Yurtimizda aynan fan va taraqqiyotga e’tibor sababli tabiiy fanlarning rivojlanishi uchun yangi bosqich talab etilishini ko’rsatib bermoqda
Download 170.99 Kb.
|
Kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galogenlar ionlariga xos reaksiya
Xlorli ohakning xossalari
a) olingan mahsulotning bir qismiga 10 ml suv va erimay qolgan cho'kmadan filtrlang. Olingan eritmaga va biror rangli matoga ta’sirini sinab ko ‘ring. Kuzatilgan hodisalarni izohlang: b) O lingan xlorli ohak eritmasining bir qismiga kislotali muhit hosil bo’lguncha, 1 n li sulfat kislota eritmasini quying va ehtiyotlik bilan hidlang. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Xlorli ohakning konsentrlangan eritmasi qizdirilganda nima sodir bo‘ladi? HC1O > HBrO > HJO qatori bo'yicha kislota kuchi qanday o'zgaradi? Bu kislotalarning eritmalarida qanday ionlar bo‘ladi? Qator bo‘yicha barqarorlik va oksidlovchilik xossalari qanday o'zgaradi? Galogenlar ionlariga xos reaksiya Uchta probirka olib, ularning biriga natriy xlorid, ikkinchisiga natriy bromid , uchinchisiga kaliy yodid eritmalaridan 3-4 tomchidan tomizing. Ularning har biriga kumush nitrat eritmasidan, kumush galogenidlarga xos cho'kma hosil bo‘lguncha 1-2 tomchi tomizing. Cho‘kmaning rangini belgilang, tegishli reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Xulosa Zamonaviy sanoatga turli xususiyat va sifatga: yuqori mustahkamlik termobarqaror,termoplastik, agressiv kimyoviy muhitga chidamli bo’lgan materiallar ko’p miqdorda kerak bo’ladi.Tabiiy va uni qayta ishlab olinadigan materiallar bu talablarga to’la javob bermaydi va ehtiyojni qondira olmaydi.Bundan tasgqari,insoniyat uzoq bo’lmagan kelajakda xomashyo,energiya,suv, oziq-ovqat maxsulotlari tabiiy manbalari kamayib ketishi muammosi bilan yuzma-yuz turibdi. Bunday sharoitlarda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida kimyo, kimyoviy, maxsulotlar,kimyoviy uslublar roli ortib bormoqda. Kimyo va kimyo sanoati oldida turgan bosh vazifa atrof-muhit muhofazasini hisobga olgan holda progressive texnalogiyalarni ishlab chiqarish ; belgilangan xossalarga ega bo’lgan yangi moddalar va materiallar yaratish; tabiiy, sanoat, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini, ikkilamchi xomashyolarni kompleks qayta ishlash ; chiqindilardan foydali komponentlarni to’laroq ajratib olish ,energiya va xomashyolarni tejash maqsadida chiqindilar utilizatsiyasini tashkil qilish. Shuningdek xlor sanoatda, labaratoriyada hamda maishiy ehtiyojlarning ko’plab soxalarida qo’llaniladi.Xlor polivinilxlorid, plastmassa,sintetik kauchukdan:simlar uchun izolyatsiyalash, oyna profili, qadoqlash materiallari, kiyim-kechak va poyabzal, linoleum va gramplastinkalar, laklar, asbob-uskunalar polisitirol, o’yinchoqlar,qurilish materiallari ishlab chiqariladi.Polivinilxlorid vinil xloridni polimerlash orqali ishlab chiqariladi,bugungi kunda u etilenddan xlor muvozanatlashgan usuli bilan oraliq 1,2-dixlor etan orqali olinadi. Xlorni sof holda, alohida ajratib olishni esa 1811-yilda Gemfri Devi uddalagan. U elektroliz vositasida oddiy osh tuzini natriy va xlorga parchalashga muvaffaq bo‘lgan edi. Devi o‘zi mazkur elementga «xlorin» deb nom qo‘yishni taklif qilgan. Bir yil o‘tib, Gey-Lyussak ushbu nomni oddiyroq qilib «xlor» tarzida qisqartirishni taklif qilgan va o‘z yozishmalari orqali butun kimyo fanida ommalashtirib yuborgan. Xlorning atom massasi 1826-yilda Yens Yakob Berselius tomonidan o‘ta katta aniqlikda hisoblab chiqilgan edi. Uning natijasi zamonaviy qiymatdan atiga 0,1% ga farq qiladi.Xlor – Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr VIIA guruh elementi. Atom raqami 17. Cl (lotincha Chloros – «yashil» so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Oddiy modda ko‘rinishidagi xlor ikki atomli (Cl2), och sarg‘ish-yashil tusdagi zaharli, havodan og‘ir gaz bo‘ladi. Galogenlar turkumiga kiradi. Sanoatda usullari: Dastlab, xlor ishlab chiqarishning sanoat usuli Sheel usuliga , ya’ni pirolusitning xlorid kislotasi bilan reaksiyasiga asoslangan edi: MnO2+4HCl2=MnCl2+Cl2+2H2O 1867-yilda Dikon havo kislorodi bilan vodorod xlorini karaliktik oksidlanish orqali xlorni olish usulini ishlab chiqdi.Dikon jarayoni hozirgi vaqtda organic birikmalarning sanoatda xlorlanishning yon mahsulot bo’lgan vodorod xloridan xlorni qaytarish uchun ishlatiladi 4HCl+O2=2H2O+2Cl2 Bugungi kunda sanoat miqyosida xlor-natriy gidroksidi va vodorod bilan birgalikda osh tuzining eritmasini elektrolizlash yo’li bilan olinadi: 2NaCl+2H2O=H2+Cl2+2NaOH Anod: 2Cl- 2e-=Cl20 Katodda:2H2O+2e-=H2+2OH- Tabiatda xlorning ikki izotopi, ya’ni, 35Cl va 37Cl uchraydi. Xlor Yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan galogen elementdir.U juda faol element bo’lib, davriy jadvaldagi deyarli barcha elementlar bilan birikma hosil qiladi.Xlor erkin holatda barqaror turmaydi va darhol biror element bilan birikib oladi.Shu sababli ham, tabiatda tarqalgan xlorning barchasi faqat birikma ko’rinishida va asosan, minerallar tarkibida uchraydi.Gallit (NaCl), silvin (KCl), silvinit (KCl xNaCl) bishofit (MgCl2 x6H2O), karnalit (KCl x MgCl2 x 6H2O) va kainit (KCl x MgSO4 x 3H2O) minerallari xlorga eng boy sanaladi.Eng boy xlor zaxiralari esa dengiz va okeanlar suvlarida bo’lib, dengiz suvida xlor miqdori 19 g/l atrofida bo’ldi. Xlorning klark soni 0.017 foizga teng.Odam organizmida xlorning massa ulushi taxminan 0.25 foiz ga yaqin bo’ladi. Odam va hayvonlar tanasida xlor asosan hujayralararo suyuqliklarda, shu jumladan, qonda mavjud bo’ladi va osmotic jarayonlarni boshqarishda muhim o’rin tutadi. Xlorid kislota kuchli kislota bo’lgani uchun metallar, asosli oksidlar, asoslar va ba'zi tuzlar hamda gazlar bilan reaksiyaga kirishib, xlorid kislota tuzlarini hosil qiladi. Xlorid kislota tuzlari. Xlorid kislota me'da shirasi tarkibida bo’lib, u ovqat hazm qilish, fermentlar faoliyatini me'yorida ushlab turishga xizmat qiladi. Natriy xlorid- NaCl osh tuzi qonning osmotik bosimi doimiy bo’lishini hamda eritrotsitlar faoliyatining me'yorida saqlanishini ta'minlaydi. Kaliy xlorid-KCl kaliyli o’g’it, bariy xlorid- BaCl2∙2H2O qishloq xo’jaligida insektitsid (zararli hashoratlarga ishlatiladigan kimyoviy moddalar) modda sifatida, simob (II)- xlorid- HgCl2- urug’larni dorilashda, rux xlorid- ZnCl2 -yog’och materiallarini dizenfeksiya qilishda, alyuminiy xlorid- AlCl3 Fridel-Krafts reaktsiyasi uchun katalizator sifatida, kumush xlorid- AgCl fotografiyada, kalsiy xlorid- CaCl2 tibbiyotda ishlatiladi. Xlorning kislorodli birikmalari. Xlor bilan kislorod bevosita birikmaydi, lekin bilvosita yo’llar bilan xlorning Cl2O(I)- oksid, ClO2- xlor (IV)- oksid, Cl2O6-xlor (VI), Cl2O7-xlor (VII)-oksidlari olingan. Xlor(I)- oksidi yoki gipoxlorit angidridi, sarg’ish – jigar rang, qo’lansa xidli, gazdir. U salgina isitilsa yoki biror moddaga tegib ketsa darxol portlaydi. Simob (II)- oksidiga 00С haroratda xlor ta'sir ettirib olinadi, xona haroratida esa parchalanib ketadi: Xlor (I)- oksidi ishqorlar, suv bilan reaksiyaga kirishib gipoxlorit kislotasini va uning tuzlarini hosil qiladi: Cl2O + H2O = 2HClO Cl2O + 2NaOH = 2NaClO + H2O HClO- kuchli oksidlovchi, ammo kuchsiz kislotadir. Download 170.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling