1-davr milod.av. II ming yillikning II yarmi – O’zbekiston janubida davlatchilik tuzilmalarining ilk belgilari paydo bo’ldi. Davlatning bunday namunasi Jarqo’tonda topilgan. - 1-davr milod.av. II ming yillikning II yarmi – O’zbekiston janubida davlatchilik tuzilmalarining ilk belgilari paydo bo’ldi. Davlatning bunday namunasi Jarqo’tonda topilgan.
- 2-davr miloddan avvalgi I ming yillikning boshi Xorazm, Baqtriya, So’g’d tarixiy-madaniy viloyatlarining shakllanishi.
- 3-davr mil.av. VI-V asrlarda Ahmoniylar bosqini va O’rta Osiyoning Ahmoniylar davlati tarkibiga kirishi natijasida mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus.
- 4-davr miloddan avvalgi IV-II asrning yarmi A.Makedonskiy bosib olgandan boshlab Yunon-Baqtriya podshohligining qulashigacha. Bir vaqtning o’zida mahalliy davlatchilikning tiklana borishi.
- 5-davr m.av. II yerning yarmi va mil. I asri boshi Mahalliy davlatlar: Kang, Xorazm podshohligi So’g’d, Dovon davlatlarining mustahkam lanishi va yanada rivojlanishi.
- 6-davr mil. I asri boshidan III asr yarmigacha mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. O’zbekiston janubiy hududlarining Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi.
- Amudaryoning quyi oqimida yashaydigan o’troq dehqon elatlari xorazmliklar bo’lgan. Ularning yurti Xvarizam ("Avesto"da), Xvarazmish (Bexistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan.
- So’g’diylarning eng yaqin qo’shnilari baqtriyaliklar bo’lib, ularning yurti Surxon vodiysi, Afg’onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdi ("Avesto" da), Baqtrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon - rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar.
- Amudaryo bo’ylarida ko’chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. Markaziy Osiyoning tog’lik, cho’l va sahro yerlarida asosiy mashg’uloti chorvachilik bo’lgan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi VI asrda ular o’z yerlarini turli qabilalar hujumidan himoya qilish uchun harbiy - ittifoq tuzadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |