qilinadigan pedagogik vaziyat hamda ta’lim qatnashchilarining ma’lum bir
maqsadini ko'zlagan ta’lim va tarbiyadagi moddiylashtirilgan vaziyat
xisoblanadi.
Pedagogik mahorat
— U pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta
olish, harakatga keltira olish (A.S. Makarenko), hamda pedagogik jarayonning
yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezidir.
Pedagogik muloqot
— ta’lim oluvchilarning maqsadlari hamda ulaming
birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o'zaro aloqalarni
o'rnatish va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qo'llab-quwatlashni tashkil
etishning ko'p qirrali jarayoni.
Pedagogik takt
— bolalar faoliyatining turli doiralarida ular bilan
muloqotda bo‘lishning pedagogik tamoyili, o ‘lchovi hamda o‘quvchilar bilan
ulaming shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda to‘g‘ri muloqotda bo‘la
olish malakasi.
Pedagogik texnika
— 1) har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik
ta’sir o'tkazishda samarali qo'llash uchun zarur boMgan malaka va
ko'nikmalar majmuasi; 2) har bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini
pedagogik jihatdan ta’minlash uchun zarur bo'lgan malaka va ko'nikmalar.
Pedagogik texnologiya
— 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik
jarayonni amaliyotda rejali va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani
yechishga qaratilgan pedagogning uzluksiz o'zaro bog'langan haiakatlari tizimi;
2) ta’lim va tarbiya metodlarining u yoki bu to'plamini qoMlash bilan
bog'liq boMgan pedagogning uzluksiz, o'zaro shartlangan harakatlari tizimi;
3) pedagogning yutuqlariga kafolat beradigan aniq ishlab chiqilgan va qatiy
Do'stlaringiz bilan baham: |