Xlorning metallmaslar bilan o‘zaro ta’siri
a. Bitta probirkaga toza vodorod, ikkinchisiga xlor to'ldiring. Vodorod to‘ldirilgan probirkaning og‘zini pastga qilib xlor to’ldirilgan probirka og‘ziga tuting va probirkalarni bir necha marta to'nkarish bilan gazlarni aralashtiring. Keyin har ikkala probirka og‘zini alangaga tuting. Nima kuzatiladi? Har ikkala probirkaga ozgina suv quyib chayqang va hosil b o ‘lgan eritmani lakmus bilan sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Eritma muhiti qanday?
b. Temir qoshiqchaga ozgina quritilgan qizil fosfor olib, alangada yondiring, keyin tezlik bilan xlor to‘ldirilgan bankaga tushiring. Fosforning xlor alangasida yonishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Xlor va fosforning qaysi biri oksidlovchi va qaysi biri qaytaruvchi ekanligini ko‘rsating.
d. Xlorning murakkab moddalar bilan ta’siri
a) filtr qog‘ozidan lenta kesib oling va yangi haydalgan skipidar va qisqich yordamida xlorli bankaga tushiring. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) temir qoshiqchaga bir bo'lak shamni o‘rnating va shamni yoqib asta xlor to‘ldirilgan bankaga tushiring. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Vodorod xloridning olinishi va uning suvda erishi
Chinni kosachada yoki kristallizatorda ko‘k lakmus eritmasini tayyorlang. Probirkaga (kolbacha) quruq osh tuzi kristallidan soling va og‘zini P shaklda bukilgan gaz chiqaruvchi nay o'rnatilgan tiqin bilan berkitib, shtativga o’rnating. Gaz chiqaruvchi nay uchini quruq probirkaning tubigacha tushiring. Probirka og‘zini paxta bilan berkiting. Tuz va sulfat kislota aralashmasi bor probirkani asta-sekin qizdiring. Quruq probirkaning og'zidagi paxta ustida oq tutun hosil bo’lishi bilan qizdirishni to ‘xtating va probirkani gaz chiqaruvchi naydan ajratib oling va darhol probirka og'zini barmoq bilan berkiting. Probirkani to‘nkarib avvaldan tayyorlangan ko‘k lakmus eritmasiga botiring va suv ostida barmog ‘ingizni oling. Nimani kuzatdingiz? Nima uchun probirkadagi suvning sathi tez ko‘tariladi? Lakmus rangining o‘zgarishini belgilang. Asbob rasmini chizing. Kuzatilgan hodisani yozing. Vodorod xlorid olish reaksiyasi tenglamasini yozing. Lakmus rangining o'zgarishini nima bilan tushuntirish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |