Yurtimizda aynan fan va taraqqiyotga e’tibor sababli tabiiy fanlarning rivojlanishi uchun yangi bosqich talab etilishini ko’rsatib bermoqda
Download 170.99 Kb.
|
Kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
REJA: Kirish Asosiy qism 2.1. Xlorning labaratoriya va sanoatda olinishi 2.2. Xlorning ishlab chiqarish texnalogiyalar 2.3. Xlorning fizik va kimyoviy xossalari III. Tajriba qism IV. Xulosa V. Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Yurtimizda aynan fan va taraqqiyotga e’tibor sababli tabiiy fanlarning rivojlanishi uchun yangi bosqich talab etilishini ko’rsatib bermoqda.Shu jumladan kimyoda asosiy tushunchalarning rivojlanishi yangi bo’lim sifatida o’rganilish joizligi isbotlab bermoqda.Shu bilan bir qatorda fanlararo inntegratsiya mavjudligi kimyoni fan sifatida rivojlanishiga turtki bo’ldi.Hammaga ma’lumki ushbu fan biologiya bilan han chambarchas bog’liq. Shu o’rinda Prezidentimizning PQ-4805-son 12-avgust 2020 yildagi qarorini alohida ta’kidlab o’tish kerak.Unga ko’ra, kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida alohida to’xtalib o’tilgan. Zamonaviy sanoatga turli xususiyat va sifatga: yuqori mustahkamlik termobarqaror,termoplastik, agressiv kimyoviy muhitga chidamli bo’lgan materiallar ko’p miqdorda kerak bo’ladi.Tabiiy va uni qayta ishlab olinadigan materiallar bu talablarga to’la javob bermaydi va ehtiyojni qondira olmaydi.Bundan tasgqari,insoniyat uzoq bo’lmagan kelajakda xomashyo,energiya,suv, oziq-ovqat maxsulotlari tabiiy manbalari kamayib ketishi muammosi bilan yuzma-yuz turibdi. Bunday sharoitlarda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida kimyo, kimyoviy, maxsulotlar,kimyoviy uslublar roli ortib bormoqda. Kimyo va kimyo sanoati oldida turgan bosh vazifa atrof-muhit muhofazasini hisobga olgan holda progressive texnalogiyalarni ishlab chiqarish ; belgilangan xossalarga ega bo’lgan yangi moddalar va materiallar yaratish; tabiiy, sanoat, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini, ikkilamchi xomashyolarni kompleks qayta ishlash ; chiqindilardan foydali komponentlarni to’laroq ajratib olish ,energiya va xomashyolarni tejash maqsadida chiqindilar utilizatsiyasini tashkil qilish. Shuningdek xlor sanoatda, labaratoriyada hamda maishiy ehtiyojlarning ko’plab soxalarida qo’llaniladi.Xlor polivinilxlorid, plastmassa,sintetik kauchukdan:simlar uchun izolyatsiyalash, oyna profili, qadoqlash materiallari, kiyim-kechak va poyabzal, linoleum va gramplastinkalar, laklar, asbob-uskunalar polisitirol, o’yinchoqlar,qurilish materiallari ishlab chiqariladi.Polivinilxlorid vinil xloridni polimerlash orqali ishlab chiqariladi,bugungi kunda u etilenddan xlor muvozanatlashgan usuli bilan oraliq 1,2-dixlor etan orqali olinadi. Xlorning oqartirish xususiyatlari qadimdan ma’lum bo’lgan.Xlorning sayqallash xuxusiyatlari qadim zamonlardan ma’lum.Xlor ko’p organik bo’yoqlarni yo’q qiladi,ularni rangsiz qiladi, lekin bu faqat suyuq yoki gazsimon suv ishtirokida sodir bo’ladi, chunki xlorning o’zi emas, balki gipoxlor kislota parchalanishi natijasida hosil bo’lgan kislorod atomi oqartiradi. Download 170.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling