Yurtimiz teatr san’atini ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos an’analarini asrab-avaylash va yanada boyitish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda


Italiyalik buyuk kompozitor Klaudio Monteverdining ijodi


Download 132 Kb.
bet2/12
Sana19.04.2023
Hajmi132 Kb.
#1366329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
fransuz operasi

Italiyalik buyuk kompozitor Klaudio Monteverdining ijodi XVII asr musiqa madaniyatida yorqin hodisa sifatida namoyon bo’Idi. Uning ijodi Peri va Kachchinidan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. U yozgan operalar: «Orfey», «Ariadna», «Pop-peyaga toj kiygizish». Monteverdi qalamiga mansub TorkvatoTasso sujeti asosida yaratilgan mashhur «Tankred va Klorida» asari 1638-yilda e'lon qilingan.
«Poppeyaga toj kiygizish» operasining dramaturgiyasi yorqin qarama-qarshiliklarga asoslanadi. Operadagi xarakterlarning kuchi va haqqoniyligi kompozitorni uning buyuk zamondoshi — Shekspir bilan tenglashtirishga asos bo’lgan. Operaga va oratoriyaga kirib kelgan va butun XVII asr davomida saqlanib qolgan lamento (arz, yig’i) opera ariyasi turining yaratilishi Monteverdi nomi bilan bogianadi.
Monteverdi yakkaxon ijrochlikning turli shakllarini yaratuv-chisidir: deklamatsiya, ikki qismlishakl, da capo ariyasiva. boshqalar.
Monteverdi tomonidan ishlab chiqilgan opera dramaturgiyasi tamoyillari Alessandro Skarlatti boshchiligidagi italiyalik kom-pozitorlar tomonidan qoilanilgan.
XVII asr o’rtalarida opera san'atining markazi Venetsiyaga ko’chdi. Venetsiya operasining o’ziga xosligi, uning shahar aholisi-ning asosiy qismiga mo’ljallangan ommabop teatrlarga ko’chirilishi boidi. Venetsiya opera maktabining buyuk namoyandalari — Fran-chesko Kavalli (1602—1676), Marko Chesti (1623—1669)lardir.
Franchesko Kavalli Monteverdining jiddiy, dramatik yo’-nalishdagi uslubiga tayanardi. Marko Chesti Yevropada hukm surgan nosogiom turdagi saroy operasining muallifi boidi. Uning «Paris
va Yclena» haqidagi afsona asosida yaratilgan «01tin olma» operasi musiqiy dramadan «opera-konsert»ga, virtuoz (mohir ijrochi)lar operasiga burilishni boshlab bergan yangi yo’nalishga turtki bo’ldi.
Neapol operasi italyancha seria operasining ymummiiliy turi bilan tenglashtirilgan. Neapol operasi rivojlani^hining birinchi bosqichi Franchesko Provetsale va Alessandro Skarlatti ijodi bi-lan bog’liq. Alessandro Skarlatti Monteverdi, Kavalli, Chesti asar-laridan taiim oldi. Uning ijodida Venetsiya maktabi vakillari operalarida kuzatiluvchi musiqiyyo’nalishlarni ko’rish mumkin. Uning operalarida «da capo» ariyasi turi ustunlik qilardi, unda birinchi qismni takrorlovchi uchinchi qism yozdirilishi to’xta-tilgandi. Skarlattidan boshlab neapolliklar operalarga maishiy janrlarni kirita boshladilar, keyinchalik esa Gendel o’z oratoriya-larida foydalangan sitsiliyaliklar ohangi odat tusiga kirdi.
Skarlatti ijodida rechitativning ikki turi shakllangan: biri secco («qu-ruq») nomini oldi, unda klavesin akkordlari bilan jo’rsozlik qilinadi, boshqasi, accompagnato («jo’r bo’lish»), orkestr jo’rligida o’tkaziladi.
Monteverdi va Skarlatti tomonidan yaratilgan virtuoz-patetik vokal uslub Italiya operasining milliy o’ziga xosligi sifatida qabul qilindi va operaning eng yaxshi namoyandalari musiqasida, ya'ni Rossini, Verdi, Puchchinining asarlarida rivojlantirildi.
Skarlatti ijodida klassik simfoniya «darakchisi» bo’lgan uch qismli italyancha uvertura uzil-kesil shakllandi.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling