Yurtimizda aynan fan va taraqqiyotga e’tibor sababli tabiiy fanlarning rivojlanishi uchun yangi bosqich talab etilishini ko’rsatib bermoqda


Download 170.99 Kb.
bet10/13
Sana30.04.2023
Hajmi170.99 Kb.
#1404907
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi

III.Tajriba qism
Turli oksidlovchilarga xlorid kislota ta’sir ettirib xlor olish
a. Uchta probirka olib, ularga quyidagi oksidlovchilarning 2—3 ta kristallaridan soling: birinchisiga kaliy permanganat, ikkinchisiga P b 0 2, uchinchisiga K2C r20 7 va ularning har biriga 1 ml dan konsentrlangan (p = 1,19 g/sm 3) xlorid kislota quying. Probirkalardan xlor ajralib chiqishini uning hididan va rangidan bilib oling. Agar reaksiya yetarlicha tez bormasa, probirkalarni biroz qizdiring.
Eslatma: H ar bir tajribadan so‘ng xlor ajralib chiqayotgan probirkaga bir necha tomchi natriy tiosulfat eritm asidan tom izing va darhol probirkani yuvib tozalang. Reaksiya tenglamalarini yozing.
1) marganes va qo‘rg‘oshinning (II) valentli holatgaxrom ning (III) valentlikka o‘tishini hisobga olib, xlor olish reaksiyalarining tenglamalarini yozing.
2) suvni hisobga olib va reaksiya m ahsulotlari sifatida oltingugurt, xlorid kislota, natriy sulfat hosil bo‘lishini nazarda tutib, xlorning tiosulfat bilan o‘zaro ta’sirini va bu reaksiyalarda oksidlovchi va qaytaruvchilarni ko'rsating. Elektronlarning o‘tish sxemasini tuzing:
b. 10-rasm ga qarab xlor olish asbobini yig‘ing. Vyurs kolbasiga (1) marganes (IV) oksididan 5 g solib, uning ustiga tomizgich voronkadan (2) konsentrlangan xlorid kislota (p = 1,19 g /sm 3) tomizing. Ajralib chiqayotgan xlorning hajmi 50—100 ml li silindrga (bankachalardan ham foydalanish mumkin) (3) yig‘ing va ular gazga to‘lgandan keyin shisha plastinka bilan berkitib, keyingi tajribalar uchun saqlab qo‘ying. Hamma idishlar xlor bilan to‘ldirilgandan keyin asbobni mo‘rili shkafda qismlarga ajrating va yuvib qo‘ying.
Xlorning kimyoviy xossalarini o‘rganish. Metallarning xlorda yonishi
a. Temir sim olib, uchini bukib ilmoq yasang va unga ingichka mis tolalarini yoki mis qirindisini o’rnating. Misni gaz alangasida qizdirib, uni tezlik bilan xlor to'ldirilgan bankalardan biriga tushiring. Misning xlor bilan o‘zaro ta’sirini kuzating. Reaksiya tugagach idish og'zini berkitib, sovitish uchun olib qo‘ying. Reaksiya tenglamasini yozing. Idish sovigandan keyin unga ozroq suv quyib chayqating. Eritmaning rangi qanday bo‘lishini belgilab oling va uning sababini tushuntiring.
b. Qog‘oz varag‘ida surma metali kukunidan ozgina olib, uni xlor yig‘ilgan bankalardan ikkinchisiga sekin asta seping (reaksiya qorong‘ilikda olib borilsa yana ham yaxshi). Sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni qayd qiling. Surmaning oksidlanish darajasi uch va beshga teng ekanligini hisobga olib, reaksiya tenglamalarini yozing.
d. Natriy metalidan no‘xatdek bo’lagini qirqib olib, uni filtr qog‘ozi bilan artib quriting va asbest qoplangan temir qoshiqchaga solib alangaga tuting. Natriy suyuqlanishi bilan qoshiqchani xlor to‘ldirilgan bankaga tushiring. Natriyning xlorda yonishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.

Download 170.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling