‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar
• o'ziga ma’lum bo'lganlar chegarasidan chiqishga intilishi
• nazariy va amaliy maqsadlarda bilimlarini oshirish va ulami ijodiy qo'llashning doimiy zoruriyati; • kuzatuvchanlik, hodisalar va faktlaming eng mohiyatli jihatlarini va aloqalarini ajrata olish qobiliyati; • muammolami ratsional hal qilish uchun zarur bo'lgan vazifalar va vositalar o'rtasidagi aloqalami ta ’minlovchi harakatlar va izlanishlaming izchilligi; • ishdagi aniqlilik va natijalami qo'lga kiritishdagi ishonchlilikni ta ’minlovchi intizomlilik; • aqliy kenglik - bu aqliy faoliyat va xotira rivoji izchilligiga asoslangan hosila sifatdir; • keng ilmiy axborotlarga asoslanish qobiliyati; • keng ilmiy ufq, texnik va kompyuter vositalaridan foydalanish malakasi; • real voqelik jarayonlarini to'xtovsiz aks ettiruvchi tushunchalami o'zlashtirish va foydalanishga moyillik; • aqliy faoliyatning dinamikligi; • mustaqililik va ijodiy xarakter. Rivojlangan aqlning eng oliy shakli ijodiy tafakkurdir. U insonning bilish bosqichi va obyektiv voqelikni aks ettirish jarayonining oliy shaklidir. Ijodiy tafakkur faollikning va kishining mustaqil faoliyatining oliy shakli sifatida ijtimoiy ahamiyat va betakrorlik kasb etadi. U ijodiy javob talab qilinadigan masalaning qo'yilishi; muammoni ko'ra olishi; oldindan qo'yilgan gipoteza va masalani yechish yo'llari va usullarini aniqlash uchun zarur bo'lgan bilimlami safarbar qilish; maxsus kuzatuvlar va eksperimentlar natijasida tutilgan fikrlami ifodalashni aks ettiradi. Rivojlangan aql uchun, kuzatib borilgan faktlar negizida sharoitni sinchiklab tahlil qilish va mantiqiy asoslangan sintezdan iborat mantiqiy tafakkur xosdir. G.Selevkoning ta’kidlashicha, tafakkur atrof-muhitdagi obyektlar va hodisalar, ular orasidagi bog‘lanishlar, hayotiy muhim vazifalami yechish, noma’lumni axtarish, kelajakni ko‘ra olishdagi insonning bilish jarayonlarini bildiradi. G. Selevko tomonidan tavsiya etilgan aqliy faoliyat tasnifi quyidagilardan iborat: • fikrlash vositalari xarakteriga ko'ra: predmetli, harakatli, ko'rgazjnali, obrazli, abstrakt, hissiy; • mantiqiy sxema jarayoniga ko'ra: qiyos, tahlil, abstraksiyalash, umumlashtirish, sintez, tasnif, induksiya, deduksiya, inversiya, refleksiya, antisipatsiya, gipoteza, eksperiment va b.; • natija shakliga ko'ra: yangi namuna yaratish, tushunchani aniqlash, hukm, xulosa chiqarish, teorema, qonuniyat, qonun, nazariya; • mantiqiy fikrlash tipiga ko'ra: aqliy-hissiy va faxmiy-nazariy yoki, V.V.Davidov belgilashiga ko'ra, dialektik-mantiqiy. I.S.Yakimanskaya «o‘quv ishlari usullari»ni ishlab chiqqan. Bu tushuncha o'rganish jarayonining samaradorligini belgilaydigan malaka jarayoniga oid sohani o'z ichiga oladi. Shundan kelib chiqqan holda ishlaming umum ta ’lim usullarini farqlaydi: • o^quv faoliyatini rejalashtirish malaka va ko'nikmasi; • o'quv faoliyatini tashkil etish malaka va ko'nikmasi; • axborotni idrok qilish malaka va ko‘nikmasi; • fikrlash faoliyati malaka va ko'nikmasi; • o'quv faoliyati natijalarini baholash va anglash malaka va ko*nikmasi. Talabalaming fikrlash faoliyati jarayonida bosh natija bilim, malaka va ko‘nikmalaming shakllanganligidir. G.Selevko tavsiya etgan tasnifda bilim aks etish shakli, yoritilishni chegaralash, bilish sohasi va predmeti, psixologik va umumlashtirish darajasiga ko'm ajralib turadi. Aks etish chegarasiga ko‘ra quyidagilar farqlanadi: • individual bilimlar - voqelik bilan o‘zaro aloqasi, uning shaxsiy tajribasi, mehnati va dunyoni bilishda yuzaga ketadigan hissiy va aqliy timsollar va ulaming o‘zaro bog‘lanishlari yig'indisi; • ijtimoiy bilimlar - fan, texnika, moddiy va ma’naviy qadriyatlarda aks etgan atrof-muhit umumlashmalari hosilasi va bilish natijalari. Aks etish shakliga ko'ra quyidagilar farqlanadi: • ishoraviy, verbal bilimlar yoki nazariy bilimlar; • obrazli - hissiy oiganlarda idrok qilingan va timsollarda tavsiya etilgan bilimlar; • moddiy - mehnat, san’at predmetlarida mavjud bo'lgan bilimlar; • tadbiriy - insonlaming joriy faoliyatida qayd qilingan bilimlar. Bilish sohasi va predmeti bo'yicha quyidagilar farqlanadi: gumanitar va aniq matematik fanlar, falsafa, jonli va jonsiz tabiat, jamiyat, texnika, san ’at. Psixologik darajasiga ko'ra quyidagilar farqlanadi: tanish, tiklash, tushunish, qof’llash, avtomatik harakat qilish, munosabat va bilim - ehtiyoj. Umumlashtirish darajasiga ko'ra fakt - hodisalar, tushuncha-terminlar, aloqa-qonuniyatlar, gipoteza - nazariyalar, metodologik bilimlar, baholash bilimlari. Bulaming barchasi, amaliyotda sinalgan bilimlar, atrof-muhitni bilish natijalari, uning inson ongida haqiqiy aks etishidir, deyishga imkoniyat beradi. Malaka - mavjud bilimlar asosida o'zgarib turuvchi yoki yangi sharoitda shaxsning muayyan faoliyatni samarali bajarishga qaratilgan qobiliyati sifatida belgilanadi. Ko'nikmalar - avtomatik tarzda biror harakatni bajarish qobiliyati. O'z-o'zini nazorat qilish uchun savollar 1. Shaxs rivojlanishining qanday umumiy qonuniyatlari bor? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling