З a Manue l de français Pour les étudiants des écoles supérieures Fransuz tili darsligi


Download 396.55 Kb.
bet3/161
Sana24.01.2023
Hajmi396.55 Kb.
#1117712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Bog'liq
Manuel de francais-Турниёзов Ў.Т.

Transkripsiya

Harf va harf birikmalari

Misol


[a]

a

camarade [kαmαrαd]


[ε]

è

mère [mε:r]


[e]

é

répété [repete]


[i]

i

ici [isi]


[oe]

eu

beurre [boe: r]


[s]

c

ce [s ]


[ø]

eu

peu [pø]


[ÿ]

u

sur [sÿ:r]


[o]

o

porte [port]


[o]

ô

rôle [rol]


[u]

ou

roule [rul]


[a]

â

pâle [pal]


[ã]

am,an

dans [dã]


[õ]

om,on

son [sõ]


[õe]

um,un

lundi [lõedi]


[Ẽ]

im,in

fin [fẼ]


[b]

b

balle [bαl]


[d]

d

dans [dã]


[g]

g

gare [gα:r]


[f]

f

fut [fÿ]

[k]

k

kilo [kilo]

[l]

l

lire [li:r]

[з]

g, j

gens [зã]

[s]

ch

choux [su]

[m]

m

mon [mõ]

[n]

n

nous [nu]

[p]

p

porte [port]

[r]

r

rue [rÿ]

[s]

s

salle [sαl]

[t]

t

tête [tεt]

[v]

v

vers [vε:r]

[z]

z

zéro [zero]

[η]

gn

signe [siη]

[wα]

oi

trois [trwα]

[чi]

ui

suis [sчi]

[j]

yot

hier [ijε:r]



So’zlarni bo’g’inga ajratish

Fransuz tilida so'zlarni bo’g’inga ajratish o’zbek tilidagidan farq qiladi. Fransuz tilida oldingi so’z keyingi so’z unlisiga qo’shilib bo’g’in hosil qilishi ham mumkin. Masalan : «il imite une actrice» gapi bo'g'inlarda quyidagicha ajratiladi: i-li-mi-ty-nak-tris i-li-mi-tu-nac-trice.


Fransuz tilida ham o’zbek tilidagi kabi bo’g’inlar yopiq va ochiq bo’ladi. Unli tovush bilan tugagan bo’g’in ochiq, undosh bilan tugasa yopiq bo’g’in hosil bo’ladi. Masalan : ca-ma-rade, répété, ac-teur.
Fransuz tilida ham o’zbek tilidagi singari urg’u doim oxirgi bo’g’inga tushadi:
Masalan : courage [ ku’ra:з] , lisez [ lize]


Ritmik guruh
Fransuz tilida nutq oqimi umumiy ma’no birligini tashkil etuvchi so’z guruhlariga bo’linadi. Bunda urg’u har bir guruhdagi oxirgi so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. So’zlarning bunday guruhi ritmik guruhi deb, urg’u esa ritmik urg’u deb ataladi.
Ritmik guruh birgina mustaqil so’z yoki umumiy ma’no birligini tashkil etuvchi so’zlar guruhidan tashkil topadi.
Masalan : /Les étudiants / entrent / dans la salle /.


So’zlarning o’zaro bog’lanib o’qilishi.
I Liaison
Oldingi so’zning talaffuz etilmaydigan oxirgi undoshi unli bilan boshlanuvchi keyingi so’zga qo’shilib o’qilishi «liaison» deyiladi.
Liaison jarayonida «s» va «x» undoshlari jarangli [z], «d» undoshi esa [t] tovushiga aylanadi.
Masalan : les étudiants, deux élèves, un grand arbre.
Liaison asosan quyidagi hollarda sodir bo'ladi:

  1. Artikl yoki egalik sifatlari bilan keyingi so'z o'rtasida; Les enfants, tes amis.

  2. Sifat yoki son bilan keyingi ot o'rtasida; un grand ami, ses deux amis.

  3. Olmosh bilan fe'l o'rtasida ; Nous entrons, apportent – ils?

  4. III shaxsdagi yordamchi fe’l bilan o’tgan zamon sifatdoshi o’rtasida; il est allé. ils sont entrés.

  5. Predlog va ot o’rtasida; dans une chambre. en Ouzbékistan.



II Enchaînement
Oldingi so'zning talaffuz etiladigan so'ngi undoshi keyingi so'zning unlisiga qo'shilib o'qilishi «enchaînement» deyiladi. Bunda enchaînement gapning boshidan oxirigacha qilinishi mumkin. Masalan: Kamol aime Akram.

Diakretik belgilar
Ba'zi harflarning talaffuzini aniqlash uchun diakretik (harf ustidagi) belgilardan foydalaniladi:

[ ́] accent aigu : répété.


[ ̀] accent grave: après
[^] accent circonflexe: tête, âge
[¨] tréma: maïs, Navoï
[,] cédille: leçon, garçon.
[‘] apostrophe: l'école, l'arbre, l'homme

Intonatsiya


Gapda ohangning ko'tarilishi va pasayishi intonatsiya deyiladi.
Intonatsiya darak gap oxirida ovozning pasayishi bilan xarakterlanadi.
Masalan: Les étudiants entrent dans la salle d'études.
So'roq gap oxirida esa ohang ko'tariladi.
Masalan: Allez – vous à l'école?

Vous allez à l'école?


Agar so'roq gapda so'roq so'z bo'lsa, ohang o'sha so'zda ko'tariladi.
Masalan : Que lisez – vous? Comment est la salle?




A l f a v i t





Bosma harflar

Harflar nomi

Bosma harflaf

Harflar nomi

Аа
Bb
Cc
Dd
Ee
Ff
Gg
Hh
Ii
Jj
Kk
Ll
Mm

(a)
(be)
(se)
(de)
(e)
(ef)
(je)
(ash)
(y)
(jy)
(ka)
(el)
(em)

Nn
Oo
Pp
Qq
Rr
Ss
Tt
Uu
Vv
Ww
Xx
Yy
Zz

(en)
(o)
(pe)
(kyu)
(er)
(es)
(te)
(uy)
(ve)
(dublve)
(iks)
(igrek)
(zed)





BIRINCHI DARS
Quyidagi harflarning o’qilishini takrorlang.

  1. b, d, l, f, v, p, m, n, k harflari o’zbek tilidagi undoshlar kabi talaffuz etiladi.

  2. Fransuz tilida «e» harfi ko'p bo'g'inli so'zlar oxirida kelsa o'qilmaydi. la table, la date, il apporte.

  3. d, p, s, t, x, z harflari so'z oxirida kelsa o'qilmaydi: tot, beaux, parlez, tapis, retard.

  4. «y» va «i» harflari bir xil talaffuz etiladi: gymnastique, stylo, cinéma, synonyme.

  5. Qo'sh undoshlar odatda bir tovushdek o'qiladi: belle, passe, salle, elle, tasse.

M a sh q l a r


I O'qing: date, balle, salle, fosse, verre, pa, pu, pi, py, po, ma, ta, sa, su, si, so, sy.
prêt, tard, bas, choux, nez, pot, dos, finit, vite, ville, vide, mil, il, lit image.
II Quyidagi so'zlarni o'qing:
la table les tables
la salle les salles
la plume les plumes
la porte les portes
la rue les rues
la carte les cartes
la balle les balles
la robe les robes
la pomme les pommes
la sonnette les sonnettes


III Matnni ifodali o'qing:
C'est la table. La table est dans la classe. C'est le livre. Le livre est sur la table. C'est la carte. La carte est au mur. C'est la salle. La salle est propre. C'est la porte. La porte est blanche.
Lug'at
table f – stol sur – ustida
classe f – sinf carte f – karta
livre m – kitob mur m – devor
porte f – eshik salle f – zal
propre adj – toza blanche - oq


IKKINCHI DARS



Quyidagi harf va harf birikmalarining o'qilishini takrorlang:

  1. Fransuz tilida «r» harfi ikki xil talaffuz etiladi: a) kichik tilning tebranishi bilan; b) til uchining tebranishi va qattiq tanglayga bir oz ko’tarilishi bilan: Paris, parle.

  2. è, ê, ai, ei harf va harf birikmalari, yopiq bo'g'indagi «e», so'z oxiridagi «et» hamda «est» bog'lovchi fe'li ochiq ε bo'lib talaffuz qilinadi. Bu tovushni talaffuz qilish uchun til uchi pastki tishlarga tiralib, o'rta qismi bir oz ko'tariladi. Lab burchaklari esa har ikki tomonga tortiladi: mène, tête, aide, neige, mer, cadet, il est distrait.

  3. é harfi har doim, er, ez harf birikmalari so'z oxorida va «et» bog'lovchisi yopiq e tovushini ifodalaydi. Bu tovushni talaffuz qilish uchun, tilning uchi pastki tishlarga tiralib, oldingi qismi bir oz ko'tariladi, lab burchaklari esa har ikki tomonga tortiladi: répété, aller, lisez et traduisez.

  4. ô harfi har doim, au, eau harf birikmalari esa undosh oldida, so'z oxiridagi, z tovushi oldida kelgan «o» harfi yopiq o tovushini ifoda etadi. Bu tovush, til uchini pastki tishlarga tegizmay pastga tushurib, tilning o'rta qismini esa bir oz ko'tarib talaffuz etiladi. Lablar doira shaklida oldinga cho'ziladi. rôle, nouveau, jaune, rose.

«o» harfi z tovushidan tashqari boshqa barcha talaffuz qilinuvchi undoshlar oldida ochiq o tovushini ifodalaydi: donne, note, apporte.
«o» harfi so'z oxirida yopiq o tovushini ifodalaydi: métro, mot, pot.



Download 396.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling