Ishning maqsadi. Kurs ishidan ko’zda tutilgan maqsad – “Xlorning labaratoriyada va sanoatda olinishi usullari, fizikaviy va kimyoviy xossalari”mavzusida yoritishdir..
Ishning vazifalari.Kurs ishining vazifasi: xlorning tabiatda uchrashi, labaratoriyada olinishi, sanoatda ishlatilishi bilan tanishish hamda ularni labaratoriyada qo’llanilishini o’rganish uchun bag’ishlandi.Mazkur kurs ishida Xlor va uning labaratoriya olinishi usullari va uning ishlatilishi inson organizmizmiga ta’siri va vazifalari bilan to’liq o’rganish ko’zda tutilgan uning fizik va kimyoviy xossalari bilan tanishish uchun mo’ljallangan.
I.Asosiy qism
2.1. Xlorning labaratoriya va sanoatda olinishi
Galogenlar Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining VII a guruhchasini tashkil etuvchi elementlar (ular beshta) uchun qo‘llanadigan umumiy nomdir. Galogenlar turkumiga xlor, ftor, brom, yod va astat elementlari kiradi. "Galogen" atamasini 1811-yilda olmon kimyogari I.Shveyger tomonidan, ishqoriy metallar bilan birikib, tuz hosil qiladigan xlor elementini atash uchun taklif qilgan edi. "Galogen" so‘zi yunon tilidagi "tuz tug‘diruvchi" ma'nosini bildiradi. Lekin Shveygerning taklifi umume'tirof etilmadi va taklifligicha qolib ketdi. Keyinroq esa bu atama yana kun tartibiga chiqdi va xlor va unga yondosh elementlarga qo‘yilgan umumiy guruh nomi sifatida fanga kirib keldi. Galogenlarning barchasi - metallmaslardir. Lekin yodda va sun'iy olingan astatda kuchsiz metall xossalari borligi aniqlangan. Galogenlarni o‘rganish nazariy va amaliy kimyoning taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Elementlarning tabiiy guruhlari haqidagi tushuncha davriy qonunni kashf etishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Kislotalarning tarkibi va xossalari, ularning kuchi va oksidlash xususiyatlariga oid hozirgi tasavvurlar galogenlarning kislorodli va vodorodli birikmalarini o‘rganish tufayli shakllangandir.
Xlor haqida ma'lumotnoma jadval:
Umumiy ma'lumotlar
|
Nomi
|
Xlor;
|
Formulasi
|
Cl
|
Raqami
|
17, III-davr, VIA guruh;
|
Atom xossalari
|
Atom massasi
|
34,446(8) m.a.b. (g/mol);
|
Elektron konfiguratsiyasi
|
[Ne] 3s2 3p5
|
Atom radiusi
|
99 pm;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |