«yurisprudensiya»


Xalqaro suv huquqi manbalari


Download 1.39 Mb.
bet57/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

4.Xalqaro suv huquqi manbalari.
Xalqaro suv huquqi huddi Xalqaro huquq singari normalar ko‘rinishiga ega. Yuridik asos buyicha esa normalar yurish-turish qoidalari bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib agar normalar o‘zida Xalqaro huquqning kerak bo‘lgan ichki ko‘rinishini aks ettirsa, uning tashqi ko‘rinishi bo‘lib shartnoma, odat hamda boshqa davlatlar uchun muhim bo‘lgan Xalqaro tashkilotlarning qarorlari hisoblanadi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, Xalqaro suv huquqi va Xalqaro huquq manbalari bo‘lib, Xalqaro huquq normalarining rasmiy yuridik shakllari hisoblanadi. Bundan tashqari (manba) tushunchasi o‘z ichiga Xalqaro huquq normalarini yaratish funksiyasini ham oladi.
Xalqaro suv huquqi manbalari masalalari o‘rganilishida differensial yondashish kerak bo‘ladi. MDH va asosan Rossiya yuridik adabiyotlari mualliflarining talqiniga asoslanadigan bo‘lsak, Xalqaro suv huquqi manbalariga huddi Xalqaro ekologik huquq kabi Xalqaro shartnomalar, kelishuvlar, konvensiyalar hamda tavsiyaviy harakterga ega bo‘lgan konferensiyalar, maslahatlar, xartiya va qarorlari kiradi.
Xalqaro sud Nizomiga ko‘ra (38-modda) Xalqaro huquq va Xalqaro suv huquqi manbalari bo‘lib:
• qatnashuvchi davlatlar tomonidan tan olinadigan va Xalqaro konvensiyalar tomonidan belgilanadigan umumiy va alohida qonunlar;
• Umumiy amaliyotning isboti sifatida qonun bo‘lib qabul qilingan Xalqaro odatlar;
• Rivojlangan xalqlar tomonidan tan olinadigan umumiy huquq tamoyillari;
• Huquq holatini aniqlashga yordam berishga qaratilgan xar xil davlatlarning yuqori malakali mutaxassislarini o‘qitish va sud qarorlari.
M.M.Lukashukning fikriga ko‘ra manbalar normalarning amalga oshirilishning doirasi xalqaro huquqning o‘zi bilan o‘rnatilishi kerak. Shartnoma va odatlar umum tan olgan manba bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur nuqtai nazarga tayanib xalqaro suv huquqining manbasi bo‘lgan xalqaro (davlatlararro) sharnomalar, kelushuvlar, konvensiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Ittifoq tarqalguniga qadar Markaziy Osiyoning hozirgi mustaqil davlatlari suvdan foydalanish va transchegaraviy suvlarni muhofaza qilishda yagona umum ittifoq qonunchiligidan foydalanishgan, hozir transchegaraviy suvlar deyilayotgan suvlar esa umumdavlat suvlari hisoblangan.
1946 yil 13 iyundagi Sovet Ittifoqi va Afg‘oniston kelishuvga ko‘ra ular o‘rtasida imzolangan huquqiy akt va shuningdek, 1958 yil 18 yanvarda, 1958 yil 25 iyunda imzolangan huddi shunday aktlar alohida ahamiyatga loyiq. Afg‘oniston Amudaryoning yuqori oqimida joylashgan hududning qirg‘oq bo‘yi qismiga egalik qiladi.
1958 yil 18 yanvar shartnomasiga ko‘ra Sovet Ittifoqi va Afg‘aniston chegara chizig‘iga qadar suvlardan erkin foydalanish huquqiga ega bo‘lishgan edi (2-modda). Ikki davlat:
-chagara suvlari (daryo, soy, kanal) yo‘nalish o‘zgarishiga yoki ulardan suvning erkin oqishga bo‘lgan har qanday to‘sqinlikni birgalikda bartaraf etish, shuningdek agar boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shu maqsadda ketgan sarf harajatlarni teng bo‘lish;
- chegara daryo, soy, kanallarning o‘zanini o‘zgarib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ularning yonbag‘irlarini ya’ni qirg‘oq qismini mustahkamlash;
- tabiat hodisalari natijasida o‘zgargan chigara daryolari o‘zanini te-kislash; kabi maqsadlarda o‘zaro hamkorlik qilish belgilangan edi (9-modda).
Ikki davlat kelgusida suv ifloslanishiga qarshi hamma choralardan foydalanish, metereologik ma’lumotlarni almashish chegara daryolaridagi suvlar hajmi darajasi ma’lumotlarini yetkazish shuningdek, suv bosishdan ogohlantirish tizimini o‘rnatish majburiyatini olishdi (17-modda).
Shartnomada asosiy diqqat e’tibor chegara komissiyaga (26-43 moddalar) uning bahsli masalalarni hal etish majburiyatlariga qaratiladi (36-modda).
1958 yil 25 iyun bayonnomasi Amudaryo chegara qismidagi suv resurslaridan birlashgan holda hamkorlikda foydalanish masalalariga qaratildi. Ayni, shu bayonnoma qisman suvdan foydalanish va uni muhofaza qilishni ham tartibga soladi.
Bugungi kunda Amudaryo, Turkiston, Afg‘aniston va O‘zbekiston orasi-dagi chegara daryoga aylandi. Agar yuqorida keltirilgan halqaro-huquqiy aktlar ayni bir hududga tegishliligi hisobga olinsa, ular halqaro huquq bo‘yicha huquqiy vorislik orqali uning predmeti bo‘lib hisoblanadi. Mazkur prinsipga tayanib mustaqillikni qo‘lga kiritgan davlatlar Sovet Ittifoqidan yuqoridan bitimga amal qilish majburiyatini meros qilib oladilar.
Suv taqsimotiga bo‘lgan munosabat sovet ittifoqi tarqalganidan so‘ng muayyan vaqtga qadar davom etdi. Mustaqillikni e’lon qilgan 5 ta Markaziy Osiyo davlatlari suv xo‘jaliklari vazirlari chegara suvlaridan foydalanish tartibi ilgaridek sharoitda bo‘lish to‘g‘risida Deklaratsiyaga imzo qo‘ydilar. Deklaratsiya 1991 yil 12 oktyabr kuni imzolangan edi. Bu 1992 yil 18 fevral 5 ta davlat suv xo‘jaliklari vazirlarining «Davlatlararo manbalardagi suv resursldaridan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarishda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim»ni imzolashlarida yana bir karra tasdiqlandi, unda suvlardan foydalanish uni muhofaza qilish shuningdek, bu bilan bog‘liq huquq va majburiyatlar teng ekanligi qayd qilib qo‘yildi (1-modda). Shunday bo‘lsada professor D.A.Kaponer bu aktni tahlil qilayotib, uning barcha suv resurlariga tegishligi masalasi ochiq qolgani, unga yer osti suvlari ham tegishligi belgilanmaganligini yozgan edi. Mazkur bitimning 2-moddasiga ko‘ra Respublikalar «Suv resurslaridan foydalanish muhofaza qilish tartibiga» rioya etish borasida jiddiy sa’y-harakatlar olib borishadi.
Bundan tashqari, ular yana o‘zlariga suvdan foydalanish borasida uni ifloslanishiga yoki qoidada ko‘rsatilgan boshqa nomoqbul harakatlarga olib keluvchi, tomonlar manfaatiga zarar yetkazuvchi xarakatlardan tiyilish majburiyatini ham olishdi(3-modda). Bu xalqaro huquqining «o‘z mulkinidan shunday foydalanginki, boshqaning manfaatiga zarar yetmasin» degan prinsipiga mos keladi. Bularga qo‘shimcha tarzda ular paxta yetishtirish maydonlarini kengaytirishda birgalikda harakat qiladigan bo‘ldilar. Biroq bir qator sabablarga ko‘ra bu suvlardan samarasiz foydalanishga, tuproq hosildorligini pasayib ketishiga orol dengizi hajmi kechrayishiga olib keldi.
Paxtadan maksimal darajada mo‘l hosil olishga intilish o‘zida agroximikatlar soqlaydigan qishloq xo‘jaligi zahlash suvlari sifati muammosini keltirib chiqardi. Bu esa Amudaryo, Sirdaryo boshqa suv hovuzlari va oxirida orol dengizi suvlari sifatining jiddiy yomonlashuviga olib keldi.
Mazkur bitimda davlatlararo suv xo‘jaligi koordinatsiya komissiyasini tuzushni va unga mintaqadagi suvlardan foydalanishni boshqarish vazifasini yuklashni belgilab qo‘yishdi. Komissiya har bir Respublika qancha suv olishning yillik limitini belgilaydi, Shuningdek, suv amborlarini ekspluatatsiya qilish grafigini ularda qancha suv borligi prognozlari asosida tasdiqlaydi (7-8 moddalar). Barcha suvdan foydalanuvchilar uchun majburiy bo‘lgan qarorlar chiqaradi (11-modda).
Bu qarorlar DSKK majlisining bayonnomasiga yoziladi. Ikkita Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv xo‘jaligi birlashmalari (BSB) 1986 yilda tashkil etildi va daryolardagi qo‘rilmalar, gidrotexnik inshootlar boshqaruvi bo‘yicha ijro vazifalarini bajarish yuklatildi. Davlatlar hududidagi inshootlar va qurilmalar o‘z hududlari doirasida har ikkala BSB larga vaqtincha foydalanish uchun biriktirib qo‘yildi (9-modda).
Har ikkala BSB faqat asosiy infrastruktura bo‘yicha ma’suliyatga ega bo‘lib, qolgan inshootlar ekspluatatsiyasiga boshqa davlat organlari ixtiyorida bo‘lib, uning uchun tegishli javobgarlik belgilab qo‘yildi. Bitimning 10-moddasiga ko‘ra DSKK va har ikki BSB suvdan foydalanish limiti va Orol dengizi deltasiga yetkazilib beriladigan yillik suv hajmi bo‘yicha moslashtirish vazifasini ham amalga oshirishi kerak edi. Biroq D.A.Kaponer fikricha DSKK ga qo‘shimcha ijro organlari tashkil etish vakolati mazkur bitimga kiritilmagan. Shunga qaramasdan DSKK 1993 yil 10 oktyabr va 20 aprelda tashkil etilgan o‘z xati bilan va ilmiy – ma’lumot markaziga ega.
Mazkur Bitimning sezilarli kamchiligi bu respublikalarining o‘zaro suv resurslari to‘g‘risida ma’lumotlar va informatsiyalarni almashish majburiyatini o‘ziga kiritmaganidir. 5-moddaga ko‘ra o‘zaro informatsiya ayrboshlar suv resurslarini boshqaruvini ilmiy – texnikaviy rivojlanishish doirasi bilan chegaralanadi. Bundan tashqari Bitimga tomonlar bir o‘zlari suvdan foydalanganlarida boshqalarni manfaatlariga zarur yetkazmasligi bilan bog‘liq majburiyatlar kiritilmadi. Ya’ni bitimga muayyan bir havzanga kiradigan davlatning shunday harakatlarni qilish to‘g‘risida boshqa tomonni albatta ogohlantirish zarurligi majburiy kirilmagan edi. Bitimning 13-moddasida bahsli masalalarni hal etish suvlarni boshqarish bo‘yicha Respublika tashkilotlari rahbarlakiga yuklanishi, ya’ni suv xo‘jaligi vazirlariga yuklatilishi belgilanib qo‘yildi.
Orol va orol bo‘yi mintaqasi muammolarini hal etish bo‘yicha bitimlar orasida Orol dengizi va Orol bo‘yi mintaqasi muamolarini birganlikda bartaraf etishga qaratilgan 1992 yil 15 mayda Toshkent shahrida imzolangan Azarboyjon, Armaniston, Belorussiya, qozog‘iston, Moldaviya, Rossiya Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, qirg‘izston, Ukraina rahbarlari tasdiqlangan kelishuv ham o‘z o‘rniga ega. Mazkur Bitim orqali suv muammolarini hal etishda manfaatdor bo‘lgan subyektlar doirasi ancha kengaydi.
5 ta davlat qozog‘iston, qirg‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbe-kiston rahbarlari tomonidan 1993 yil 26 martda qizil O‘rdada imzolangan Bitim Orol dengizi va orol bo‘yi muammolarini birgalikda hal etish Orol dengizi mintaqasi atrof-muhiti holatini yaxshilash sotsial va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga qaratildi. Mazkur bitim 5 ta davlat rahbarlari darajasida suv muammolarini Orol dengizi havzasi doirasida birgalikda boshqarish va yuzaga kelgan inqirozni birgalikda bartaraf etishni ko‘rsatib beradi. Boshqa masalalar qatorida yuqoridagi davlat rahbarlari Orol dengizi suvidan ratsional tarzda foydalanish undagi suvning sifatini saqlab qolish va unga belgilangan minimal darajadagi suvning oqishni ta’minlashni ham muhokama qildilar. Bularga qo‘shimcha tarzda ular kelgusida maishiy va sanoat oqova suvlarini katta suv havzalariga oqishining oldini olishni ham kelishib olishdi (1-modda).
1992 yil 18 fevral va 1993 yil 16 mart bitimlari transchegaraviy suvlardan qarama-qarshiliklarsiz va ularni ifloslanishdan muhofaza qilgan tarizda foydalanishning asosiy prinsiplari yozilgan tuzilmaviy bitimlar bo‘lib hisoblanadi.
1993 yil 26 mart kuni imzolangan Bitim havza suv resurslardan foydalanishni boshqarish sohasida 5 ta davlat aloqalarining rivojlantirilishini ko‘rsatdi. Mazkur bitim suv resurslarini kompleks boshqarish uchun ma’sul bo‘lgan mintaqaviy tashkilotlarni shakllantirdi.
1994 yil 19 iyuldagi Bitimga binoan yana bir ijtimoiy iqtisodiy ri-vojlanish va ilmiy texnikaviy va ekologik hamkorlik davlatlararo komissiyasi tuzildi, keyinchalik uning nomi Barqaror rivojlanish komissiyasi (BRK) deb o‘zgartirildi. Mazkur organ ODDK doirasida uning mazkur suv havzasida atrof muhitni himoyalash va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish borasidagi takliflarini ko‘rib chiqishda ham o‘z vazifasini amalga oshiradi. Keyin 5 ta markaziy osiyo davlatlari rahbarlari Nukus (1995 yil 20 sentyabr) Olma-ota (1997 yil 28 fevral) Deklaratsiya transchegaraviy suvlardan foydalanish va uni muhofaza qilishga qaratilgan bir qator qarorlarni imzoladilar. 1997 yil fevral oyida davlat rahbarlari ODDK va OqXF faoliyatlarini muhokama qilayotib ularni yangi tuzilgan Oq XF ga birlashtirib yubordilar Oq XF ijro qo‘mitasi endilikda 5 ta vazir o‘rinbosarlaridan iborat bo‘lib ularning har biri atrof muhit va suv resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligi uchun mas’ul bo‘lgan o‘z davlati organi nomidan ish yuritadi. Oq XF ijro kengashi oldida hisobdor bo‘lgan ijro qo‘mitasi o‘ziga rais, uning o‘rinbosari 2 ta vakil va boshqa texnik xodimlarini oladi.
Keyingi yillarda turli darajadagi mutaxassislarining o‘zaro hamkorligi va boshqaruv organlarini shakllantirish jarayoni davom etmoqda. 1997 yil 28 fevraldagi Olma–Ota deklaratsiyasida 5 ta davlat rahbarlari chegaraviy daryolarning suv resurslaridan foydalanishni boshqarish ekotizim yo‘nalishida bo‘lmog‘i kerakligini, o‘zaro zarar yetkazmaydigan tarzda oqilona va adolatli bo‘lishini, ilgarigi davlatlararo va xalqaro darajada qabul qilingan keng doirali hamkorlik bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarga mos bo‘lishini tan oldilar.
Olimlar va mutaxassislarini fikricha ekotizmli yondashuvda Markaziy Osiyo suv resurslari ahamiyati va rolini, shuningdek mintaqaning Orol dengizi kabi yirik suv obyektlarining ahamiyatini baholashda mutlaqo o‘zgacha bo‘lishni qayd etadilar.
qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Afg‘oniston va boshqa davlatlar muzliklari nafaqat Markaziy Osiyo balki boshqa chegaradagi hududlardagi global muvozanat, xavfsizlik va barqaror rivojlanish uchun muhimdir.
Hozirgi vaqtga kelib 5 ta Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida transchegaraviy suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish borasida 20 dan ortiq davlatlararo huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Davlat rahbarlari doirasida bir qator muhim qarorlar qabul qilindi, submintaqaviy tashkilotlar tuzildi, birgalikdagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirish boshlandi. Sub mintaqaning davlatlari mintaqaviy va halqaro dasturlarni faol ravishda amalga oshirishda hamkorlik qilyaptilar, ko‘pgina xalqaro tashkilotlar, asosiy ko‘p tomonlama ekologik bitimlarning taraflari bo‘lib hisoblanadilar.
Ko‘p sonli hal etilmagan va o‘z ichimni topmagan muammolarga qaramasdan davlat tashkilotlarin tuzish orqali 12 yil mobaynida Markaziy Osiyoda suv resurslardan foydalanish borasida yirik muammolar yoki qarama-qarshiliklar kelib chiqmadi.
Mazkur mavzu yuzasidan o‘tkazilgan turli toifadagi uchrashuvlar, konferensiyalar, seminarlar, treninglar va boshqa o‘tkazilgan tadbirlar xalqaro tashkilotlar va fondlar tomonidan moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlandi.
Barcha bunday sa’y-harakatlarning eng mahsuldor jihati deb yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatlararo kelishmovchilik holatlarining oldi olinganligini e’tirof etish mumkin.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling