Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi


– ish. NA’MATAK O’SIMLIGINING MEVASI TARKIBIDAGI ASKORBIN KISLOTASI MIQDORINI ANIQLASH


Download 2.77 Mb.
bet22/40
Sana23.11.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1795746
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Bog'liq
efir moylari 2

4 – ish. NA’MATAK O’SIMLIGINING MEVASI TARKIBIDAGI ASKORBIN KISLOTASI MIQDORINI ANIQLASH




Kerakli asbob va reaktivlar: na’matak mevasi, 0,001 n 2,6-dixlorfenol- indofenol eritmasi, 2% li HCI eritmasi, chinni hovoncha, byuretka, kolbalar, voronka, filtr qog’oz, pipetkalar, stakanlar.
Askorbin kislotaning tirik to’qimalardagi miqdorini aniqlash 2,6 – dixlor- fenolindofenolning “C” vitamin ta’sirida qaytarilib rangsizlantirishga asoslangan.
Reaksiya mexanizmi quyidagicha:


O
O = C - C = C - C - C – CH2OH + O


N OH HCI


OH OH H OH CI
Askorbin kislota Ko’k rangli


H
O
O = C - C = C - C - C – CH2OH + HO NN ON

O O H OH CI
Degidroaskorbin kislota Rangsiz

2,6-dixlorfenolindofenol muhit (pH)ga qarab ikki xil ko’rinishda bo’ladi. Agar muhit ishqoriy bo’lsa, u zangori rangda, kislotali muhitda rangsiz yoki kuchsiz qizg’ish rangda bo’ladi. 2,6–dixlorfenolindofenolning mana shu xususiyatidan foydalanib, to’qimalardagi askorbin kislota miqdori aniqlanadi.




I SH N I N G B O R I SH I

Na’matakning tozalangan mevasidan 10 g tarozida tortib olib, chinni hovonchada 30 ml suv (ozginadan bo’lib – bo’lib qo’shiladi) va 5 ml 2% li HCI ishtirokida yaxshilab eziladi. Hosil bo’lgan massa 50 – 100 ml hajmli kolbaga o’tkaziladi. Chinni hovoncha 2 - 3 marta HCI eritmasi bilan yuvilib, u ham kolbadagi eritma ustiga quyiladi. Ma’lum vaqt (10 – 15 minut) dan so’ng aralashtirilib, filtrlanadi. Filtrat «C» vitamining manbai hisoblanadi. Konussimon kolbaga filtratdan 5 ml olib, 0,001 n 2,6 – dixlorfenolindofenolnig natriyli tuzi eritmasi bilan och pushti rang hosil bo’lguncha mikrobyuretka yordamida titrlanadi. Na’matak mevasi tarkibidagi askorbin kislota quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
Х а  0,88  в 100
5 1000
X – na’matak mevasi tarkibidagi askorbin kislotasining miqdori (mg hisobida). a- titrlashga ketgan 0,001 n 2,6 – dixlorfenolindofenolning miqdori (mg hisobida), b

  • na’matak mevasidan tayyorlangan aralashmaning umumiy hajmi. 5 – titrlashga olingan filtrat miqdori (ml hisobida). 1000 – tekshirishga olingan na’matak mevasining miqdori (mg hisobida). 100 - % ga o’tish koeffitsiyenti.

5 – ish. MAHSULOT TARKIBIDAGI VITAMIN K1 NI XROMATOGRAFIK USUL YORDAMIDA ANIQLASH




Kerakli asbob va reaktivlar: o’simlikning guli va yashil qismi, benzol, petroley efiri, suv hammomi, termometr, (13x5 sm kattalikdagi) “Silufol” plastinkasi, mikropipetka, kolbalar, voronka, filtr qog’oz, stakanlar.
K vitaminlar guruhi bir qancha birikmalardan (2-metil-1,4-naftoxinon unumlari) iborat bo’lib, gulli o’simliklarda shulardan faqat vitamin K1 uchraydi.
Vitamin K1, fitoxinon, filloxinon, α-filloxinon (2-metil-3-fitil-1,4- naftoxinon) – sariq rangli, yopishqoq yog’simon modda bo’lib, suvda erimaydi va metil spirtida yomon, benzin, benzol, efir, atseton, yog’ va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Vitamin K1 tabiatda keng tarqalgan, asosan o’simliklarning yashil qismida uchraydi. U qon oqishini to’xtatish (qonni ivitish) ta’siriga ega. Shuning uchun tarkibida shu vitamin bo’lgan o’simliklardan tayyorlangan dori turlari, asosan qon oqishini to’xtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi.


I SH N I N G B O R I SH I
1 g maydalangan mahsulotni 15 ml hajmli kolbaga solib, ustiga 10 ml geksan quyiladi va 3 soat davomida asta-sekin chayqatiladi. So’ngra ajratma filtrlanadi va 2-3 ml qolgunicha 450C suv hammomida kam bosimda haydaladi.
“Silufol” plastinkasi (13x5 sm kattaligida) ning start chizig’iga mikropipetka (mikrotomizgich) yordamida ajratmadan 0,1 ml tomizilib, plastinka havoda 3-5 minut davomida quritiladi. Qurigan plastinkani benzol - petroley efir (1:1) nisbatida) aralashmasi quyilgan kameraga joylashtirilib, pastga yo’naluvchi usul bo’yicha xromatografiya analizi o’tkaziladi. Erituvchi suyuqliklar aralashmasi 10 sm gacha shimilib tushgandan so’ng xromatografik plastinka kameradan olinadi, havoda 2-3 minut davomida quritiladi va 2 minut yorug’lik nurida ushlanadi. Natijada ajratmadagi vitamin K1 sariq-yashil rangda tovlanuvchi dog’ holida ko’rinadi.



Download 2.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling