Yurtimizda aynan fan va taraqqiyotga e’tibor sababli tabiiy fanlarning rivojlanishi uchun yangi bosqich talab etilishini ko’rsatib bermoqda


Download 170.99 Kb.
bet3/13
Sana30.04.2023
Hajmi170.99 Kb.
#1404907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi

Kimyoviy xossalari

Kovalent radiusi

102±4 pm;

Ion radiusi

(+7e)27 (−1e)181 pm;

Elektrmanfiyligi

3.16 (poling shkalasi bo‘yicha);

Elektrod potensiali

0 V;

Oksidlanish darajasi

+7,6,5,4,3,1,0, −1;

Ionizatsiya energiyasi (birinchi elektron)

1254,9 kJ/mol; (13,01 eV);

Termodinamik xossalari

Zichligi (m.sh.)

3.21 g/sm3;

Erish harorati

−100,95 °C, 172,2 K;

Qaynash harorati

−34,55 °C; 238,6 K;

Erish issiqligi

10,75 kJ/mol;

Bug‘lanish issiqligi

20,41 kJ/mol;

Molyar issiqlik sig‘imi

21,838 kJ/(K·mol);

Molyar hajmi

18,7 mol/sm3;

Issiqlik o‘tkazuvchanligi

(300 K) 0,009 Vt/(m·K);

Xlorni sof holda, alohida ajratib olishni esa 1811-yilda Gemfri Devi uddalagan. U elektroliz vositasida oddiy osh tuzini natriy va xlorga parchalashga muvaffaq bo‘lgan edi. Devi o‘zi mazkur elementga "xlorin" deb nom qo‘yishni taklif qilgan. Bir yil o‘tib, Gey-Lyussak ushbu nomni oddiyroq qilib "xlor" tarzida qisqartirishni taklif qilgan va o‘z yozishmalari orqali butun kimyo fanida ommalashtirib yuborgan. Xlorning atom massasi 1826-yilda Yens Yakob Berselius tomonidan o‘ta katta aniqlikda hisoblab chiqilgan edi. Uning natijasi zamonaviy qiymatdan atiga 0,1% ga farq qiladi.Xlor - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr VIIA guruh elementi. Atom raqami 17. Cl (lotincha Chloros - "yashil" so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi.


Oddiy modda ko‘rinishidagi xlor ikki atomli (Cl2), och sarg‘ish-yashil tusdagi zaharli, havodan og‘ir gaz bo‘ladi. Galogenlar turkumiga kiradi.
Sanoatda usullari: Dastlab, xlor ishlab chiqarishning sanoat usuli Sheel usuliga , ya’ni pirolusitning xlorid kislotasi bilan reaksiyasiga asoslangan edi:
MnO2+4HCl2=MnCl2+Cl2+2H2O
1867-yilda Dikon havo kislorodi bilan vodorod xlorini karaliktik oksidlanish orqali xlorni olish usulini ishlab chiqdi.Dikon jarayoni hozirgi vaqtda organic birikmalarning sanoatda xlorlanishning yon mahsulot bo’lgan vodorod xloridan xlorni qaytarish uchun ishlatiladi
4HCl+O2=2H2O+2Cl2
Bugungi kunda sanoat miqyosida xlor-natriy gidroksidi va vodorod bilan birgalikda osh tuzining eritmasini elektrolizlash yo’li bilan olinadi:
2NaCl+2H2O=H2+Cl2+2NaOH
Anod: 2Cl- 2e-=Cl20
Katodda:2H2O+2e-=H2+2OH-
Tabiatda tarqalishi.
Tabiatda xlorning ikki izotopi, ya’ni, 35Cl va 37Cl uchraydi. Xlor Yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan galogen elementdir.U juda faol element bo’lib, davriy jadvaldagi deyarli barcha elementlar bilan birikma hosil qiladi.Xlor erkin holatda barqaror turmaydi va darhol biror element bilan birikib oladi.Shu sababli ham, tabiatda tarqalgan xlorning barchasi faqat birikma ko’rinishida va asosan, minerallar tarkibida uchraydi.Gallit (NaCl), silvin (KCl), silvinit (KCl xNaCl) bishofit (MgCl2 x6H2O), karnalit (KCl x MgCl2 x 6H2O) va kainit (KCl x MgSO4 x 3H2O) minerallari xlorga eng boy sanaladi.Eng boy xlor zaxiralari esa dengiz va okeanlar suvlarida bo’lib, dengiz suvida xlor miqdori 19 g/l atrofida bo’ldi. Xlorning klark soni 0.017 foizga teng.Odam organizmida xlorning massa ulushi taxminan 0.25 foiz ga yaqin bo’ladi. Odam va hayvonlar tanasida xlor asosan hujayralararo suyuqliklarda, shu jumladan, qonda mavjud bo’ladi va osmotic jarayonlarni boshqarishda muhim o’rin tutadi.



Download 170.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling