Z. A. Ilhomov Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari, vazifalari


Download 140.03 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi140.03 Kb.
#1622232
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari, vazifalari.

Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch ijtimoiy guruhga bo’lingan. Ularning ko’pchilik qismi sakatigraxauda, ya'ni o„tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog’iston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi guruh sakatiaydarayya, ya'ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo’ylarida, Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar. Pomirning toqli tumanlarida va Forqonada saka-xaumovarka deb ataluvchi saklar yashaganlar.

  • Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch ijtimoiy guruhga bo’lingan. Ularning ko’pchilik qismi sakatigraxauda, ya'ni o„tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog’iston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi guruh sakatiaydarayya, ya'ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo’ylarida, Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar. Pomirning toqli tumanlarida va Forqonada saka-xaumovarka deb ataluvchi saklar yashaganlar.
  • Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda yuqorida ko’rsatilgan o’lkalarda yashovchi aholi ilk davlat uyushmalarini tashkil etganlar. Bu davlat uyushmalari o’zining ma'lum hududi, chegaralariga ega bo’lib, iqtisodiy-geografik makon-katta bir viloyat sifatida shakllanib borgan. Bu davrlarda Xorazm, Baqtriya, Marqyona, So’g’diyona, Farg’ona kabi viloyatlar mavjud edi. Ahmoniylar bosqiniga qadar o’lkaning asosiy qismini birlashtirib turuvchi siyosiy markaz shimolda Xorazm, janubda Baqtriya hisoblangan.
  • "Katta Xorazm" davlat uyushmasi ittifoqi hududi hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki uning atroflari-hozirgi Qoraqalpoqiston, Marv hamda Amudaryoning quyi oqimigacha bo’lgan yerlarni o’z ichiga olgan. Yunon tarixchisi Gerodot ma'lumotiga ko’ra qadimda Oks (Amudaryo) bo’ylab 360 dan ziyod sun'iy kanallar, suv inshootlari mavjud bo’lgan. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, meva-sabzavot yetishtirishga e'tibor ko’p bo’lgan. Paxtachilik rivoj topa boshlagan. Qal'aliqir, Ko’zaliqir, Janbosqal'a kabi shaharlar barpo etilgan. Paxsa, xom g’isht ishlatiladi, binolarning tashqi va ichki ko’rinishlari ko’rkamlashadi. Davlatni mustahkamlash maqsadida poytaxt va boshqa shaharlar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan edi. Ichki va tashqi savdo-sotiq yuksak darajada rivojlandi. hunarmandchilik sohalari, tog’-kon ishlari rivoj topadi. Chorvachilikda ot, tuya, qo’y-echkilar boqishga e'tibor kuchayadi. Tabiiyki, bu jarayonda dastlabki davlat tizimining uyushtiruvchilik o’rni o’sib borgan. "Avesto"da ta'kidlanishicha, Xorazmning qadimiy sulolasi Siyovushiylar bo’lgan.

Download 140.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling