«yurisprudensiya»


-mavzu SUV RЕSURSLARINI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI


Download 1.39 Mb.
bet26/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

7-mavzu SUV RЕSURSLARINI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI.
Reja:
1. Suvdan foydalanish va muhofaza qilishning asosiy muammolari
2. Suv resurslarini huquqiy muhofaza qilish ning o‘ziga xos xususiyatlari
3. Suv resurslarini huquqiy muhofaza qilish maqsadi va vazifalari
4. Suv resurslarini muhofaza qilishni rag‘batlantirish.


1. Suvdan foydalanish va muhofaza qilishning asosiy muammolari
Tabiat boyliklari orasida suv alohida o‘rin tutadi. Chunki barcha tirik jonzotlar hayotining asosiy manbai suvdir. Suvsiz hayot bo‘lishi mumkin emas. Planetamizda suv paydo bo‘lganidan keyingina xayot paydo bo‘ldi. Shu sababdan ota bobolarimiz suvni toza saqlashga, undan oqilona foydalanishga alohida e’tibor berganlar. «Suv uchun kurash-hayot uchun kurash», deb bejiz aytishmagan.
Zero, insoniyat hayoti davom etishi uchun odamlar suvni, yerdagi suv manbalarini, avvalo chuchuk suvni ehtiyot qilishlari lozim.
Sahroi Kabirdagi qabilalardan biriga mehmon bo‘lgan sayohatchilarning yuvinayotganini ko‘rib, mezbonlar ancha ranjishgan. Chunki, ular butun qabilaga bir necha kunga yetadigan suvni bir pasda tugatgan. Ma’lum bo‘lishicha, suv bu yerda eng aziz ne’mat hisoblanib, uni qat’iy nazorat ostida tarqatishar ekan.
Yaponiyaga borgan bir mutaxassisning dastlabki olgan maoshi foydalangan suviga yetmagan.
Hindistondagi qadimgi shaharlardan biri Moxenjo-Darodagi xarobalar tekshirilganda diametri 0,5 dan 2,5 metrgacha keladigan kuduq topilgan, chamasi u ayrim uylarni suv bilan ta’minlagan hamda jamoat joylarida odamlar cho‘miladigan hovuzlar shu suv bilan to‘ldirilgan qadimgi Rimda suvning yangi manbalari haqida muntazam qayg‘urishgan. 312 yilda shaharga 16,5 km uzoqdagi toza suv manbaidan vodoprovod o‘tkazilgan. Taxminan oradan 50 yil o‘tgach, shaharga Annon daryosidan vodoprovod o‘tkazilgan. Uning uzunligi 63 km.dan ortiq bo‘lgan, keyingi vodoprovod uzunligi 91 km edi. Shunisi qiziqki, vodoprovod suvi maxsus rezervuarlarda yig‘ilib, tindirilgan. Unda suv bosimi kerakligicha bo‘lib, shu bosim tufayli jamoat hovuzlari, hammomlar, shuningdek shaxsiy uylar suv bilan ta’minlangan.
Peruda «Suv xudosi» ibodatxonasi topilgan. Unda fontan va kanallar bo‘lgan, ular ibodatxona yaqinidagi sharshara suvi bilan to‘ldirilgan. Afinada esa eramizdan oldingi VI asrdayoq quduq suvidan foydalanish tartibini belgilaydigan qonun chiqarilgan.
Yunonlar o‘z davrida Feodesiyada, Kerchda, Yevpatoriyada ajoyib vodoprovod qurganlar. qadimgi Misrda fir’avnlar davrida parma lab kovlangan quduqlar mavjud bo‘lgan.
Ichimlik suvining odam organizmi uchun ahamiyatini Sharqning ko‘pgina olimlari yaxshi bilishgan. Masalan, Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» kitobining birinchi jildida «Suvning sifati» haqida ko‘pgina ma’lumotlar keltirilgan, suvning inson hayoti uchun zarur elementlardan biri ekani, suvning xususiyatlarini yaxshilaydigan bir necha usullarni bayon qilgan.
Ibn Sino o‘sha davrdayoq suvni toza saqlash, uni qaynatib ichish kerakligini odamlarga uqtirgan. U suvni qaynatib ichishga qarshi nodon tabib va duoxonalarga e’tiroz bildirgan.
Ko‘rinib turibdiki, har doim odamlarni suv bilan ta’minlash masalasi muammo bo‘lib kelgan. Hattoki, hozirgi paytda ham Gretsiya, Gollandiya, Germaniya, Shveysariya, AqSh va boshqa ko‘plab mamlakatlarda ichimlik suvi bilan ta’minlash asosiy masalalardan biridir.
Planetamizning to‘rtdan uch qismini dengiz, okean va muzliklar qoplangan bo‘lishiga qaramay, ko‘plab aholi zarur miqdordagi ichimlik suvi bilan ta’min etilmagan. Yetarli ichimlik suv iste’mol qila olmayotganlar soni hozir bir milliard ikki yuz million kishiga yetib kolgan. Sakson foiz kasallik suv yetishmasligi va uning iflosligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Bu ayanchli ma’lumotlar suv ta’minoti bo‘yicha Italiya poytaxtida o‘tkazilgan Butunjahon kongressida qayd etib o‘tildi.
Yer yuzasining 70 foizdan ortiq maydoni suv bilan qoplangan, ammo ular tur, ichib bo‘lmaydi. quruqlikning 3 foizi ichishga yaroqli daryo va qo‘llardan iborat. Hozirgi paytda dunyodagi 50 dan ziyod mamlakatda chuchuk suv tanqisligi sababli katta qiyinchiliklar tug‘ilmoqda. Masalan, dunyo bo‘yicha har kuni toza suv yo‘qligidan 25000 kishi halok bo‘lmoqda, Suvdan foydalanish masalasi shu qadar muhimki, o‘n yillikni (1981-1990) Birlashgan Millatlar tashkiloti «Chuchuk suv xalqaro o‘n yilligi» deb e’lon qilgan.
BMT ning Bosh Assambleyasi planetaning butun aholisini sifatli suv bilan ta’minlashga erishish, butun yer shari aholisi uchun kerakli tozalash inshootlari qurish va ularni jihozlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik vaziyatni mustahkamlash bu xalqaro harakatning vazifasi ekanligini belgilab berdi.
Hammamizga ma’lumki, odam organimizmida ro‘y beradigan eng murakkab reaksiyalar suv yordamida ro‘y beradi. Har bir fuqaro xo‘jalikda ishlatish va ichish uchun o‘rta hisobda sutkasiga 109 litrdan oshiqroq, sanoat va qishloq xo‘jaligi ehtiyojini hisobga olganda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bir sutkada odam boshiga 120 dan 650 litrgacha suv sarflanishi mumkin.
Masalan, Moskvada har bir kishi uchun 650 litr suv to‘g‘ri keladi, buning 300 litri sanoat ehtiyojlari uchun sarflanadi. Ko‘rinib turibdiki, har bir kishi sutkasiga 550 litrdan suv sarflasa, mamlakat ehtiyoji uchun yiliga 57,5 kub km suv kerak bo‘lar ekan. Bunga albatta qishloq xo‘jaligi uchun sarflanadigan suvlar kirmaydi. 1 tonna paxta yetishtirish uchun 10 000 tonna olish uchun esa 4000 tonna suv kerak bo‘lar ekan.
Insonni fiziologik ehtiyojini qondirish uchun sutkasiga 2-3 litrgacha suv sarflanadi. Bu O‘rta Osiyo sharoitlarida esa havo harorati 39-40 daraja va undan ortiq bo‘lgan munosabati bilan isib, namlik kamayib ketganda suvga bo‘lgan ehtiyoj juda ortadi va u sutkasiga 6-8 litrga va undan ko‘pni tashkil etadi. Jazirama issiq sharoitida jismoniy ishning og‘irligiga qarab odamning suvga bo‘lgan fiziologik ehtiyoji sutkasiga 8-11 litrgacha yetadi.
Jumladan, 1960 yillardan boshlab O‘rta Osiyoning eng katta suv havzasi – Orol dengizi katta tezlik bilan quriy boshladi. Uning suv sathi 1994 yilga kelib 36,94 m.li belgiga tushib qoldi. Suv hajmi esa 784 kubkilometrga qisqardi. Dengiz qurishidan hosil bo‘lgan 33000 kvadrat kilometr yer qumli hamda sho‘rxok cho‘lga aylandi. Shu tarzda Orol dengizi bo‘yida yana bir quruq cho‘l vujudga kelib, dengiz suvi yuzasining qisqarishi hisobiga tobora kengayib bormoqda. Orol dengizining suv hajmi 1960 yilgi 1062 kubkilometrdan 1994 yilga kelib 278 kubkilometrga qisqardi. Suvning sho‘rligi 1961 yilgi 10,5% dan 1991 yilda 33% ga yetdi, ya’ni 3 baravar ortdi. 1981 yilga kelib, dengizda kema butunlay to‘xtadi. 1984 yildan boshlab baliq tutish barham topdi.
Orolga kelib quyiladigan suvning keskin kamayishiga esa o‘lkada sug‘orish ishlarining nihoyatda avj olganligi, keyingi 30 yil mobaynida Orol havzasida deyarli 30 mln.ga yaqin gektar yangi yer o‘zlashtirilib, ularga suv chiqarilishi, paxta yakkahokimligi, daryolar, suv omborlari va kanallar suvidan nooqilona foydalanish, ekinlarning sug‘orish normasiga amal qilmaslik, suvni eng ko‘p ishlatadigan dehqonchilik tarmog‘i – sholikorlikning kengayishi kabi omillarning bir butun majmui sababdir.
1960 yillarda Orol dengiziga yiliga 58,9 kubkilometrdan ortiq Amudaryo va Sirdaryo suvi quyilar edi. 70-yillarning o‘rtalarida Sirdaryo suvi Orolga umuman yetib bormadi. Amudaryo esa endilikda yiliga o‘rta hisobda 3-10 kubkilometr atrofida suv keltirib quya boshladi. 1982, 1986 yillarda esa hatto Amudaryo suvi ham dengizga umuman yetib bora olmagan edi: suv kirimi suv sarfidan deyarli 10 baravar kamayib ketdi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar va 1993 yilning sersuv kelishi natijasida 1994 yilda Orol dengiziga 30,6 kubkilometr, chunonchi, Amudaryodan 21,6 kubkilometr va Sirdaryodan 8,9 kubkilometr suv tushdi.
Hozir Orol dengizi muammosi nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo oldida turgan eng dolzarb ekologik muammodir. Shuning uchun, bu masalani hal qilishda Markaziy Osiyo davlatlari, boshqa xorijiy davlatlar, keng jamoatchilik, turli tashkilotlar birgalikda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bu bilan hech narsaga erishilmadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling