Yurtimizda aynan fan va taraqqiyotga e’tibor sababli tabiiy fanlarning rivojlanishi uchun yangi bosqich talab etilishini ko’rsatib bermoqda
Xlorni tabiatda uchrashi, olinishi va xossalari
Download 170.99 Kb.
|
Kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xlorning vodorodli va kislorodli birikmalari
Xlorni tabiatda uchrashi, olinishi va xossalari
Sun'iy Tabiiy xlor ikki izotopdan 17Сl ravishda 5ta radioaktiv izotopi olingan. Xlor tabiatda birikmalar holida uchraydi. Uning birikmalari yer po’stlog’i massasini 0,25%- ni tashkil etadi. Xlorni tabiatda quyidagi birikmalari uchraydi: osh tuzi- NaCl, kaliy xlorid- KCl, silvinit- NaCl·KCl, magniy xlorid- MgCl2·6H2O, karnalit- KCl·MgCl2·6H2O, kainit- MgSO4·KCl·3H2O va boshqalar. Xlor birikmalari okean, dengiz va ko’llarning suvlarida 0,8-3,5% gacha bo’ladi. O’zbekistonda 5ta tosh tuzi koni- Xo’jaikon, Tubaket, Boybichakon va Oqqala konlarida 90 milliard tonna xomashyo bor. Sanoatda dastlab xlor vodorod xloridni 400 0C haroratda CuCl2 katalizatori ishtirokida oksidlash orqali olinar edi: 4HCl+O2 = 2Cl2 +2H2O Hozirgi vaqtda xlor osh tuzini suyuqlanmasini elektroliz qilib olinadi: Osh tuzini suvli eritmasini elektroliz qilinganda ham xlor hosil bo’ladi Laboratoriya sharoitida xlor quyidagi reaksiyalar orqali olinadi: 4HCl + MnO2 = Cl2 + MnCl2 + 2H2O 4HCl + PbO2 = Cl2 + PbCl2 + 2H2O 16HCl + 2KMnO4 = 5Cl2 + 2MnCl2 + 2KCl + 8H2O 6KCl + K2Cr2O7 +7H2SO4 = 3Cl2 +Cr2(SO4 )3 + 4K2SO4 +7H2O Xlor sarg’ish- yashil, o’tkir hidli, zaharli gazdir. Havodan 2,5 marta og’ir, 1 hajm suvda 2,3 hajm xlor eriydi. 00Сda, 400 kPa bosimda suyuqlanadi, ρ=1,57 g/sm3, tsuyuq=-340С, tqay=-1010C. Xlorli suv sovitilsa Cl2·6H2O, Cl2·8H2O tarkibli kristallogidratlar hosil bo’ladi. Xlor kimyoviy faol bo’lgani uchun metallar va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan: 2Al + 3Cl2 = 2AlCl3 + 1405 kDж 2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3 + 804 kDж 2P + 3Cl2 = 2PCl3, 2P + 5Cl2 = 2PCl5 Si + 2Cl2 = SiCl4 + 185 kDж, H2 + Cl2 = 2HCl + 185kDж Xlor kislorod, azot va inert gazlar bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin xlor ko’pchilik murakkab moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan: CH3 -CH3 +Cl2 ↦ CH3 -CH2Cl + HCl CH2 = CH2 +Cl2 ↦ CH2Cl -CH2Cl Xlor qizdirilganda o’zidan keyingi turgan galogenlarni birikmalaridan siqib chiqaradi: Cl2 + 2HBr = 2HCl + Br2 Cl2 + 2NaBr = 2NaCl + Br2 Cl2 + 2HJ = 2HCl + J 2 Cl2 + 2KJ = 2KCl + J 2 Xlor suv bilan reaksiyaga kirishib, xlorid va gipoxlorit kislotalarni hosil qiladi: Cl2 + H2O ↔ HCl+ HClO-25kDж Xlorning vodorodli va kislorodli birikmalari Vodorod xlorid laboratoriya sharoitida osh tuziga konsentrlangan H2SO4 ta'sir ettirib olinadi: NaCl + H2SO4 = HCl + NaHSO4 NaHSO4 + NaCl = HCl + Na2SO4 Sanoatda esa xlor va vodorod gazlarini yoqib olinadi: H2+Cl2 =2HCl. Vodorod xlorid o’tkir hidli rangsiz gazdir, havodan 1,3 marta og’ir, 00С da 1 hajm suvda 500 hajm vodorod xlorid erib, xlorid kislotani hosil qiladi. Xlorid kislota rangsiz suyuqlik bo’lib, nam havoda tutaydi, konsentrlangan eritmasi 37% -li bo’lib, zichligi 1,19 g/ sm3ga tengdir. Xlorid kislota kuchli kislota bo’lgani uchun metallar, asosli oksidlar, asoslar va ba'zi tuzlar hamda gazlar bilan reaksiyaga kirishib, xlorid kislota tuzlarini hosil qiladi. Xlorid kislota tuzlari. Xlorid kislota me'da shirasi tarkibida bo’lib, u ovqat hazm qilish, fermentlar faoliyatini me'yorida ushlab turishga xizmat qiladi. Natriy xlorid- NaCl osh tuzi qonning osmotik bosimi doimiy bo’lishini hamda eritrotsitlar faoliyatining me'yorida saqlanishini ta'minlaydi. Kaliy xlorid-KCl kaliyli o’g’it, bariy xlorid- BaCl2∙2H2O qishloq xo’jaligida insektitsid (zararli hashoratlarga ishlatiladigan kimyoviy moddalar) modda sifatida, simob (II)- xlorid- HgCl2- urug’larni dorilashda, rux xlorid- ZnCl2 -yog’och materiallarini dizenfeksiya qilishda, alyuminiy xlorid- AlCl3 Fridel-Krafts reaktsiyasi uchun katalizator sifatida, kumush xlorid- AgCl fotografiyada, kalsiy xlorid- CaCl2 tibbiyotda ishlatiladi. Xlorning kislorodli birikmalari. Xlor bilan kislorod bevosita birikmaydi, lekin bilvosita yo’llar bilan xlorning Cl2O(I)- oksid, ClO2- xlor (IV)- oksid, Cl2O6-xlor (VI), Cl2O7-xlor (VII)-oksidlari olingan. Xlor(I)- oksidi yoki gipoxlorit angidridi, sarg’ish - jigar rang, qo’lansa xidli, gazdir. U salgina isitilsa yoki biror moddaga tegib ketsa darxol portlaydi. Simob (II)- oksidiga 00С haroratda xlor ta'sir ettirib olinadi, xona haroratida esa parchalanib ketadi: Xlor (I)- oksidi ishqorlar, suv bilan reaksiyaga kirishib gipoxlorit kislotasini va uning tuzlarini hosil qiladi: Cl2O + H2O = 2HClO Cl2O + 2NaOH = 2NaClO + H2O HClO- kuchli oksidlovchi, ammo kuchsiz kislotadir. Suvli eritmalarida barqaror bo’lib, uzoq vaqt saqlansa parchalanib ketadi. Gipoxlorit kislota va uning tuzlari qizdirilganda xlorat kislota va uning tuzlari hosil bo’ladi: Xlor (IV)- oksidi sabzi rangli, o’tkir hidli beqaror, portlovchi gazdir. Xloratlarga qaytaruvchilar ta'sir ettirib olinadi: 2KClO3+SO2+H2SO4 =2ClO2+2KHSO4. ClO2 ga to’g’ri keladigan kislota olinmagan, lekin u suv bilan birikib, xlorit- HClO2 va xlorat- HClO3 kislotalarni hosil qiladi: 2СlO2 + H2O = HClO2 + HClO3 Xlorit va xlorat kislotalar suvli eritmalarida mavjud bo’ladi. Xlor (IV)- oksidi ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, xlorit va xlorat kislota tuzlarini hosil qiladi: 2ClO2 +2KOH = KClO2 + KClO3+ H2O Xlorat kislota va uning tuzlari qizdirilganda parchalanib perxloratlarni hosil qiladi: Xlor (VI)- oksidi Cl2O6 havoda tutaydigan to’q qizil suyuqlik, yonuvchi moddalarga tegsa darhol portlaydi. Xlor (IV)- oksidini ozon yordamida oksidlab olinadi: 2СlO2 +2O3 =Cl2O6 +2O2 Cl2O6 ga muvofiq kislota olinmagan, ammo u suv bilan birikib xlorat va perxlorat kislotalarni hosil qiladi: Сl2O6 +H2O= HClO3 +HClO4 Xlor (VII)- oksidi rangsiz moysimon suyuqlik bo’lib, xlorning boshqa oksidlariga qaraganda beqaroroqdir. Xlorat kislotani fosfor oksidi yordamida suvsizlantirib olinadi: 4HClO4 + P4O10 = 2Cl2O7 +4HPO3 Xlor (VII)- oksidi suv bilan reaksiyaga kirishib, perxlorat kislotani hosil qiladi: Cl2O7 + H2O = 2HClO4 Perxlorat kislotasi suvli eritmalarida eng kuchli kislota hisoblanadi. Xlorni kislorodli kislotalarining oksidlanish darajasi ortishi bilan barqarorligi ortib boradi, lekin oksidlovchilik xossalari kamayib boradi. HClO → HClO2 → HClO3 → HClO4 Download 170.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling