eksperimental tadqiq qilish va shu asosda pedagogik voqelikni yaratish
modellarini o ‘rnatish; loyiha sathi- pedagogik faoliyatning nazariy
konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida ularga muvofiq metodik
materiallar (o‘quv reja, dastur, darslik va o ‘quv qoMlanmasi, pedagogik
tavsiyanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik sathi - pedagogik fan yutuqlarini
takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida ta’lim amaliyotiga tatbiq
etish; reflektik tuzatma (korrektirovka) sathi - ilmiy tadqiqotlar natijalarining
ta’lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baholash.
Pedagogika predmeti
— maxsus institutlarda (oila, ta’lim va tarbiya,
madaniyat muassasalari) maqsadga muvofiq tashkil etiladigan real, yaxlit
pedagogik jarayon.
Pedagogik jarayon
— ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga
qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli
o‘zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari
— pedagogik faoliyatni tashkil etishning
asosiy talablari bo‘lib, u pedagogik jarayonning yo‘nalishini ko‘rsatadi va
uning qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik ixtisoslik
— ta’lim natijasi o‘laroq bilim, malaka va ko'nikmalar
majmuidan iborat bir kasbiy guruh doirasidagi faoliyat turi.
Pedagogik ixtisoslashish
— pedagogik ixtisoslik doirasidagi faoliyatning
bir turi.
Pedagogik malaka
— muayyan toifadagi vazifalami hal qilish imkoniyatiga
ega bo'lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi.
Pedagogik masala
— pedagogik jarayonning asosiy birligi, o'ziga xos
tizimidir. U voqelikni bilish va qayta yaratish zaruriyati bilan bog'liq tafakkur
Do'stlaringiz bilan baham: |