Z. A. Ilhomov Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari, vazifalari


Download 140.03 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi140.03 Kb.
#1622232
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari, vazifalari.

Xorazm davlati miloddan av. VI asrgacha o’z mustaqilligini saqlab qola olgan. Xorazmning mustaqil davlat sifatida saqlanib qolishiga uning mukammal harbiy bazasi sabab bo’lgan. Harbiy qism mustahkam otliq va piyoda askarlardan iborat bo’lib, yaxshi qurollangan va qattiq itizomga rioya qilgan edilar. Markaziy Osiyodagi yana bir qadimgi davlat uyushmasi - Baqtriya edi. Bu davlatning hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, janubiy Tojikiston va shimoliy Afg’oniston hududlarida joylashganligi ma'lum. Uning poytaxti Baqtra (hozirgi Balx) shahri, podshohlaridan biri Oqslart ismli shaxs bo’lgan. Gerodot Baqtriyani Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga oladi. Qadimgi Baqtriya tabiiy boyliklari tufayli Xitoy, Hindiston, Misr, Bobilga qadar mashxur bo’lgan. Masalan, Badaxshon lojuvardi (lazuriti) boshqa yurtlarda ham qadrlangan.

  • Xorazm davlati miloddan av. VI asrgacha o’z mustaqilligini saqlab qola olgan. Xorazmning mustaqil davlat sifatida saqlanib qolishiga uning mukammal harbiy bazasi sabab bo’lgan. Harbiy qism mustahkam otliq va piyoda askarlardan iborat bo’lib, yaxshi qurollangan va qattiq itizomga rioya qilgan edilar. Markaziy Osiyodagi yana bir qadimgi davlat uyushmasi - Baqtriya edi. Bu davlatning hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, janubiy Tojikiston va shimoliy Afg’oniston hududlarida joylashganligi ma'lum. Uning poytaxti Baqtra (hozirgi Balx) shahri, podshohlaridan biri Oqslart ismli shaxs bo’lgan. Gerodot Baqtriyani Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga oladi. Qadimgi Baqtriya tabiiy boyliklari tufayli Xitoy, Hindiston, Misr, Bobilga qadar mashxur bo’lgan. Masalan, Badaxshon lojuvardi (lazuriti) boshqa yurtlarda ham qadrlangan.
  • "Avesto"da Baqtriya eng go’zal o’lkalardan biri sifatida ta'riflanadi. Unga qarashli Vaxsh vodiysi unumdor bo’lib, dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan. Hunarmandchilik ayniqsa zargarlik keng rivojlangan edi.
  • Eronda saroy tabibi bo’lib ishlagan yunon tarixchisi Ktesiyning yozishicha, Baqtriya miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda qudratli davlat bo’lgan. Bu davlat bir qancha mahalliy hokimliklarni birlashtirgan harbiy demokratiya tipidagi davlat edi. Baqtriya hukmdorlari oltin va kumush tangalar zarb etganlar.
  • "Baqtriya" nomi Esxilning eramizgacha bo’lgan 472 -yili saxnaga qo’yilgan "Forslar" tragediyasida ham uchraydi. Ko’plab mualliflar baqtriyaliklarga "ko’p sonli", "jangavor" va "botir" xalq sifatida tavsif beradilar. Mamlakatda mustahkamligi sababli “zabt etib bo’lmaydigan” ko’plab joylar, shu jumladan, poytaxt Baqtra (Balx) bor edi, deb hisoblaganlar.
  • So’g’diyona hokimligi ham qadimgilardandir. Uning hududlari hozirgi O’zbekistonning Samarqand, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent, O’ratepa va Xo’jand yerlarini o’z ichiga olgan. Hokimlik poytaxti Maroqanda (Samarqand) bo’lgan. Aholi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan band bo’lgan. Shaharsozlik kengayib borgan. Eng qadimgi shahar Afrosiyob taxminan 2750-2800 yil muqaddam tashkil topgan. So’g’d tili o’sha paytlardayoq jahon savdo tili darajasiga ko’tarilgan. Bu davlat qo’shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq, tijorat ishlarini yo’lga qo’ygan.

Download 140.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling