Yurtimiz teatr san’atini ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos an’analarini asrab-avaylash va yanada boyitish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda


GLUKNING OPERA ISLOHOTI TAMOYILLARI


Download 132 Kb.
bet6/12
Sana19.04.2023
Hajmi132 Kb.
#1366329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
fransuz operasi

2. GLUKNING OPERA ISLOHOTI TAMOYILLARI
Gluk o’zining opera islohotidagi asosiy tamoyillarni «Alsesta» operasi partiturasiga bag’ishlovida bayon etgan.
Gluk operasini haqqoniylik va soddalikka tayanib yaratgan. Operada musiqa qahramonlar tuyg’ularini, iztirob va kechinmala-rini ochib berishi kerak.
Gluk operasi musiqiy dramaturgiyasining asosiy maqsadi musiqaning organik sintezi va dramatik ta'siridan iborat edi. Gluk musiqasi qahramonlarning ichki kechinmalarini ochish vositasidir. Shuning uchun u dramaga bo’ysundirilishi barcha dramatik o’zgarishlarga hushyor javob berishi kerak, deb hisoblardi. Gluk-ning islohotchilik operalarida musiqa dramatik voqeliklar bilan uyg’*unlikda rivojlantirilgan. Musiqa aynan dramatik harakatni ifodalash uchun asosiy vosita sifatida namoyish etilgan.
Ariya va rechitetivlar talqini. Gluk opera spektaklining barcha elementlari asosiy maqsad — musiqa va dramatik voqealarning bogianishiga bo’ysundirilgan. Ariya daramatik voqea rivojiga uz-viy ravishda qo’shiladi, qahramonning tuyg’u va kechinmalari ho-latiga muvofiq quriladi. Ariya xonandalarning vokal san'atini na-moyish etuvchi konsert nomeri sifatida gavdalanmaydi.
Gluk operalarida rechitativlar musiqiy ifodaviyligi bilan aj-ralib turadi. Ular an'anaviy seria operasidagi kabi konsert nomer-lari orasidagi bogiovchilik vazifasini o’tashdan to’xtaydi. Shu ta-riqa musiqiy nomer va rechitativlar orasidagi keskin chegara mav-judligi yo’qola boradi. o’zining mustaqil vazifasini saqlab qolar ekan, ariyalar, rechitativlar va xorlar katta dramatik sahnalarga birlashadi. Misol sifatida «Orfey» operasi ikkinchi ko’rinishidagi birinchi ariya va birinchi manzarani keltirish mumkin.
Gluk operalarida uyertura asardagi asosiy dramaiifc g’oyani gavdalantirads. «Orfey.vc!,a uyertura g’oyaviyya obrazl: trsvrosar batda opera bilan bcg’lanmagan. «Alsesta» va «Ifigeniya Avlidda»
operalarida uverturalar opera dramatik g’oyasining simfonik umumlashmasini mujassamlashtiradi. Gluk uverturalariga mus-taqil yakun bermaydi va shu tariqa uverturaning opera bilan be-vosita bogiiqligini ta'kidlagan holda ularni darhol birinchi ko’rinishga olib o’tadi.
Gluk operalarida balet opera voqealari bilan bogianmagan yasama divertisment holatida kiritilmaydi. U dramatik voqealar rivojiga asoslanadi va opera dramaturgiyasi bilan uyg’unlikda namoyish etiladi. Misol tariqasida «Orfey»ning ikkinchi ko’ri-nishidagi furiyalar raqsi va «Alsesta»dagi Admet sog’ayishiga bag’ishlangan balet sahnalarini keltirish mumkin.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling