To’rtinchi parda(1-ko’rinish)
Sobinin otryadi Susaninni qidirib yiribdi.
Ikkinchi ko’rinish
Tun. Cherkov darvozasiga Vanya chopib keladi va odamlarni uyg’otadi. Ular dushman ketidan borishadi.
Uchinchi ko’rinish
Qorli, qop-qora o’rmon. Bu erga Susanin polyaklarni boshlab kelgan. Polyaklar uxlashmoqda.Uyg’onganlaridankeyin Susanin ularni o’tib bo’lmaydigan joyga boshlab kelganligini bilib qolishadi va uni o’ldirishadi.
Epilog
Moskva qizil maydoni. Xalq polyaklar ustidan qilingan g’alabani nishonlamoqda. Antonida , Sobinin va Vanyalar Susanin jasorati haqida so’zlab berishmoqda.Xalq rus erini sharaflaydi,shu rus eri uchun jonini bergan qahramon Susaninni qutlaydilar, Minin va Pojarskiyga tasannolar o’qiydilar.
“Ivan Susanin” operasi dramaturgiyasining negizida ikki kuchning kurashi yotadi. Ikki kuchning jangi faqat opera mazmunida emas, balki musiqada ham yaqqol ko’rinadi.
Opera uvertyira bilan introduksiya bilan boshlanadi. Uvertyirada hamma qahramonlarning obrazlari musiqa orqali ochib berilgan.
Kompozitor Ivan Susanin obrazini oddiy bir dehqon obrazidan, xalqparvar, vatanparvar qahramon darajasiga ko’tarilishini juda zo’r maxorat bilan tasvirlaydi.
Operad xalq saxnalari juda katta o’rin egallaydi. Xor saxnalari rus xalq ko’shiqlariga asoslangan bo’lib.xalq hayotining xilma-xil tomonlari bilan chambarchas bog’langandir.
Polyaklar saxnalarida kompozitor polyak xalq raqslaridan: polonez, mazurka, krakovyaklardan foydalangan.
Opera “Slavsya” nomli xor bilan tugaydi. BVu xor dushmanlarni ona yerdan xaydagan mardona xalqning yiksas vatanparvarlik kayfiyati tantanasi va shodligini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |