Yurtimiz teatr san’atini ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos an’analarini asrab-avaylash va yanada boyitish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda
Grafinyaning xizmatchisi Suzanna (soprano) ham zakovat va
Download 132 Kb.
|
fransuz operasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tegirmonchi-sexrgar, yolgonchi va sovchi
- Sanktpeterburg mehmonxona xovlisi”
Grafinyaning xizmatchisi Suzanna (soprano) ham zakovat va aqlda Figarodan qolishmaydi. Boshqalar bilan birgalikda u qasr-ning shovqinli, sho’x-shodon va mantiqsiz hayoti girdobida ay-lanadi. o’z baxti uchun qafiyat bilan kurasharkan, u o’zidagi irodani, topqirlik va ayyorlikni namoyish etadi. Suzanna yolg’iz qolgan damlaridagina bamaylixotir o’z qaylig’i haqida o’y sura oladi. Uning ikkinchi sahnaning ikkinchi ko’rinishidagi sitsiliana ritmida yozilgan ixchamgina ariyasi yorqin va aihiyatga ta'sir qiladigan darajada nozik jaranglaydi.
Ariyaga fieyta, goboy, fagot (yog’ochdan yasalgan, pufiab chalinadigan musiqa cholg’ulari)ning tovushlari maxsus maftun-korlik bag’ishlaydi. Graf Almaviva musiqiy tavsifi murakkab va o’zgaruvchandir. Graf obrazi faqat ariyasidagina emas, balki an-sambl sahnalarida to’liq ochib beriladi. Birinchi ko’rinish finalida grafmya bilan bo’lgan sahnada uning partiyasi buyruq ohanglari bilan ajralib turadi. Ichkari xonadan chiqqan Suzannani ko’rgan graf uning xushtori shu xonada yashiringan deb o’ylaydi, grafning partiyasida ajablanish ohanglari sezilib turadi. Zaharxanda ohang Figaroning so’roq sahnasida ustuvorlik qiladi va h.k. Grafmyaning musiqiy tavsifi ham o’zgaaivchandir. U o’zi yakka qolganida izti-robli va g’amgin, chunki turmush o’rtog’i unga xiyonat qilgan, uning qayg’uli tuyg’ulari har ikki ariyada ham ifodalangan. Ayniqsa, «Sevgi ma'budi» deyilgan birinchi ariyada (lamento turida bo’lib, yorqin «chiquvchi>> talaffuzlar bilan) u ochiq ko’rinadi. «Figaroning uylanishi» operasi kompozitsiyasi tugallangan no-merlarning secco rechitativlari bilan almashib kelishi asosiga qurilgan. Motsart musiqiy nomerlar almashinib kelishining me-xanik-sun'iy holatini bartaraf qiladi, ularning ko’pini rechitativlar bilan bogiangan rivojlanuvchi sahnalarga aylantiradi. Bular bi-rinchi ko’rinishdagi ansambllar: Figaro va Suzannaning har ikki dastlabki duetlari, 1-aktdagi trio, sekstet va boshqalardir. Opera finallarining eng go’zal namunasi — birinchi ko’rinish finalidir, unda barcha musiqiy rivojlanish voqea harakatlariga ergashadi. Bu yerdagi musiqiy tavsiflar goh mustaqil tarzda ko’-rinsa, gohida dramatik vaziyatga bo’ysungan holda namoyon bo’-ladi hamda guruh harakatlariga aylanib ketadi. Har bir yangi qahramonning chiqishi bilan musiqa, temp, orkestrlashning xa-rakteri ham o’zgaradi. Bu o’zgarishlar tempning o’sib, uni pres-tissimoga yetkazadi. Opera jo’shqin va shiddatli tarzda tugaydi. Suzanna, Figaro va grafinyalarning oqilona va ustakorona harakatlari natijasida graf- ning o’zi hech bir shubhaga bormasdan Suzanna kiyimidagi o’z xotiniga xushomad qila boshlaydi. Fosh bo’lganidan keyin esa Fi-garo va Suzannalar baxtiga xalaqit bermaslikka majbur boiadi. Opera shodiyona to’y tantanalari bilan tugaydi. Opera Russ operasi XVIII asrning 70- yillarida vujudga keldi. XVIII asrning 30-yillarida russ saxnalarida paydo bolgan operalarni chet ellik kompozitorlar yozib berar edi. Bu operalarning matnlarida donishmandlar, olijanob monarxlar, afsonaviy yarim xudolar kuylanar edi. Bu chel el kompozitorlarining operalari russ hatotidan russ adabiyotidan va dramatic teatridan juda uzoq edi, shu sababli Rossiya xalqi uchun russ operasi kerak edi. Osha paytda yozilgan “Tanyisha”, “Anyita”deb nomlangan operalar bizgacha etib kelgan, lekin ularning kompozitorlari bizga noma’lum. XVIII asrning oxirlarida Rossiya xayotida opera katta rol oynay boshladi. Rossiyaning ilgor adabiyotchilari va teatr arboblari opera janrida asarlar yoza boshladilar. Bular Sumarokov, Nikolayev, Ablesimov, Krilov, Knyajnin, kompozitorlardan Pashkevich, Bortnyanskiy, va Fominlar edi. Rossiyada 70-80 yillarda opera paydo boldi.Bular Sokolovskiyning “Temirchi-sexrgar,yolgonchi va sovchi”, “Sanktpeterburg mehmonxona xovlisi” operalari, Pashkevichning “Martaba tufayli baxtsizlik” va 1787 yida yozilgan Fominning “YAmshikik na podstave” operalaridir. Ilk russ opewralari komediya janrida yozilgan edi. Bu operalarda kopincha vertuoz ariyalarning orniga oddiy ashulalar xalq ashulalari ijro qilinar edi. Operalarda kopincha nodon va ochkoz pomeshiklar, savdogarlar va ularga qarama-qarshi qilib, vijdonlilik, olijanoblik, xalqdan chiqqan oddiy odamlar kuylanar edi. Ilk operalarining tuzilishida nomer strukturasi ustun turar edi. Orad musiqa, gaplashish dealoglari bilan almashar edi. “Tegirmonchi-sexrgar, yolgonchi va sovchi” Bu operani M.Sokolovskiy, librettosini esa A.Ablesimov yozgan. Bu opera russ xalq –turmush operasining ilk namunasidir.Operaning 1- tomoshasi Moskvada 20 yanvarda 1779 yilda boldi. Operaning qisqacha mazmuni. Operda oddiy qishloq odamlari tasvirlanadi. Tegirmonchi Faddey, Ankudin va uning rafiqasi Fetinya va ularning qizlari Anyita chaqqon yigit Filimon. Yoshlar bir-birini sevadilar. Qizning ota-onasioz qizlarini boshqaga pomeshik yoki dvoryaninga bermoqchi boladilar. Filimon tegirmonchi Faddeydan qizning ota-onasini kondirib berishini iltimos qiladi.Tegirmonchi esa qisning ota-onasini aldab kondiradi.Opera qiz va yigitning toylari bilan tugaydi. “Sanktpeterburg mehmonxona xovlisi” Operaning kompozitori Pashkevich librettosini esa Matinskiy yozgan. Bu opera Rossiya savdogarlari va mayday amaldorlar haqidagi otkir satiradir.Operada makkorlik, poraxorlik, tovlamachilik va haqiqatning tiklanishi kuylanadi. Operaning qisqacha mazmuni. Savdogar Skvaligin va uning rafiqasi Solomonida oz qizlari Xavronyini Kryichkodeyga bermoqchi boladilar Poraxor Kryichkodeyda Skvaligin oz qalbini koradi Kryichkodey Skvaliginga noinsof bitimlar tuzishda yordam beradi.Vijdonli odamlar Xvalimov va Pryamikovlar tufayli haqiqat royobga chiqadi. Skvaligin bilan Kryichkodeylar fosh qilinadi.Toy qoldiriladi. Haqiqat tantana qiladi. Download 132 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling