«yurisprudensiya»


Xorijiy mamlakatlarda suv huquqi


Download 1.39 Mb.
bet55/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. Xorijiy mamlakatlarda suv huquqi
Meksika qo‘shma shtatlari. Meksika ham O‘zbekiston singari issiq iqlimli mamlakatlar toifasiga kiradi. U Shimoliy Amerika qit’asining eng janubidagi quruq subtropik va tropik iqlim mintaqasida joylashgan. Meksika aholisi 101 mln. kishidan (2001 yil) iborat bo‘lgan federativ respublikadir. Ma’muriy jihatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga bo‘linadi. 1917 yil 5 fevralda qabul qilingan va keyinchalik o‘zgartirilgan va qo‘shimchalar kiritlgan siyosiy Konstitutsiyasiga binoan qonunchilik tizimi shakllangan. Meksika industrial-agrar mamlakat bo‘lib, yalpi ichki maxsulotda qishloq xo‘jaligining o‘rni 9 foizni tashkil etadi. Lekin mehnatga yaroqli aholining 28foiz qishloq xo‘jalik maxsulotlari yetishtirish bilan band. 2 mln. kv.km yer fondining 4/1 qismida ekin ekiladi. Sug‘oriladigan yerlar miqdori 5,2 mln.ga (O‘zbekistonda 4,3 mln.ga) teng va ularda paxta, kofe, shakar qamish, mak-kajo‘xori, oq jo‘xori, bug‘doy, loviya, kartoshka, soya kabi madaniy o‘simliklar yetishtiriladi. Eksport ahamiyatiga ega maxsulotlarga pomidor, yeryong‘oq, sabzavot, sitrus mevalar, ananas kabi tropik va subtropik mevalar kiradi. Bo‘larning hammasi ko‘p sonli aholining birlamchi talabi, ya’ni oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladi. Meksikada sug‘orildigan dehqonchilik lalmi dehqonchilikka nisbatan 5-6 baravar ko‘proq hosil olish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham obikor dehqonchilikni rivojlantirish tez o‘sib borayotgan aholini hamda agrar sanoatini qishloq xo‘jalik mahsulotlarga bo‘lgan talabini qondirishning eng dolzarb masalalaridan hisoblaniladi. Suv resurslarining cheklanganligi va butun milliy hudud bo‘yicha notekis tarqalganligi masalani yanada chuqurlashtiradi.
1989 yilda Meksika davlat ijroiya hokimiyati (Prezident uni amalga oshiradi) tomonidan qabul qilingan «Milliy rivojlanish rejasi» tub is-lohotlarni o‘tkazishning asosiy me’yoriy hujjati sifatida qabul qilindi. Undan avval esa, milliy suv rejasi (1975 yil) qabul qilingan edi. Suv re-jasiga binoan 2 mln. gektardan ortiq yerlarning melioartiv holatini yaxshilashga, 0,5 mln.ga ortiq maydonlarda suv chiqarish imkoniyatini yaratishga erishildi. Lekin suv resurslaridan oqilona foydalanish va davlat suv fondini muhofaza qilishga to‘liq erisha olinmadi. Natijada 1972 yildagi «Federal suv qonuni»ning o‘rniga 1992 yilda yangi «Milliy suv qonuni» amalga kiritildi.
1989 yildagi Milliy rivojlanish rejasi asosida Milliy suv komissiyasi tashkil etildi. Ushbu federal davlat organi suvga oid barcha ijtimoiy munosabatlardagi umummilliy boshqaruv va tartibga solish funksiyasini bajarmoqda. Komissiya barcha iqlim sharoitlarda suvdan foydalanuvchilarga moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga olgan. Daryo havzalari bo‘yicha idoraviy boshqaruvni ham olib bormoqda.
Islohotlarning ijobiy natijasi sifatida «gidro-ijtimoiy» bo‘lin-malar, ya’ni «Modulos»lar ochildi. Unga har bir fermer a’zo bo‘lib kirishi, ular tomonidan irrigatsiya inshootlarini ekspluatatsiya qilinishi va texnik holatni xavfsiz ushlab turish uchun Suvdan foydalanuvchilar tashkilotiga uyushish inqilobiy jarayon sifatida qabul qilindi. Ushbu tashkilot yuridik shaxs maqomini oldi va uning faoliyati federal boshqaruv organlari tomonidan qo‘llab quvvatlanildi. Hattoki tashkilotga suvdan foydalanganlik uchun suv haqini undirish hamda yig‘ilgan mablag‘larni maqsadli ishlatish huquqi ham yaratib berildi. Tuman miqyosida bir qancha suvdan foydalanuvchilar uyushmasi birikib o‘zlarining gidrotexnika inshootlari–kanal, drenaj, damba va suv taqsimlagichlarni ishlatish va ta’mirlash inshootlarini tashkil etish imkoniyati yaratildi.
XXI asrning boshiga kelib Meksikada irrigatsion tizimlardan oqilona foydalanish, yerning sug‘orish va o‘simlikni suvga bo‘lgan talabini optimallashtirish yo‘lga qo‘yildi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lov bugungi kunda suv obyektlari va gidrotexnika inshootlari uchun sarflanadigan umumiy harajatlarning 80 foizini tashkil etmoqda. 1988 yilda esa bo‘ ko‘rsatgich bor yo‘g‘i 18 foiz edi, holos. Suvning optimal taqsimlanishi 8 foizdan 65 foizga ko‘tarildi. Federal va munitsipal suv boshqaruv personali hamda suv inshootlarini tiklashga bo‘lgan harajatlar teng yarmiga qisqardi. Suv to‘lovi oshganligiga qaramay, fermerlarni sug‘oriladigan yerlardan olayotgan daromadlari bir maromda ko‘payib bormoqda. Chunki sug‘orish normalari o‘z muddatida va vegetativ talab darajasida amalga oshirilmoqda.
Albatta Meksikada «suv islohotlari» juda yaxshi ketmoqda, deyishga hali erta. Lekin uning ijobiy tomonlari ishlab chiqarish samaradorligini o‘sishida va ortiqcha boshqaruv apparatini qisqarishiga olib kelgani ijobiy jarayondir.
Meksikaning qishloq xo‘jaligida yuzaga kelgan va yuqorida keltirilgan suv boshqaruv tizimi AqSh va Kanada kabi yirik industrial davlatlar bilan agrar sohada raqobatlashish imkoniyatini yaratdi. Davlatning demokratlashuvida va fuqarolik jamiyatini o‘rnatilishida hamda bozor iqtisodiyoti talablarini yuzaga chiqarishda yangi suv siyosati katta hizmat qilmoqda.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling