‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar
tizimida
ko'rinadigan insonning psixik, ma’naviy mohiyatidir. Bunday sifatlar tizimiga quyidagilar mansub: • inson xislatlarining ijtimoiy ahamiyatga molik sifatlari yig'indisi; • dunyoga bo'lgan va dunyo bilan, o'ziga va o'z-o'zi bilan munosabatlari tizimi; • ijtimoiy vazifalar, axloqiy kxfrinishlar yigindisini amalga oshiradigan faoliyat tizimi; • dunyoni va undagi o'zini anglashi; • ehtiyojlar tizimi; • qobiliyatlar, ijodiy imkoniyatlar yig'indisi; • tashqi sharoitga bo'lgan e ’tiborlar yig'indisi. Psixologiya va pedagogika bo'yicha tadqiqotlar shaxs rivojlanishini uch omilga - irsiyat, muhitva tarbiyaga bogMaydilar. Irsiy omil ota-onalardagi ayrim sifat va xususiyatlaming bolalaiga o4ishidir. Iisiyatni genlar vujudga keltiradi. Hozirgi fan organizm xususiyatlarida, uning to'g'risida axborotlar saqlanadigan va uzatiladigan o'ziga xos gen kodlari aks etganligini isbotlagan. Genetika inson rivojlanishining irsiy dasturini ochib bergan. Tadqiqotchilaming ta’kidlashicha, inson biologik tur sifatida insonlaiga ma’lum bo'lgan tarixiy davr taraqqiyotida sezilarli bo'lmagan darajada o'zgarishga uchragan. Inson ytimoiylashish jarayonidagina, ya’ni muloqot, boshqa kishilar bilan aloqalarda, shaxs bo'lib shaUlanadi. Tadqiqot laming guvohlik berishicha, ma’naviy, ijtimoiy va psixik rivojlanish, kishilik jamiyatisiz faoliyatda bo'lolmaydi. Mnhit shaxs riveglanadigan veal voqefikdir. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi tashqi sharoitlarga olimlar geograflk, ijtimoiy muhit, maktab va oilani keltiradilar. Yaqin va yiroq muhit farqlanadi. Yaqin muhitga uy sharoiti, uzoq muhitga esa ijtioiy muhit kiritiladi. Qtimoiy muhit ijtimoiy tuzum, ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, hayotning moddiy shart-sharoiti, ishlab chiqarish va ijtimoiy jarayonlar oqimi xarakterini o'z ichiga oladi. Yaqin muhitga oila, qarindoshlar, o'rtoqlar kiradi. K.K.Platonov tadqiqotlari ko'rsatadiki, shaxs tuzilmasidagi biologik va sotsial omillar nisbati shaxs sifatlarining to'rtta pog'onaviy sathini farqlashga imkoniyat beradi: 1.Irsiyat bilan bog'langan sifatlarni birlashtirgan temperament sathi. Unga shaxsning ehtiyoj va instinkt xususiyatlari hamda jinsiy, yosh, milliy va boshqa sifatlarini kiritadi. 2.Psixik jarayonlar xususiyatlari sathi. Bu sath sezgi, idrok, xayol, diqqat, xotira, tafakkur, hissiyot, irodaning individual xarakterini o'z ichiga oladi. Shuningdek, bu sathga olimlar tafakkuming mantiqiy aks etishi: assotsiasiya, qiyoslash, abstraksiyalash, induksiya, deduksiyalami ham kiritadilar. 3. Shaxs tajribasi sathi. Bu sath bilim, malaka, ko'nikma, odat (qiliq) kabi sifatlar bilan belgilanadi. 4. Shaxsning yo‘nalganlik sathi. Bu shaxsning shunday sifatiki, unda insonning atrof-muhitga munosabati aniqlanadi va u uning xulqi asosini tashkil etadi. Bularga qiziqish, nuqtai nazar, e’tiqod, ijtimoiy ko‘rsatmalar, о4a muhim yo‘nalmalar, axloqiy-etik tamoyillar va dunyoqarash kiradi. Shaxs sifatlarining bu sathlari uning tarqoqligini bildirmaydi. Shaxsning barcha sifatlari murakkab yaxlit tizimni tashkil etib, o'zaro tig‘iz bog'langan, shartlangan hamda ko'pincha ular bir-birining o'mini bosadi. Demak, shaxs tashqi va ichki omillar ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. Psixolog olimlar tashqi omillaiga shaxsning ijtimoiy tabiati, mukammalligi va poffonaliligini kiritadi. Shaxsning ijtimoiy tabiati ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi: ishlab chiqarishdagi munosabati, moddiy boylikni ishlab chiqarish va iste’mol qilish hamda muayyan ijtimoiy guruhga bo'lgan siyosiy munosabati. Shaxsning bir butunligi uning normal va har tomonlama rivojlanishini belgilovchi tashqi ta’sirlar majmuidir. Pog'onalilik - insonning shaxs sifatida ma’lum davrlarda yosh va ijtimoiy shakllanishi. Shaxs va uning rivojlanishi muammosi ko'plab psixologlar, sosiologlar va pedagoglaming tadqiqot obyekti bo'lib kelmoqda. Bu tadqiqotlar tahlili unga bo'lgan bir qator yondashuvlami keltirib chiqardi: 1. Sotsiogenetik yondashuv shaxs rivojlanishini jamiyatning tuzilmasi, ijtimoiylashuv usullari, uning atrof-muhit bilan aloqasidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Bunday yondashuvda ijtimoiylashuv, o'rganish, ijtimoiy Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling