«yurisprudensiya»


Suv obyektlaridan baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi


Download 1.39 Mb.
bet50/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. Suv obyektlaridan baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi.
Suv obyektlaridan baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish suv resurslaridan foydalanishning o‘ziga xos turi hisoblanadi. Baliqchilik tabiiy suv havzalardan oqilona foydalanish, ularda baliq zaxiralarini ko‘paytirish, muhofaza qilishni ta’minlash borasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998 yil 11 mayda "Respublika baliqchilik tabiiy suv havzalaridan foydalanishni yaxshilash va baliq resurslari muhofazasini ko‘chaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida", 2003yil 13 avgustda “Baliqchilik tarmog‘ida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi respublika tabiiy suv havzalarini baliqchilik xo‘jaliklariga biriktirib qo‘yish va ulardan foydalanish tartibini belgilanishda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor huquqlarni hisobga olish belgilab quyildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, suv obyektlaridan baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanishda, baliqchilik xo‘jaligi manfaatlarini ko‘zlab baliqchilik xo‘jaligi havzalari suvdan foydalanish cheklanishi mumkin. Masalan, baliqlarning qimmatli turlarini hamda suv bilan bog‘liq ovchilik obyektlarini saqlab qolish va urchitib ko‘paytirish uchun alohida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan baliqchilik havzalarida yoki shu havzalarning ayrim uchastkalarida suvdan foydalanuvchilarning huquqlari baliqchilik xo‘jaligi manfaatlarini ko‘zlab cheklab qo‘yiladi.
Bunday suv havzalarining yoki shu havzalardagi uchastkalarning ro‘yxatini hamda suvdan foydalanishning cheklash turlarini Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi belgilab beradi hamda bu boradagi masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qiladi.
Baliq ovlash uchun suv havzalarini yoki ularning uchastkalarini biriktirib quyish joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish respublika davlat inspeksiyasi ("Davlatbionazorat"inspeksiyasi) bilan baliq ovlovchi tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar (foydalanuvchilar) o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy baliqchilik havzalari baliq ovlash korxonalariga tanlov asosida ijara shartlarida kamida 10 yil mudatga biriktirib qo‘yiladi. Shuningdek, tabiiy suv havzalari uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ijara shartnomasi qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar hokimliklari tanlov g‘olibi bo‘lgan baliq ovlash korxonasi o‘rtasida tuziladi. Ijara shartnomasi tuzgan baliq ovlash korxonalari tomonidan tabiiy suv havzalarida baliq ovlash mavjud biologik resurslardan va vujudga kelayotgan talabdan hamda mahsuldorlikni saqlab qolish va baliq resurslarini zarur darajada ko‘paytirishdan kelib chiqqan holda kvotasiz amalga oshiriladi. Bu holat respublikaning tabiiy suv havzalarini baliq ovlash uchun biriktirib qo‘yish va ulardan foydalanish tartibi jiddiy o‘zgarganligini anglatadi. Tabiiy suv havzalari viloyatlar hokimlari tomonidan baliq ovlash korxonalariga tanlov asosida kamida 10 yil muddatga berilishi belgilangan. Shu bilan birga baliq ovlash korxonalari tomonidan baliq ovlashga kvotalar bekor qilinadi. Baliq ovlash miqdorini mavjud biologik resurslardan, vujudga kelgan talabdan va mahsuldorlikni hamda baliqchilik resurslarini ko‘paytirishni zarur darajada saqlashdan kelib chiqqan holda o‘zlari belgilaydilar. Shartnomaning uzoq muddatli bo‘lishi baliqchilik resurslaridan tejam bilan foydalanish, ijarachilar tomonidan ularni ko‘paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun rag‘batlantiradi. Ya’ni korxonalar tomonidan baliq va boshqa suv hayvonlarini ovlash uchun baliq xo‘jaligi suv havzalaridan foydalanishga har yili majburiy ravishda «mayda baliqlar bilan to‘ldirish ishlarini olib boradi, baliq ovlash qoidalariga rioya qiladi va muhofaza qilish-tadbirlarini amalga oshiradi.
Tabiiy suv havzalari uchastkalarini ijaraga oluvchi baliq ovlash korxonalari tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlariga respublika hududida baliq ovlashning belgilangan qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, har yili baliqlarni o‘stirishga qo‘yib yuborish va baliq resurslari saqlanishini va ko‘paytirilishini ta’minlash bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishlari shart bo‘lib hisoblanadi.
Ijarachi baliq ovlovchi korxonalar tomonidan tabiatni muhofaza qilishga doir belgilangan qonun hujjatlari, baliq ovlash qoidalari va ijara shartnomasi shartlari qo‘pol ravishda va muntazam buzilgan taqdirda ijara shartnomasi qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari qaroriga ko‘ra muddatidan oldin belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
Respublikamizda baliqchilik xo‘jaligi tabiiy suv havzalarini biriktirib qo‘yish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom Respublika hukumati tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda boradagi qator ijtimoiy munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solingan.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda baliqchilik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan ko‘llar va boshqa yer maydonlaridan maqsadli foydalanilishini ta’minlaydi va ustidan qattiq nazorat o‘rnatadi.
Baliq zaxiralarini muhofaza qilib, uni urchitib ko‘paytirishda suv havzalaridagi baliqlar urug‘ tashlaydigan joylarga va ularning qatnov yo‘li, uyalari joylashgan yerlarga tuproq to‘kish, baliq zaxiralari holatiga hamda ularning ko‘payish sharoitlariga salbiy ta’sir etuvchi boshqa ishlarni bajarish taqiqlanadi. Bundan maqsad suv obe’ktlaridagi baliq resurslarini kengayitirish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlashdir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, baliq ovlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar o‘zlariga biriktirilgan suv havzalaridan baliq tutish huquqini boshqa shaxsga bera olmaydi.
Baliq xo‘jaligi suv havzalari yoki ularning uchastkalari sport-baliq ovlash xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ovchilar va baliq ovlovchilar jamiyatlariga biriktirib qo‘yish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Demak, suv havzalari ijara shartnomasida belgilangan muddatga beriladi. Agar foydalanuvchi berilgan suv havzasidan shartnoma imzolangan kundan boshlab ikki yil davomida foydalanmagan yoxud shartnoma shartlarini buzgan yoki qo‘pol ravishda buzgan hollarda u belgilangan tartibda "Davlatbionazorat"ning talabiga binoan bekor qilinishi mumkin.
Baliq ovlanadigan yoki ovlanishi mumkin bo‘lgan baliq xo‘jaligi suv havzalari baliq ovlash joylari hisoblanadi. Baliq xo‘jaligi suv havzalaridan sport-havaskorlik baliqchiligi uchun foydalanish mumkin.
Suv obyektlaridan baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanishda suv havzalari quyidagi uch toifaga bo‘linadi. Jumladan:
1. Toifa-maydoni 25000 gektardan ortiq bo‘lgan yirik suv havzalari;
2. Toifa-maydoni 5000 gektardan 25000 gektargacha bo‘lgan o‘rtacha suv havzalari;
3. Toifa-maydoni 5000 gektardan kam bo‘lgan kichik
suv havzalari.
Ushbu toifalar ya’ni birinchi, ikkinchi va uchinchi toifa suv havzalari yuridik hamda jismoniy shaxslarga berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda respublika baliqchilik xo‘jaligi tabiiy suv havzalarining baliq ovlash korxonalariga ijara shartnomasi shartlarida biriktirib qo‘yish tartibi va miqdorlari tegishli Nizomga amalga oshiradilar.
Belgilangan tartibda, respublika baliqchilik xo‘jaligi tabiiy suv havzalarini ijaraga olishdan tushadigan mablag‘larning 60 foizi-tegishli mahalliy budjetlarga, shu jumladan baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish tadbirlariga, 25 foizi-Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazi huzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasiga, 15-foiz mablag‘larni, baliq resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish tadbirlariga maqsadli yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yo‘naltiriladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling