Z. A. Ilhomov Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari, vazifalari


Download 140.03 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi140.03 Kb.
#1622232
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari, vazifalari.

Viloyat boshlig’i dahyupati, deb atalgan. Ana shu uyushma dastavval harbiy-siyosiy birlashma sifatida paydo bo’lgan. Ular o’zi yashagan hududni mudofaa qilgan. Sug’orish ishlarini uyushtirgan va boshqarib borgan. Qabila boshliqlari vaqti-vaqtida to’planib, kengashib turishgan. Bular dastlabki davlatchilikning alomatlari edi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning siyosiy tuzilmasi davlat va uni boshqaruv tizimi muttasil takomillashib borgan. Xususan, davlatlar paydo bo’lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan "Sharq yo’li" bo’lib, unda iqtisodiyotning asosini sug’orma dehqonchilik tashkil etgan. Binobarin, yer va irrigatsiya inshootlari davlatning mulki bo’lgan. Shuningdek, dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi, ya'ni xujayrasi hisoblangan. Aholining katta qismini safarbar etish zarurati esa, qat'iyatli boshqaruvchilar tabaqasining shakllanishiga olib kelgan.

  • Viloyat boshlig’i dahyupati, deb atalgan. Ana shu uyushma dastavval harbiy-siyosiy birlashma sifatida paydo bo’lgan. Ular o’zi yashagan hududni mudofaa qilgan. Sug’orish ishlarini uyushtirgan va boshqarib borgan. Qabila boshliqlari vaqti-vaqtida to’planib, kengashib turishgan. Bular dastlabki davlatchilikning alomatlari edi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning siyosiy tuzilmasi davlat va uni boshqaruv tizimi muttasil takomillashib borgan. Xususan, davlatlar paydo bo’lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan "Sharq yo’li" bo’lib, unda iqtisodiyotning asosini sug’orma dehqonchilik tashkil etgan. Binobarin, yer va irrigatsiya inshootlari davlatning mulki bo’lgan. Shuningdek, dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi, ya'ni xujayrasi hisoblangan. Aholining katta qismini safarbar etish zarurati esa, qat'iyatli boshqaruvchilar tabaqasining shakllanishiga olib kelgan.
  • O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’i-alohida tarixiy-geografik va tarixiy-madaniy hududdir. Uning sivilizatsiyasi Amudaryo va Sirdaryo tufayli ko’p ming yilliklar mobaynida vujudga keldi. Bu mintaqada yuzaga kelgan davlatlar qadimgi davrlarda ham, o’rta asrlarda ham umumiy belgilar bo’lishiga qaramay, Markaziy Osiyoning boshqa qismlaridagi davlatlardan o’ziga xos belgilariga ko’ra ajralib turgan. O’rta Osiyodagi ikki daryo oraliqi hududi doirasining o’zida ham shimoliy viloyatlar (Xorazm) va janubiy viloyatlar (Baqtriya) ayniqsa qadimgi davrlarda etnik va madaniy, til va yozuv, davlat qurilishi tizimi jihatidan bir-biridan farq qilgan. Bu har bir viloyatga xos bo„lgan madaniy-genetik tiplar, darajasi qar bir viloyatda turlicha bo’lgan o’troq va ko’chmanchi xalqlarning raqobatlashuvi bilan belgilangan.
  • Qadimgi davrda O’rta Osiyo ikki daryo oralig’ida davlat birlashmalarining har xil shakllari mavjud bo’lgan:
  • 1. Davlat tipi-podsholik. Boshqaruv shakli-mutlaq monarxiya.
  • 2. Davlat tipi-konfederativ podsholik. Boshqaruv shakli-cheklangan monarxiya. Ular odatda qabila boshliklari yoki o’z tangasini zarb qiluvchi urug’ boshliqlari tomonidan boshqariladigan bir nechta mustaqil o’lkalardan iborat bo’lgan.
  • 3. Davlat tipi-mulkka egalik qilish. Boshqaruv shakli-qabila doxiylari yoki urug’ boshliqlarining meros qilib qoldiriladigan hokimiyati. O’rta Osiyodagi qadimgi davlatchilik evolyusiyasini (taraqqiyotini) bir necha davrlarga ajratib ko’rsatish mumkin.

Download 140.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling