: donli mahsulotlarning yetishish uchun 1000 baravar suv ketadi ya’ni bir kilogramm donni tayyorlashgacha 1000 litr suv ishlatiladi.
Suvdan foydalanish halqaro institutining o‘tkazgan tadqiqoti natijalariga ko‘ra 2025 yilga qadar suvga bo‘lgan qo‘shimcha extiyojning 50% qishloq xo‘jaligida sug‘orish maqsadlari uchun zamonaviy texnologiyani qo‘llash orqali qoplanish mumkin ekan. Samarali texnologiyalarni qo‘llashga tomchilab sug‘orish usuli, sug‘orish shakllarining qoplanishi, sepuvchi vositalarni mukammallashtirish shunga sug‘orish va foydalanilgan suvni kompyuterda hisoblash kabilar kiradi.
Isroil davlati zamonaviy sug‘orish texnika sohasidagi o‘z yutuqlariga tayanib bir gektar yerni sug‘orish uchun ketadigan 10000 kub metr suvni 6000 kub metrgacha qisqartirishga ya’ni bu bilan 40% suvni tejab qolishga erishdi.
Tabiiy yo‘l bilan keladigan suvni to‘plashning eng qadimiy usuli bu to‘g‘onlar qurishdir. To‘g‘onlar yordamida yog‘ingarchilik paytida oqib ketadigan ortiqcha suv qurg‘oqchilik mavsumi uchun saqlab qolinadi qo‘pgina kichik va 40000ga yaqin katta (15 metr va undan baland) to‘g‘onlar butun dunyoda sug‘orish va elektenergiyasi ishlab chiqarish maqsadlariga xizmat qilmoqda. Yaqinlashib kelayotgan 30 yillik muddat ichida suv omborlarining hajmi 10% o‘sishi kutilmoqda. Biroq ayni shu vaqt ichida yer shari aholisini yana 45% ga o‘sishi, suv omborlarining bu tarizda oshishi ham suvga bo‘lgan talabni to‘liq qondirilmasligi faqat qisman ehtiyojlarni qondirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Suvning mavjud zahiralarini boshqarish maqsadida uni boshqa joyga oqizish amaliyoti qadimgi rimliklar davridayoq qo‘llanilgan edi. Bu boradagi XX asrning yirik loyihalari qisman ekologik ammo asosan iqtisodiy va siyosiy sabablarga ko‘ra amalga oshirilmadi. Suvlarni boshqa joylarga oqizish yo‘li bilan ko‘chirishning bir qancha yirik loyihalari mavjud. Sibir daryolarini O‘rta Osiyoga bo‘rish loyihasi barchamizga yaxshi ma’lum.
Bir vaqtning o‘zida Lesota, Turkiya, Kanada, AKSH va Xitoyda shunga o‘xshash loyihalar ustida izlanishlar davom etmoqda.
Bu boradagi eng yirik va qimmat baho loyiha Liviyadagi «Buyuk qo‘l bilan qo‘rilgan daryo»dir u Raviya ilqilobiy yo‘lboshchisi Muammor Koddafiyning loyihasi bo‘lib, Shimoliy Afrikadagi eng yirik yer osti suv rezervuarlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. Chuqurlikdan olingan suv Liviyaning qirg‘oq bo‘yi mintaqasiga yvnaltiriladi. Sudiya Arabistoni ham yangilanmaydigan grunt suvlaridan foydalanishga 80% bog‘langan.
Suv balansini yaxshilashning yana bir usuli ishlatilgan suvdan yana bir marta qayta foydalanish bo‘lib hisoblanadi. 50-yillardan boshlab suvni tozalash texnologiyasi ishlab chiqila boshlandi. Ilgarilari sanoat chiqindilari shuningdek, hayvonlar va insonlarning ishi faoliyatlari mobaynida ifloslangan suvlar o‘zlari tozalanish uchun oqova suvlar tarzida daryo qul va dengizlarga chiqarilgani, hozirda yuqoridagidek ifloslangan suvlarni juda ko‘p joylarda sanoat orqali tozalab ulardan ikkinchi marta qayta foydalanishga yo‘l qo‘yilmoqda.
Dengiz suvlarini chuchuklashtarish–chuchuk suv zahiralarini ko‘paytirishning yani bir usulidir. Yerdagi mavjud barcha suv zahiralarining 97% ichishiga yoki sug‘orish maqsadlariga yaramaydigan suvlar toifasiga kiradi. Ayni vaqtda dengiz suvlaridagi tuz ionlarini ajratish agar hal etilsa suv tan qisligi muammosi butkul hal etilgan bo‘lar edi. 60-yillarda ko‘pgina ekspertlar buni arzon yadro energiyasi orqali hal etish mumkin deb hisoblar edi. Ammo bu umidlar o‘zini oqlanmadi. Hozirga vaqtda 1000 litr dengiz suvini chuchuk suvga aylantirish 1,80 nemis markasidan 3,00 ga qadar turadi. Bugungi kunda faqat Saudiya Arabistoni, AKSH, Birlashgan Arab amirliklari va quvaytda kuniga chuchuk suv yo‘li orqali million kubmetrdan ko‘proq suv olinmoqda. Yuqori ishlab chiqarish harajatlari chuchuklashtiruvchi moslamalarni bevosita dengizning yaqinga o‘rnatish va bunday suvni iste’molchilargacha yetkazib berishning qimmat turishi, suvni chuchuklashtirish faqat boy mamalakatlar qo‘lidan qelishini va mintaqalarni suv bilan ta’minlash global masshtabda–Yerning tez o‘sib borayotgan aholisi talablaridan kelib chiqib- ular ham suv tanqisligi muammosini radikal tarzda yechish imkonini bermaydi.
Agar birgina texnik vositalardan foydalanish yordamida suvsizlik muammosini ochib bo‘lmas ekan, uni yechishni cheklangan suv resurslarini oqilona taqsimlash va bu borada o‘zaro kelishib ishlash orqali hal etish mumkin. Bu yerda iqtisod qilishsiz, resurslarni bo‘lar bo‘lmasga sarflash va qayta taqsimlash rad etmasdan turib bir narsaga erishish juda qiyin. Murakkab muammolarni hal etishda faqat texnikaga tayanishning o‘zi ham xatodir suv resurslarini qayta taqsimlash masalasi siyosiy darajada ko‘rib chiqilishi va hal etilish zarur. Bu bilan bog‘liq muammolarni kelishuv orqali yechish mumkinmi yoki bu kuch shikoyat qilishiga olib keladimi degan savolga, bu muammoni yechishga jalb qilingan mutaxassislar va siyosatchiliklarni siysiy yetukligiga qarab javob berishimiz mumkin.
Markaziy Osiyodagi qozig‘iston, qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojiki-ston va O‘zbekiston Amudaryo va Sirdaryo suvga bo‘lgan talablari mohiyatidan qaramdirlar. Ilgarilari bu ikki daryo Orol dengiziga qo‘yilardi. Biroq oxir-oqibatda ularning suvlari yirik paxta plantatsiyalarini sug‘orish maqsadlariga qaratildi.
Ammo oliy darajadagi muammolar va nizolar masalan Arab-Isroil nizolarning doirasida suv bilan bog‘liq nizolarni ko‘radigan bo‘lsak ulardan keyingisi oxirgi paytlarda juda daxshatli nizolarga olib kelish mumkinligini hayotini o‘zi ko‘rsatmoqda. Bunda nizo kelib chiqishga suv manbasining masalan, daryoning yuqori oqimiga mansub davlatlar u oqib o‘tgan hududni o‘z ma’muriy hududlari doirasida deb hisoblab boshqa qo‘yiroqda joylashgan davlatlarga qaraganda kuchliroq ma’qega ega bo‘lishlari va albattaki suvdan o‘z hohishimizcha foydalanishimiz mumkin degan da’volari asosiy sabab bo‘lib hisoblanadi. Buni Turkiya va shu hududdagi boshqa davlatlar Iroq va Suriya o‘rtasidagi suv bilan bog‘liq nizolarda bemalol ko‘rishimiz mumkin. Shuning uchun suv bilan bog‘liq muammolarni keng tarzdagi aytib iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komplekslar bilan yechish mavjud assimmetrikni kamaytiradi va masalani hamkorlikda yechishga ijobiy ta’sirini o‘tkazadi. Bu bilan shuningdek nizoli vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan halqaro tashkilotlar va o‘zaro bog‘liqlikni ahamiyatini ham baholash mumkin deyidi, himoya qilish halqaro komissiyasi kabi mintaqaviy tashkilotlar bu borada umumjahon harakati xalqaro konvensiyasidan o‘z ahamiyatliligi bilan ancha ustun turadi.
Shunga qaramasdan BMT ning 1997 yildagi halqaro suv oqimlaridan kema qatnaydigan tarzda foydalanish konvensiyasi imzolanishini katta yutuq deb baholashimiz mumkin.
Bu o‘zaro manfaatlari minimal darajada hurmat qilinishini ta’min-lashga chaqirilgan normalarda muhim tadbirlar belgilangan. Agar jahon ham jamiyati va qirg‘oq bo‘yi davlatlarning guruhlari suv tanqisligi muayyan bir nizolga olib kelguniga qadar bu normalarni hayotga tatbiq etsalar kelajak avlodlarning suv bilan bog‘liq nizolarga olib kelishi mumkin bo‘lgan turli urushlarga berilib ketishishning oldi olingan bo‘ladi. Buning uchun makon va mintaqaviy darajadagi tajribaning xalqaro masshtabda qo‘llanilishiga erishish zarur. Buning uchun yana o‘zaro axborot ayrboshlashni mukammallashtirish, oqilona kelishuv hamkorlikda rejalashtirish qisqa va o‘zoq muddatli manfaatlarni moslashtirish ham zarur.
Professor Aaron T.Volf ko‘p yillar davomida davlatlararo nizoli holatlar yuzaga kelishishning sabablarini o‘rganib chiqib shu vaqtga qadar davlatlararo nizoga suv tanqisligi sabab bo‘lmaganligini qayd etgan edi. Suv resurslari yuzasidan davlatlararo urushlar kelib chiqishini ehtimoli hozirda juda kam. Kelib chiqqan nizolarni esa urush ochish darajasiga ochib bormasdan turib turi munozara va muhokamalar o‘tkazish va qarorlar qabul kilgan holda hal etilishi mumkin.
Volfning yozishicha suvlar tahsimlanashishining o‘rnatilgan rejimi juda muvoffaqiyatli va ishonchli bo‘lib chiqdi: ular hatto bitta daryo qirg‘oqlarida yashovchi dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan xalq orasida ham, shuningdek boshqa urush holatida bo‘lgan xalqlar orasida ham amal qilgan edi. Kunga 1957 yilgi Vetnam urushga qaramasdan Mekong havzasida suv taqsimlash rejimiga qaramasdan mekong havzasida suv taqsimlash rejimiga rioya etildi.
Markaziy Osiyodagi suv bilan bog‘liq nizolarning oldini olishda bizningcha bu yerdagi davlatlarning 1992 yil 17 martdagi transchegaraviy suv oqimlari va qo‘llardan foydalanish va muhofaza qilish BMTning Xelsink va shuningdek xalqaro daryolar suvlaridan foydalanish qoidalari to‘g‘risida (1996 yilgi)gi qoidalar, xalqaro suv huquqi asosida boshqariladigan suv munosabatlari bo‘yicha boshqa halqaro huquqiy aktlarga qo‘shilishi muhim o‘rin tutadi.
Transchegaraviy suvlardan foydalanish va muhofaza qilish borasidagi davlatlararo nizolarning oldini olishda muayyan davlatning o‘z milliy qonunchiligidan boshqa xalqaro – huquqiy aktlar muhim o‘rinni egallaydi. Agardadavlat boshqa xalqaro huquqiy aktlarni imzolagan bo‘lsa, uning normalari mazkur davlatning o‘z milliy qonunchilini ishlab chiqishda yoki uni mukammallashtirishda bevosita o‘z ifodasini tonmog‘i zarur.
Amaliyot ko‘rsatishicha hozirda suvlardan foydalanish bo‘yicha yuzaga kelayotgan nizolarning asosiy sababi davlatlarning o‘zlari imzolagan xalqaro shartnomalar va bitimlarga amal qilmayotganliklaridir. Davlatlararo va xalqaro shartnomalar va bitimlarga amal qilishning muhim choralaridan biri, bizningcha shartnoma shartlariga va majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun davlatlar yetkazilgan zarar va boshqa huquqiy oqibatlarni to‘la qoplashi mexanizmini ishlab chiqishdan iborat. Bu mexanizmdan foydalanib sud organi huquqbuzarlarga qarshi jiddiy choralarni ko‘rish lozim.
Bunga bog‘liq ravishda xalqaro «suv huquqining» mutloq huddiy suverenitet nazariyasiga (Xarman Doktrinasiga) murojaat qilish mumkin. Bu nazariyani XIX asrda daryolar yuqori oqimida joylashgan davlatlar taklif qilgan edilar. Uning tarafdorlari davlatlar o‘z hududining mutloq suvereti deb va o‘z xududidagi suvlardan erkin foydalanishlari munkinligini e’tirof etgan edilar. Birinchi marta bu amalda 1895 yil AqSh Bosh prokuraturasi tomonidan Meksika bilan Rio Grande, daryosining suvidan foydalanilganda sug‘orish maqsadlarida AqSh mazkur daryoning yuqori oqimi o‘ziga tegishli ekanligini ko‘rsatib berishida qo‘llanilgandi. Muqobil vaziyat Hind daryosidan foydalanish yuzasidan Pokiston va Hindiston o‘rtasida kuzatilgan edi. Ammo masalani oqilona tarzda yechish to‘yg‘usi bu mamlakatlarda o‘zaro kelishuvga erishishga undadi (1906 yilgi Meksika va AqSh o‘rtasida, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi 1960 yilgi bitimlar).
Davlatlarning halqaro konvensiyalar va transchegaraviy suvlardan foydalanish qoidalariga qo‘shilmayotganliklarining asosiy sababi nimada?
O‘ylashimizcha bunga asosiy sabab qilib qo‘yidagilarni kiritishimiz mumkin:
A) 1992 yilgi Xelsinki Konvensiyasida «Transchegaraviy suvlarga aniqlik kiritilish bilan birgalikda, Preambula qismidan suv bo‘yicha muammolarni faqat mustahkam hamkorlik orqali yechish mumkinligi ta’kidlanadi. Bu bu hamkorlikni jadallashtira borish kerak»;
B) 1996 yilgi Xelsinki qoidalarida yuqorida keltirilgan «Transchegaraviy suvlar» bilan bir qatorda Preambula qismida va 7-moddada davlatlarning bir havzaga tegishli suvdan o‘z qo‘shnilari foydalanishi hisobiga suv huquqlari cheklashishiga yo‘l qo‘yilmaydi deyiladi. Mazkur qoida ko‘pchilik davlatlarni qanoatlantirmayapti.
Markaziy Osiyo mintaqasida faqatgina Orol dengizining o‘zi suv bilan bog‘liq muammolarning bir qismini keltirib chiqaradi deb aytishimiz mumkin. Yana 10-15 yillardan so‘ng Sarez ko‘li–Panj daryosi oqimi bo‘ylab halokatli suv oqimini vujudga keltirishi mumkin. Zarar yetkaziladigan maydonlar doirasi O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston orqali o‘tadi. Bu doirada esa 5 milliondan ko‘p odamlar istiqomat qiladi.
Taxminlarga ko‘ra eng ko‘p inson qo‘rbon bo‘ladigan joylar Afg‘oniston va Tojikiston hududlarida maksimal darajadagi moddiy zarar esa Turkmaniston va O‘zbekiston yetkaziladi. Bunday holatning oqibatlarini bartaraf etishga esa Markaziy Osiyo davlatlari uchun bir necha o‘n yilliklar kerak bo‘ladi.
Sarez qo‘li muammosini bartaraf etishga qaratilgan imkoniyatlarni esa bugungi kunda real hayotga tatbiq etishning imkoniyati yo‘q.


TALABALAR MUSTAQIL IShLARINING MAZMUNI



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling