З a Manue l de français Pour les étudiants des écoles supérieures Fransuz tili darsligi
Download 396.55 Kb.
|
Manuel de francais-Турниёзов Ў.Т.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forme passive des verbes
Mots et expressions
principe m – asos savoir – bilmoq ancien – qadimiy non loin – uzoq bo’lmagan berceau m – beshik s’intéresser – qiziqmoq début m – boshida connu – taniqli siècle m – asr guérir – davolamoq naturelle – tabiiy élargir – kengaytirmoq oeuvre f – asar approfondir – chuqurlashtirmoq connaître – tanimoq exprimer – ifodalamoq fondateur – asoschi espoir m – orzu-umid consacrer – bag’ishlamoq montrer – ko’rsatmoq force f – kuch époque f – davr lutte f – kurash traduire – tarjima qilmoq développement m – rivojlanish monde m – dunyo Forme passive des verbes (Fe’llarning majhul nisbati) Barcha o’timli fe’llar majhul nisbatga aylanishi mumkin. O’timsiz fe’llar esa faqat aniqlik nisbatda qo’llanadi. O’timli fe’llarning majhullik nisbatini yasash uchun yordamchi “être” fe’lini tuslangan shaklini olib, asosiy tuslanuvchi fe’lning participe passe-si qo’shiladi. Aniqlik nisbatdagi fe’lning egasi majhullik nisbatda gapning vositali to’ldiruvchisiga, vositasiz to’ldiruvchi esa gapning egasiga aylanadi. Majhullik nisbatda vositali to’ldiruvchi oldida “par” predlogi qo’llanadi. Masalan: Dildora traduit ce texte. (aniqlik nisbat). Ce texte est traduit par Dildora. (majhullik nisbat). Gapning aniqlik nisbatida fe’l qaysi zamonda bo’lsa, majhullik nisbatda yordamchi fe’l “être” o’sha zamonda bo’ladi. Masalan: Dildora traduit ce texte. (présent) Ce texte est traduit par Dildora. Dildora a traduit ce texte. (passé composé) Ce texte a été traduit par Dildora. Dildora traduira ce texte (futur simple) Ce texte sera traduit par Dildora. Majhullik nisbatdagi fe’lning participe passé-si gapning egasi bilan rod va sonda moslashadi. Ega jenskiy rodda bo’lsa participe passé oxiriga “e” harfi, ko’plikda bo’lsa “s” harfi qo’shib yoziladi. Masalan: Cette ville sera visitée par les touristes. Ces dictées ont été écrites par nos étudiants. His-tuyg’uni ifodalovchi estimer (hurmat qilmoq), hair (yomon ko’rmoq), aimer (yaxshi ko’rmoq), orner (bezamoq), couvrir (qoplamoq), accompagner (hamroh bo’lmoq) kabi fe’llardan keyin majhul nisbatda participe passé dan keyin “de” predlogi qo’llanadi. Masalan: Cette poétesse est aimée de tout le monde. Les rues sont couvertes de neige. Download 396.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling